O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


Download 403.61 Kb.
bet21/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
gistologiya

2.Elastik tolachalar boshqa tolachalarga nisbatan uncha pishiq bo’lmasa ham, ancha egiluvchan va cho’ziluvchi xususiyatga ega. G’ovak biriktiruvchi to’qimada uchraydigan elastik tolachalar diametrik 1-3 mk, boshqalarniki 10 mk ga teng. Elastik tolachalar elastin oqsilidan iborat protofibrillalardan tashkil topgan bo’lib, ularning diametri 304 mk ga teng.
3.Retikula tolachalari boshqa tolachalarga nisbatan kaltaroq va ingichka bo’lib, to’rsimon shaklda. Gistalogiya preparatlari kumush tuziga solinsa, yaxshi ko’rinadigan bo’ladi. Kumush tuzini o’ziga o’xshash qabul qilib bo’yalgani uchun ular argirofil tolachalar deb ham yuritiladi. Retikula tolachalarining ximiyaviy tuzilishi yaxshi o’rganilmagan. Ko’pchilik olimlar ularning asosi kollagen va elastik tolachalarga uxshash oqsillardan tashkil topgan deydilar. Tarkibidagi aminokislotalarning sifati va miqdoriga qarab kollagen va elastik tolachalar bir-biridan farq qiladi. Retikula tolachalarida aminokislotalardan ko’prok serin, oqsilizin va glutamin kislota uchraydi. To’qimada amorf moddaning miqdori har xil bo’lishi mumkin. Hujayra elementlari qancha ko’p bo’lsa amorf modda shuncha kam bo’ladi.
4. Amorf moda gomogen moddaga o’xshash bo’lib, unga asosiy sementlovchi amorf modda deyiladi. U xuddi kalloidga o’xshash tuzilgan bo’lib, bo’yoqlarga yaxshi bo’yalmaydi. Tarkibi gialuron va xondroitin kislota hamda geparinlardan tashkil topgan. Asosiy modda organizmda moddalar almashinuvi jarayonida muhim vazifani bajaradi. Tomirlardan so’rilgan oziq moda shu asosiy modda orqali hujayralarga o’tadi va tashqariga chiqariladi. Ular ayrim kasalliklarni keltirib chiqaradigan mikroorganizmlarni tutib qoladi. Asosiy moddaning fizik – ximiyaviy tarkibi har xil ta`sir natijasida o’zgarishi mumkin. Qalqonsimon bezning vazifasi pasayib ketganida miksedema kasalligi paydo bo’ladi. Bunda teri ostidagi yumshoq biriktiruvchi to’qimaning asosiy moddasi suyilib, shilimshiq moddasi ko’payib ketadi yoki organizmni S vitamin yetishmay qolganda kollagen moddaning hosil bo’lishi buzilib asosiy moddaning tarkibi o’zgaradi. Askorbin kislota yuborilganda u yana o’z holiga qaytadi. Demak, ma`lum bo’lishicha asosiy modda organizmda moddalar almashinuvi jarayonida muhim vazifa bajaradi. Uning tarkibidagi hujayra elementlari organizmni har xil kasalliklardan saqlab turadi. Tarkibning buzilishi patalogiyadan darak beradi.

Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling