O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


III. To’qimalar regenerasiyasi


Download 403.61 Kb.
bet9/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
gistologiya

III. To’qimalar regenerasiyasi
Regenerasiya organizmning tashqi omillari ta`siriga moslashuvi natijasida takomillashib boradigan yoki har xil sabablarga ko’ra nobud bo’lgan hujayralar, to’qimalar va organlar o’rni qoplanib turadigan va tiklanadigan jarayondir. Regenerasiya uch xil: fiziologik regenerasiya, reperativ regenerasiya, potologik regenerasiya bo’ladi.
Fiziologik regenerasiya – kundalik normal hayot davomida yashab, eskirib, nobud bo’ladigan to’qima hujayralari o’rniga yangi hujayralar bunyodga kelishdir. Fiziologik regenerasiyaga teri epidermis qavatining hujayralari yaqqol misol bo’la oladi. Bunda epidermisning yuqori qavatini tashkil etuvchi mugazlangan hujayralar muttasil to’kilib turadi, urniga esa bazal hujayralar kuyishi natijasida hosil bo’ladigan yangi hujayralar to’ldirib turadi. Xuddi shuningdek, fiziologik regenerasiya jarayonini qon shaklli elementlari misolida ham ko’rish mumkin, ya`ni qizil qon tanachalari o’z vazifasini bajarib bo’lgandan so’ng, ular o’rnini kumikda hosil bo’ladigan yangi eritrositlar to’ldirib boradi. Bunday holni boshqa hujayralar faoliyatida ham ko’rish mumkin.
Reperativ regenerasiya – bu regenerasiyaning fiziologik regenerasiyadan farqi shundaki, bunda to’qima hujayralari fiziologik eskirishi (nobud bo’lishi) natijasida yangidan hosil bo’lmay, balki potologiya natijasida nobud bo’lib, yemirilib, yangilari vujudga keladi. Reperativ regenerasiya patologik sharoitda yuzaga keladi va shu sababli ham u normadan miqdori va sifati jihatidan farq qiladi. Bunga operasiyalardan so’ng tig’ tekkan joyning bitishi, tiklanishiga misol bo’ladi.
Patologik regenerasiya –har xil sabablarga ko’ra, patologik jarayonlardan keyin to’qima hujayralarning nobud bo’lishi va uni to’ldirishga patologik regenerasiya deyiladi. Bunda regenerasiya jarayoni kechikishi, buzilishi yoki butunlay bo’lmasligi mumkin. Regenerasiya jarayoni qanday kechmasin, uning tezligi va sifati organizmning o’sha vaqtdagi xilma-xil reaktiv holatiga bog’lik bo’ladi. Bu holatni, odatda, nerv sistemasining holati, oziqlanish, yallig’lanishning bor-yo’qligi, to’qimadagi mahalliy shart-sharoit innervasiya, limfa aylanishi, qon aylanishning qoniqarli yoki qoniqarsiz bo’lishi, organizmning yoshi, yashash sharoiti va boshqalar belgilaydi. Shularga asoslanib, regenerasiya jarayoni to’qimalarda ma`lum sur`at bilan borishi yoki butunlay yuzaga chiqmasligi mumkin deymiz. Shikastlangan to’qima nerv sistemasidan mahrum bo’lgan hollarda regenerasiya butunlay bo’lmasligi yoki sust, sifatsiz bo’lishi mumkin. Ha deganda, bo’lavermaydigan xronik jarohatlar, yaralar paydo bo’lishiga asosiy sabab shu yerdagi nerv hujayralarning nobud bo’lganligidir.
Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, shikastlangan yoki bir qism patologik jarayon tufayli shikastlangan ichki organlar ( jigar, me`da osti bezi, buyraklar, jinsiy bezlar, taloq va boshqalar) da regenerasiya faqat shularning o’zida bormasdan, balki sog’ qolgan organ qismida ham boradi, organning dastlabki hajmi va funksiyasini tiklashga olib keladi. Ayrim hollarda regenerasiya jarayoni kuchayib ketib, ortiqcha to’qimalar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi, bunga superregenerasiya deyiladi.
Regenerasiya jarayonida to’qimaning bir turi o’rnida ikkinchi turi hosil bo’lish holatlari ham uchraydi. Masalan, bronxlar yallig’lanishi natijasida ular devorni qoplagan kiprikli silindrsimon epiteliy o’rnida ko’p qavatli yassi epiteliy hosil bo’lishi mumkin.
To’qimalarning regenerasiya yo’li bilan o’sish (gistogenez) kam tabaqalangan birlamchi hujayralarning yangidan hosil bo’lish natijasida sodir bo’lishi ham mumkin. Binobarin, ularning ko’payishi jarohatlangan joyni to’ldirib, to’qima bitishni ta`minlaydi.
Regenerasiya to’lik va chala bo’lishi mumkin. To’lik regenerasiya restutsiya deb yuritiladi. Bunda nobud bo’lgan to’qima o’rnida tuzilishi hamda funksiyasi jihatdan yo’qotilgan to’qimaga batamom mos keladigan yangi to’qima hosil bo’ladi, teri jarohatning bitishda epiteliy qatlamning to’liq tiklanishi, muskul butunligi buzilganida esa muskul to’qimaning to’lik tiklanishi bunga misol bo’ladi. Chala regenerasiya, ya`ni substituyiyada jarohatlangan joy asli to’qimaga o’xshash to’qima bilan to’ldirilmasdan, balki biriktiruvchi to’qima bilan to’ldiriladi va asta sekin zichlashib, burishib chandiqqa aylanadi. Bunday chala regenerasiyaga jarohatning chandiqlanib bitishi ham deyiladi.
Ayrim vaqtlarda to’qimalar ularda o’ziga xos regenerator elementlari paydo bo’lishi bilan ham tiklanishi mumkin. Masalan, shikastlangan muskul to’qimasida «muskul murtaklari» hosil bo’lib ularning, ko’payishi natijasida tiklanish jarayoni boradi, lekin albatta, bu oxirigacha yetmaydi, natijada nuqson asosan biriktiruvchi to’qima hisobiga to’ladi.
Yuqorida aytilgan holatlar ko’pincha regenerasiya bo’ladigan metaplaziya (tubdan o’zgarish) asosida yuzaga keladi. Mazkur holda metaplaziya to’qima funksiyasi uzgarishi tufayli sodir bo’ladi. Shunday qilib, to’qimalarda regenerasiya, ya`ni tiklanish jarayoni bir necha xil bo’lib, ularning normal kechishiga ko’p omillar ta`sir etadi.



Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling