«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 

• investitsiya qilingan mablag'larning saqlanishi va/yoki ko'payishini ta'minlaydigan real va yoki moliyaviy 
aktivlar ko'rinishidagi investitsiya ob'ektlarining mavjudligi
• investitsiyalarni amalga oshirishga qodir xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyati; 
• iqtisodiy tizimda jamg'armalarni (potentsial investitsiyalar sifatida) investitsiyalarga aylantirishni 
ta'minlaydigan institutlarning mavjudligi. 
Bundan tashqari, ta’lim tizimi ham milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini 
ta’minlashga ta’sir etuvchi muhim omillardan biridir. Davlat mutanosib siyosat olib borishi, xalq xo‘jaligi 
ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlashi muhimligi hammamizga ma’lum. Shuningdek, O’zbekiston 
respublikasida mavjud ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va uni jahon standartlariga uyg’unlashtirish, 
ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuter texnikasi va global tarmoqqa ulangan internet bilan jihozlash, 
ilmiy xodimlarni moliyalashtirish va mehnatga haq to‘lash darajasini oshirishga e’tibor qaratish lozim. Shu 
bilan birgalikda, pedagogik kadrlar, mutaxassislar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish 
metodikasini takomillashtirish kerak. Yangi O’zbekiston strategiyasida 2026 yilgacha nodavlat oliy ta’lim 
tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish ko’zda tutilganligi ijobiy natijalarga erishishning muhim 
kafolatlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanish va aholi farovonligining asosini tashkil etuvchi tabiiy resurslarning 
sezilarli turlariga boy. Tabiiy resurslar, yani, yer, o‘rmon, suv resurslari, foydali qazilmalar va 
boshqalarning mavjudligi, ulardan unumli foydalanishni talab qiladi. Hozirgi kunda, respublikamizda 2,7 
mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 
100 ga yaqin mineral - hom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb 
etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh 
dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan 
ortiq baholanayotganini ham qayd etish maqsadga muvofiqdir.{1} 
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda korxonalarning xo'jalik faoliyatida atrof-muhit sharoitlarining ishlab 
chiqarish jarayonlariga, foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslardan, er va suv resurslaridan, havo 
havosidan, tabiiy o'simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga ta'sirini aks ettiruvchi ekologik omil 
alohida ahamiyatga ega. «O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan xaqli suratda faxrlanadi bu yerda 
mashhur Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod 
turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin 
mineral - hom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 
dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil 
etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq 
baholanayotganini ham aytib o’tish kerak.{2} 
G’oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, 
qimmatbaho metallar bo’yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik - 
kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan». 
O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan yoqilg’i 
energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg’i balansida neftning salmog’i sal kam 10 foizni, tabiiy gaz 
salmog’i - 85 foizdan ortiqni, ko’mirning salmog’i salkam 5 foizni tashkil etadi. {3} 
So'nggi o'n yilliklarda iqtisodiy o'sishga tabiiy resurslarning global darajada kamayib ketishi salbiy ta’sir 
ko’rsatayapti. Ekologik keskinlikning kuchayishi, iqtisodiyotning yanada rivojlanishi xavfini anglash 
ko'plab mamlakatlarni tabiiy omillarni hisobga olishni majbur qilmoqda. Shu munosabat bilan atrof-
muhitni muhofaza qilish tushunchasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu kontseptsiya doirasida 
ba'zi mamlakatlar atrof-muhitni barqarorlashtirishga erishdilar, ammo sifat jihatidan yaxshilanish 
kuzatilmadi, chunki mintaqaviy iqtisodiyot kontseptsiyasiga nisbatan ekologik va iqtisodiy rivojlanishning 
umumiy mafkurasi o'zgarmadi. 
Tabiiy resurslardan unumli foydalanishni qo'llab-quvvatlash va ekotizim xizmatlarining barqaror 
oqimini ta'minlash tabiiy resurslardan samarali foydalanishni yanada takomillashtirishni, shuningdek, 
ushbu foydalanishga turtki bo'lgan ishlab chiqarish va iste'mol shakllarini o'zgartirishni talab qiladi. Tabiiy 
resurslarni boshqarishga kompleks yondashuvlar faoliyatning hududiy taqsimlanishining o'ziga xos 
xususiyatlarini va ularning ta'sirini hisobga olishi kerak. Shu nuqtai nazardan, uzoq muddatli rejalashtirish 
va landshaftni boshqarish iqtisodiy faoliyatning, ayniqsa transport, energetika, qishloq xo'jaligi va sanoat 
ishlab chiqarishi bilan bog'liq bo'lgan atrof-muhitga ta'sirini turli jamoalar, mintaqalar va mamlakatlar 
o'rtasida muvozanatli taqsimlashga yordam berishi mumkin. 
Madaniy an'analar, din, mulk institutlari, ekologik va iqtisodiy siyosatni tanlashga katta ta'sir ko'rsatadi. 
Bularning barchasi har bir mamlakatda uning umumiy tamoyillarini saqlab qolgan holda barqaror 
rivojlanish turini shaxsga aylantiradi. 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling