O ’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti
Download 7.03 Mb.
|
MO\'M (maruzalar matni)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Takrorlash uchun masalalar
1. Yasashga doir masalalar turlarini ayting. 2. Yasashga doir masalalar yyechish usullarini gapirib bering. 3. Konstruktiv masalalarni yyechishning xususiyatlari nimalardan iborat. 17-МАШҒУЛОТ.FAZODA TO'FRI CHIZIQ VA TEKISLIKLARNING PARALLELIGI VA PERPENDIKULYARLIGI Reja: 1. Fazoda to'g'ri chiziq va tekisliklarning joylashishini o'rganish. 2. To'g'ri chiziqlarning parallelligi. 3. To'g'ri chiziq va tekisliklarning parallelligi. 4. Tekisliklarning parallelligi. 5. Perpendikulyar to'g'ri chiziqlar. 6. Perpendikulyar tekisliklar. Tayanch iboralar: fazo, to'g'ri chiziq, tekislik, ularning o'zaro joylashishi, to'g'ri chiziq va tekisliklarning parallelligi, perpaendikulyarligi, tekisliklarning o'zaro joylashishi. 1. Fazoda to'g'ri chiziq va tekisliklarning joylashishini o'rganish. Fazoda to'g'ri chiziq va tekisliklarning o'zaro joylashishi haqidagi tushunchalar o'rganilayotganida asosan ularning quyidagi holatlari qaraladi: to'g'ri chiziq va tekislikning parallelligi va perpendikulyarlikligi, tekisliklarning o'zaro parallelligi va perpendikulyarligi. Bu tushunchalarni o'rganish jarayonida talabalar fazoda to'g'ri chiziq va tekislikning o'zaro joylashish vaziyatlarini tahlil qilib, ularda fazoviy tasavvurlarning rivojlanish imkoniyatlari vujudga keladi. Mazkur mavzuni o'rganishda quyidagi jihatlarga alohida etibor berish lozim: birinchidan, parallellik va perpendikulyarlik alomatlarining qat`iy isbotlanishi, ikkinchidan, ko'rgazmalilik asosida asoslashga e`tibor berish; uchinchidan, qo'llashga doir fazoviy masalalarni yyechish. Bundan tashqari, bu mavzuning fazoviy jismlarning kesimlarini hosil qilishda, tasvirlashdagi ahamiyatini e`tiborga olib zarur mashqlar sistemasidan foydalanish talab etiladi. To'g'ri chiziqlarning fazodagi vaziyati bilan tekislikdagi vaziyati orasidagi farq va o'xshashliklarni ochib berish ham talabalarning mazkur tushunchalarini yaxshi egallashlariga imkon beradi. Fazoda to'g'ri chiziq va tekisliklarning perpendikulyarligi Bu mavzu uch qismga bo'lib o'rganiladi: 1. Fazoda to'g'ri chiziqlar perpendikulyarligi. 2. To'g'ri chiziq va tekisliklar perpendikulyarligi. 3. Tekisliklar perpendikulyarligi. I qismni o'rganishda takrorlash amalga oshiriladi, bunda avvalo: 1) o'zaro perpendikulyar to'g'ri chiziqlarning ta`rifi o'rganiladi; 2) kesishuvchi va ayqash o'zaro perpendikulyar to'g'ri chiziqlar xossalari o'rganiladli; 3) ko'pyoqlar modellarida va atrofdagi predmetlardan ularni ko'rsatish orqali amalga oshiriladi. II qismni o'rganishda quyidagi savol muhokama qilinadi: qanday paytda to'g'ri chiziq tekislikni kesib o'tib, unga perpendikulyar bo'ladi. Tajribadan ko'rinadiki, agar to'g'ri chiziq tekislikka perpendikulyar bo'lsa, u bu tekislikdagi har qanday to'g'ri chiziqqa perpendikulyar. Bu modelda ko'rsatiladi. So'ngra to'g'ri chiziq va tekislik perpendikulyarligi ta`rifi bayon qilinadi. Maktabda to'g'ri chiziq va tekisliklarning perpendikulyarligi ta`rifiga ularning kesishi talabini qo'shish lozim, buni qo'shmasak uni isbotlashga to'g'ri keladi. Agar talabalar tayyor bo'lsa yangi ta`rif ham berish mumkin: agarda tekislikni kesib o'tuvchi to'g'ri chiziq tekislikda yotuvchi har bir to'g'ri chiziqqa perpendikulyar bo'lsa, to'g'ri chiziq bu tekislikka perpendikulyar deyiladi. To'g'ri chiziq va tekisliklarning perpendikulyarlik alomatini o'rgatishda ikki parallel to'g'ri chiziq tekislikka parallel bo'lsa, ular tekislikka perpendikulyar bo'lmasligini ko'rsatish zarur. Bu alomatning isboti uchburchaklar tengligidan keltirib chiqariladi, bu vektorlar skalyar ko'paytmasini o'rganishda kerak bo'ladi. Bu mavzuni o'rganishda og'ma tushunchasi ham kiritiladi. Tekisliklar perpendikulyarligini o'rganishda tekisliklarning o'zaro joylashishi qarab chiqiladi, chizmalar, moddellar va talabalarning tasavvurlari asosida ikkita perpendikulyar tekisliklar kesuvchi ekanligi keltirib chiqariladi. Tekisliklar orasidagi burchak nima degan savol tug'iladi. Bunda ikki tekislik uchining tekislik kesib o'tganda hosil bo'lgan kesishish chizig'iga perpendikulyar bo'lgan to'g'ri chiziqlar orasidagi burchak qaraladi. Tekisliklar perpendikulyarligini o'rganishda ko'pyoqlarning modellari, predmetlar, stereometrik qutidandan foydalanish lozim. Bu mavzuni o'rganishda: 1) perpendikulyar tekislikning ta`rifi; 2) perpendikulyar tekislik yasash. 3. Masalalar yyechishning bosqichlari orqali o'rganilayotgan tushuncha mustahkamlanadi va umumlashtiriladi. Download 7.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling