Obodonlashtirish va transport
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.7-rasm. Galereyali drenaj: 1 — beton; 2 — devorning suv qabul qilgich teshiklari; 3 — qumning sizdiruvchi qatlami; 4
yopiq quvurli drenajidu.
Quvurli drenajning konstruksiyasi, sizot suvini o'zida sizdiruvchi to ‘kilma bilan ko‘milgan quvurdan iborat. Quvurli drenaj transheyasi to ‘liq ko‘milib, yeming ustida faqatgina tarm oq bo'ylab uning quduqlari ko'rinadi. Quvur materiali sifatida keramika, beton, asbotsementlar qo'llaniladi. Keyingi vaqtlarda esa polim er mahsulotlaridan ko'proq foydalanilmoqda. Quvurlar diam etri 100—250 mm atrofida bo'ladi, yig'ilgan suvlami olib ketish uchun 400 mm va undan ham katta bo'lishi mumkin 27 Transheyaning shakli va o ‘Ichamlari drenaj konstruksiyasi kabi tizimning vazifasiga, sizot suvining sarfiga, yeming tuprr.q sharoitiga, ishni olib borish usullariga va h.k. ga bog‘liq. Filtrlovchi material sifatida graviy, shag‘al, yirik donali qumlar ishlatiladi. T o‘kilma materiali mustahkamlik va sovuqbardoshlik shartlariga javob berishi lozim. To'kilma drenaj konstniksiyasining asosiy elem entlaridan biridir. U yordamida sizot suvlari yig'iladi. To'kilm a — drenaj quvuri bilan transheyani ko'm uvchi tuproq orasidagi oraliq qatlam hisoblanadi. U mayda zarralam i quvurga o ‘tib ketishidan saqlab, o ‘z navbatida o'zining zarralari ham quvur teshiklaridan o'tib ketmasligi kerak. Alohidagi noqulay hududlarda, xususan siljish mavjud hududlarda yuriladigan yoki yarim yuriladigan, ochiq transheya- larda yoki yer osti yo'laklari sifatida galereyali drenajlar qo'llaniladi (1.7-rasm). 1.7-rasm. Galereyali drenaj: 1 — beton; 2 — devorning suv qabul qilgich teshiklari; 3 — qumning sizdiruvchi qatlami; 4 — galereya arig'i. Galereya konstruksiyasi materiali sifatida beton va tem ir-beton qo'llaniladi, lekin yog'ochli va toshli galereyalardan ham foydalaniladi. Yurish mumkin bo'lgan galareyali drenajlarda, agar ular shahar sharoitida qurilgan bo'lsa, ulardan boshqa turdagi injenerlik tarm oqlarini ham o'tkazish maqsadga muvofiqdir. 28 Vertikal drenaj bir qancha vertikal holatdagi quduqlar tizimini birlashtiruvchi tizimdir. Quduqlar o ‘zaro suvlami ketkazuvchi va nasos qurilmalari bilan bog‘langan quvurlar orqali bog‘lanadi. Yig'ilgan suvlami qochirish nasoslar orqali amalga oshirilib, suvlar suv havzasiga yoki shahar suv tarm og‘ining kollektoriga borib tushadi. H ar bir vertikal quduq atrofida voronka hosil bo‘lib, voronkalarning diametri bir-birini to'ldirish lozim. Har bir depression voronka depressiya radiusi o'Ichamini tavsiflaydi. Sizot suvi sathini pasaytirish doimiy ravishda nasos yordamida suvni haydash bilan amalga oshiriladi. Vertikal drenaj tizimlari sizot suvlari miqdori katta va yer sirtidan ancha chuqur joylashgan holatlarda qo'llaniladi. Quvurlar diametri 150—300 mm atrofida bo'ladi. K o'p hollarda vertikal drenaj daryodan sizuvchi suvlami pasaytirish uchun qirg'oq drenaji sifatida hamda chuqur joylashgan yer osti inshootlari (garajlar, tonellar)ni sizot suvlaridan mahalliy miqyosda himoya qilish va h.k. maqsadlarida qo'llaniladi. Mahalliy drenaj. Bu turdagi drenajlar alohida bino yoki inshootlami sizot suvlaridan himoya qilish uchun qo'llaniladi. Shahar hududini injenerlik tayyorgarligi ishlarida, kattaroq joylarda sizot suvlarini pasaytirishda bu turdagi drenajlar muhim rol o'ynamaydi. Lekin obyektlami qurishda qurilish ishlariga bog'liq bo'lib, alohida obyektlar miqyosida ular qo'llaniladi. Mahalliy drenajlar o'ziga xos qurilma bo'lib, ulaming vazifasi inshootga yondash gruntdan suvni olib, inshootlami sizot suvidan himoyalaydi. Mahalliy drenajlar maydonli va tasmasimon turlaiga bo'linadi. Tasmasimon mahalliy drenajga, bir nechta injenerlik tarm oqlari birgalikda joylashtiriladigan yer osti yirik kollektor- larining drenajlami misol qilib keltirish mumkin. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling