Obodonlashtirish va transport
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
Psammofitlar
deb ataluvchi o'simliklar guruhi mavjudki — ular qum da yashashga moslashgandir. Qum bosganda ular qo'shim cha ildiz hosil qiladi, bu ildizlar uzunligi bir necha o'nlab metrga yetadi (ayrim turlariniki, masalan, juzg'unniki 30 m ga yetadi). Bunday o'simliklarga juzg'undan tashqari qum akatsiyasi, saksovul kiradi. Ildizida tugunakli bakteriyalar bo'lgan navlar havodagi azotni tutib oladi (lox, oblepixa, oq akatsiya, rakitnik). Shunday navlar ham borki, ular tuzlangan yerlarda ham o'sadi. Ular tuproqda 2 - 3 % gacha xlorli natriy bo'lganda ham o'sish qobiliyatiga ega (solyanka, grebenshik, saksovul, sovun daraxti). Botqoq sarvi, rododendronlar, gingkgo tuproqda ohak bo'lishini ko'tara olmaydi. Boshqa navlar (shumtol, jo'ka, lavr, yevropa zaytuni) ohakli tuproq bo'lishini talab etadi. Aylant (Xitoy shumtoli) neft bilan ifloslangan tuproqda o'sishi mumkin. Shuning uchun o'simliklarni ekishini loyihalashdan oldin tuproq sharoitlari tekshirilishi kerak. Agar ko'kalamzoriashtirish obyektiga asos solishda tuproqni jiddiy yaxshilashning imkoni bo'lmasa, har bir aniq maydon uchun tegishli navni tanlab ekish kerak. Relef. Joyning relyefi (tekislik yoki past-baland, tog'li, dengiz sathidan balandligi, yon bag'irlaming qiyaligi, ulaming 187 ekspozitsiyasi) o ‘simliklarning o'sishi va rivojlanishiga kuchli ta ’sir ko'rsatib, mikroiqlim sharoitlarni (yoritishdan, isitishdan, havo va tuproq namligi, shamol rejimi va b.) shuningdek, tuproq qoplamasining xarakterini o'zgartiradi, bularning barchasi pirovardida o'sim liklarning ko'rinishi tarkibiga ta ’sir ko'rsatadi. Tog'li tum anlarda relyefning ahamiyati, ayniqsa, keskin namoyon bo'ladi, ammo past-baland relyefli joylarda ham (tepaliklar, adirlar) daraxtlarning o'sish ko'rsatkichlari ancha katta miqdorda o'zgarib turadi. Shuning uchun bog' barpo etish masalalarini hal etishda navlarini to'g'ri tanlash va ulami joylashtirish uchun tabiiy o'sim liklar qoplamasining rivojlanishini sinchiklab o'rganish mikroiqlimiy va tuproq sharoitining butun majmuyini hisobga olish zarur. D a ra x tla rn in g d e k o ra tiv s ifa tla ri D a r a x t o ‘s im lik la r deb yer usti qismlari yog'ochli bo'lgan ko'p yillik o'simliklarga aytiladi. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling