O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi
Download 403.61 Kb.
|
gistologiya
Skeletning ko’ndalang yo’lli muskul to’qimasi asosini uzun, ko’p yadroli qora va oq disklardan iborat tolachalar tashkil etadi. Tolachalar silindr shaklida bo’lib, uchlari yumaloq, ayrimlariniki tarmoqlangan. Ularning uzunligi 100mm dan 12 sm gacha. Diametri bir necha mikrondan-100mk gacha. Har bir tolacha yupqa parda- sarkolemma bilan o’ralgan. Sarkolemma uch qavatdan tashkil topgan: 1) ichki qavatining qalinligi 50-100 A: 2) o’rta yoki oraliq qavatining qalinligi 150-250 A: 3) tashqi-bazofil qavatining qalinligi 300-500 A0.
Har bir muskul tolasiga ustki tomondan to’rsimon shaklda prekollagen tolachalar kelib tutashadi. Ularni ustki tomondan esa bazal membrana yopib turadi. Ingichka fibrillalardan tashkil topgan bazal membrana amorf modda yordamida bir-biri bilan yopishib muskul tolasi atrofida joylashuvchi biriktiruvchi to’qima-kollagen va argirofil tolalar bilan tutashadi. Shunday qilib, har bir muskul tolachasi o’ziga tegishli biriktiruvchi to’qimadan iborat qavat bilan o’ralib turadi. Bu qavatga endomizium deyiladi. Bir necha shunday endomiziumlar yig’ilib birta tutam hosil qiladi va ularni ham biriktiruvchi to’qimadan iborat ikkinchi bir yangi parda o’rab oladi. Bu pardaga peremizium deyiladi.Bitta yoki bir nechta muskulni o’rab to’rgan pardaga fassiya deyilib,unga epimizium nomi berilgan. Biriktiruvchi to’qima orqali har bir muskul tolachalariga qon tomirlar bilan nerv shoxobchalari kirib kelgan. Ko’ndalang yo’lli muskul tolachalari, odatda, ko’p yadroli bo’lib, yadrolarining soni o’ntadan yuztagacha bo’lishi mumkin.Yadrolar, odatda , tolachalarning periferik qismiga joylashgan. Yadro va protofibrillalar atrofidagi bo’shliqlarni sitoplazma (sarqopla zma) suyuqligi to’ldirib turadi. Bundan tashqari, tolachalar tarkibida hujayra organoidlari va kiritmalari bor.Bular orasida eng ko’p uchraydigani mioglobin (pigment hamda oqsil globin )bilan muskullarga qizil rang beruvchi gemoglobindir.Ko’ndalang yo’lli muskul to’qimalari tarkibidagi mioglobin oqsillarning ko’p yoki ozligiga qarab ular quyidagicha farq qilinadi: Download 403.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling