O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi central asian medical university tibbiyot fakulteti


Download 396 Kb.
bet8/10
Sana04.02.2023
Hajmi396 Kb.
#1161782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ishchi dastur BIOKIMYO

JORIY NAZORAT (JN)
JNda talabaning modulni mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Tibbiy kimyo moduli bo’yicha JN og’zaki, o’rgatuvchi-nazorat tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar, testlar, laboratoriya ishlarini bajarilishi, natijalarni tushuntirish va uy vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin.
Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlardagi materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi.
Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o’tish bali 55 ball. Joriy nazoratda talabalar bilimi ta’lim modeliga asoslangan xolda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy va amaliy qism.
Joriy nazorat uchun 4 kredit ajratiladi (shu jumladan 1 kredit mustaqil ishga ajratilgan):
1 semestr – 2,0 kredit;
2 semestr – 2,0 kredit;
Talaba har bir semestr bo’yicha belgilangan kreditlarni to’plagandan keyin, sinovga kiritiladi.
Joriy nazoratda saralash (o’tish) ballidan kam ball to’plagan yoki uzrli sabablarga ko’ra joriy nazoratda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi semestr tugagincha bo’lgan muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul bo’yicha joriy nazoratda saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga 2-semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida modulni o’zlashtira olmagan talaba fakulьtet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
5.3. Modul bo’yicha talabalarda kompetentsiyalarni egallashni nazorat qilish va baholash mezonlari

Download 396 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling