Obodonlashtirish va transport
Tepa qismining zichligi
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barglaming dekorativ sifati. Daraxtlar va butalarning umumiy dekorativ manzarasiga shoxlardagi barglaming shakli (ornamenti)
Tepa
qismining zichligi. Ko'kalamzoriashtirish uchun daraxtsim onlar tepa qismi sifatining muhim jihati uning massasi hisoblanadi. Tepa qismi zich yoki yengil, orasi ochiq (nozik) bo'lishi mumkin. Tepa qismi zich bo'lgan navlar m e’moriy inshootlar va haykallar uchun yaxshi m anzara yaratadi. Ular chang va shamoldan himoya qiladi, yaxshi soya beradi. Tepa qismining zichligi, shoxlanishi sistemasi va barglar massasi bilan yaratiladi. Massiv (katta) tepa qismlari zich (ochiq joylar kamida 25 %ni tashkil etadi): qayrag'och, kashtan, o 'tkir bargli zarang; o'rtacha zichlikdagi (ochiq joylardan 25 dan 50 %gacha): aylant, am ur barxati, qayin, oq tol, vavilon toli, kumushsimon zarang, Livan kedri, gretsiya yong'og'i; yengil ochiq (ochiq joylar 50 % va undan ortiq bo'ladi): oq akatsiya, ambitsiya, amorfa, giedichiya, drak, botqoq sarvi, metaksevoya, ingichga bargli lox, yapon safarasi, oddiy chetan, oddiy shumtol. Barglaming dekorativ sifati. Daraxtlar va butalarning umumiy dekorativ manzarasiga shoxlardagi barglaming shakli (ornamenti), kattaligi, rangi va barglaming shoxda joylashishi ta ’sir ko ‘rsatadi. Tepa qismining shakli bilan bir qatorda barglaming kattaligi, ornam enti va rangi yakka piskalar uchun va oldingi plandagi guruhlar uchun yog'och o'simliklarini tanlashda asosiy ahamiyatga ega. Barglaming rangi tepa qismining faqat massasinigina, uning o'lcham lari zichligini kuchaytiribgina qolmasdan, balki park kompozitsiyalarida perspektivaning vaznini yasashda kontrast rang yechimlarini topishda, m a’lum bir koloritdagi (qizil, tillarang, moviy) o'simliklar uchastkalarini yaratishda muhim dekorativ 190 vosita bo'ladi. Barglar rangining mavsumga qarab o'zgarib turishi bog'-park o'simliklarida mavsumiy dekorativ samarasini kuchaytirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Baiglar bir-biridan farqlanadi, masalan, oddiy barglar (tol, terak, qayin, em an va b.) va murakkab barglar (oq akatsiya, kashtan, albitsiya, Yaponiya safarasi va b.), ular morfologiyasi va kattaligi bo'yicha xilma-xil bo'ladi. Yorug'likni yaxshiroq tutib qolish uchun daraxtsimonlarning barglari bir-biriga kamroq soya beradigan qilib joylashadi. Pastki barglar novda uzunligini o'zgartirish yo'li bilan yuqoridagi barglar hosil qilgan ochiq joylar egallaydi, o'ziga xos barglar mozaikasi paydo bo'ladi. Dekorativ jihatdan baiglar mozaikasi ko'pgina daraxtsimonlar navida samarali va m e’moriy kompozitsion yechimlarda hisobga olinadi. Barglaming mozaik joylashuvi daraxtlar tepa qismining zichligini oshiradi va uning muhim ornam ental detali bo'ladi. Barg mozaikasining dekorativligi, ayniqsa, bino devorlarini va bog' inshootlarini (pavilonlar, pergolalar, trelyajlar, gratlar, tirgak devorlar) qoplab turuvchi chirmashuvchi o'simliklarda yaqqol ifodalanadi. Chiroyli mozaikali joylashishi aytib o'tilgan maqsadlar uchun nav tanlashda hisobga olinishi kerak. Barcha daraxtsimonlar navlarida (bargli, bargi tushuvchi va doimo ko'm -ko'k, ignabargli) guldor (rang barang) shakllar eng ko'p tarqalgan. Bir xil tusli sariqbargli va oltinbargli shakllar asosan bargli, bargi to'kiladigan navlar uchun va qisman ignabargli navdagi daraxtlar uchun xosdir. Baiglarining rangi qizil va to'q sariq bo'lgan shakllar faqat bargli, bargi to'kiladigan turlarida (emanning qizil bargli shakli) keng tarqalgan va bargli doimo ko'm -ko'k turlarida juda kam uchraydi. Ayrim igna barglilarda qishki paytlarda ignabarglari jigarrang-qizil va bronza rangiga kiradi. Ammo bu himoya sovuqqa qarshi ahamiyatga ega, lekin shakl tashkil etish ahamiyatiga ega bo'lmagan, mavsumiy rang o'zgarishi xolos. Barglaming um umiy yozgi bo'linishining quyidagi turlari farq qilinadi: a) och zangori, zangori (albitsiya, bunduk, katalpa, sharq chinori, Pensilvaniya shumtoli va b.), to 'q zangori (shaftoli, qayrag'och, nok, kashtan, terak, do'lana va b.), och zangori (amorfa, budaleya va b.); b) kumushsimon-oq (lox, jo'ka, oq terak, chakanda va b.), ko‘k-zangori (kulrang yong'oq, tol va b.); 191 d) moviy -zangori (tikanli kumushsimon ko‘k archa, tog' qora archasi, lola daraxti va b.). D araxtlar va butalarning har bir turi uchun barglari rangi o ‘ziga xos bo'ladi, bu rang yilning turli vaqtiga qarab o'zgarib turadi. Bundan tashqari, yog'och navlari bargining yoshiga qarab ham o'zgaradi, yosh baiglar och zangori, keyinroq zangori, to'q zangori rangli bo'lib qoladi. Bahorda archada yangi yaltiroq sariq- zangori ignabarg paydo bo'ladi. Barglaming bahoigi och va yaltiroq bo'lishidan tashqari, yaltiroq kuzgi jilolanishi ham kuzatiladi. Kuzgi jilolanish quyidagi ranglarga boy bo'ladi: och-sariq, sariq, qizg'ish oltinrang, to 'q sariq, pushti, qizil, jigarrang, to 'q - qizil va to 'q binafsha. Barglaming yorqin bo'yalishi tufayli bog' va parklardagi ham da tabiiy o'rm on massivlaridagi ayrim daraxtlar kuzda o'tkazilgan daraxtlarning umumiy massasi ichidan ajralib turadi. U lardan ko'pchiligining kuzgi kiyimining go'zalligi bog' va parklami loyihalashda va qurilishda jiddiy o'rganish va foydalanishga qodirdir. Bargi to'kiladigan navlardan chetan, qayinda, sumakda, gingkgoda, sovun daraxtida, shaftolida va boshqalarda kuzgi ko'rinishi nihoyatda rang-barangdir. Daraxt navlari barglarining kuzgi bo'yalishi ochiqligi va uning shunday saqlanib- turishi davomiyligi ob-havoga bog'liq. Quruq kuz havosida barglaming rangi ochiq bo'lmaydi va daraxtlarda uzoq vaqt turmaydi. Barglaming to'kilishini sovuq va yonig'irli kuz ancha tezlashtiradi. Uzoq davom etadigan iliq va o'rtacha namlikdagi kuz havosi bog' va parklarning kuzgi qiyofasining ochiq bo'lishi va saqlanishi uchun eng qulaydir. Yosh daraxtlarda barglar ochiq rangda bo'ladi va shakllarda qari daraxtlarga nisbatan ancha uzoq vaqt turadi. 192 Daraxtning tanasi m uhim dekorativ element hisoblanadi. Dekorativlik uning shoxlardan tozalanganlik darajasi, shakllanish xarakteri, sirtining rangi va fakturasi bilan belgilanadi. Tanadagi shoxlar qancha yuqori joylashgan bo'lsa, u shunchalik tozalangan hisoblanadi. Chinor, lola daraxti, qayin, tog‘terak, shumtol kabi daraxtlarning turlarida tanasi ancha yaxshi tozalangan bo'ladi. Tanasi yomon tozalangan daraxtlardan (do'lana, maklura) yashil to'siqlar yaratishda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Archa, tuya, qora archa kabi turdagi daraxtlarning erkin turishida ularning tanalari deyarli tozalanmaydi va shoxlanishi darhol yer ustidan boshlanadi. Ko'kalamzorlashtirishda u yoki bu turdagi navdan foydalanish imkoniyatlarini baholab, unga xos bo'lgan salbiy yoki maqsadga muvofiq bo'lmagan xossalami ham e ’tiborga olish kerak. Ularga aw alo, hududning mevalari bilan ifloslanishi (terak, tut, chinor), tikanlari yoki barglaridan zararlanishni (glidechiya, opunsiya, qandog'och), shuningdek, mevalar va barglaming zaharli ekanini (qozoq qora archasi) kiritish kerak. Bu turdagi daraxtlami bolalar bog'chasida, maktablarda, bolalar parklarida ekmaslik kerak. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling