bo'lib rivojlanuvchi daraxtlar va butalar o'tqazish. O'zbekistonda
to ‘siqlar uchun oddiy biryuchina, qizil svidina, Pissero olxo'risi,
oddiy shamshod (samshit), sharq' biotasi va bosliqaiar keng
foydalaniladi. Shakllanish usuliga ko'ra yashil to ‘siqlar erkin
o'suvchi, shakl berilgan (qirqilgan) va shpaler turlariga bo'linadi.
Shakllangan to'siqlarning ko‘ndalang kesimi shakli to'g'ri
burchakli (asosan soyaga chidamli turlari), trapetsiyasimon va
yarimoval (asosan yorug'likni yaxshi ko'ruvchi turlari) bo'ladi.
Shpalerli yashil to ‘siqlar uchun maxsus karkas qilinadi, unga o'zaro
to‘qilgan ayrim namunalaming shoxlari mahkamlanadi.
Yashil to'siqlar bir qatorli, ikki qatorli, kamroq uch qatorli
qilib ekiladi. Jonli to'siqlarning o'lchamlari juda past (bordurlar),
past, o'rtacha va baland turlarga bo'linadi. Jonli to'siqlarning
o ‘lchamlari balandligi, qatorlar soni, shakllanish usuliga bog'liq
holda 2-jadvalda keltirilgan.
Jonli to'siqlar turli balandlikda joylashgan bir jinsli, kamroq
ikki jinsli ko'chatlardan tashkil etiladi. O'tkaziladigan materialning
xususiyatlariga bog'liq holda ular yumshoq (tikansiz) va tikanli
turlaiga bo'linadi.
168
Bosketlar — yashil to'siqlar yoki jonli devorlar bilan ajratilgan
geometrik shakldagi berk maydon bo‘lib,
ichida faworalar,
gulzorlar joylashadi. Shuningdek, geometrik shakldagi uchastkalar
ko'rinishidagi shaklga keltirilgan ko‘p qatorli zich daraxtlami
(sakkiz yoki undan ortiq qator) ham bosket deb ataladi.
Jonli to'siqlarning konstruktiv o ‘lchovlari
_______ ___________________ ________________
4.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |