Ochil sirojov, oybеk sirojov
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library
partiyalar, uyushmalar va birlashmalar; ularning noqonuniy faoliyat olib borishi; • xorijiy va gegemon davlatlarning agressiv va shovinistik siyosati; • ulkan miqyosdagi tabiiy ofatlar; • xalqaro institutlar zaiflashuvi va ayrim davlatlar ta’sir doirasiga tushib qolishi va boshqalar. Ushbu bo‘limda yuqoridagi tahdidlarni davlatning mavqeyi va maqomidan kelib chiqib real va potensiallarga ajratish tendensiyalari ham uchraydi. Ya’ni bu bo‘limda davlat uchun yuqoridagilarning aynan qaysilar xavfsizlikka ko‘proq tahdid solayotganligi ham tahlil qilinadi. To‘rtinchi bo‘limda davlatning milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari belgilanadi. Davlat va jamiyatning milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy faoliyat yo‘nalishlari ularni pirovard maqsad har bir sohada va umuman milliy xavfsizlikni ta’minlash sari olib borishi kerak va bunda quyidagilar talab etiladi: - har bir sohada milliy xavfsizlikka nisbatan tahdidlar ular paydo bo‘lgan sohalarda ob’ektiv va har tomonlama tahlil qilinishi; - milliy xavfsizlik mezonlari va ularning mohiyatini belgilash assoida iqtisodiy, ichki va tashqi siyosiy, mudofaa, axborot-kommunikatsiya va ma’naviy sohalarda milliy xavfsizlikni ta’minlashning kompleks chora- tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chiqilishi; 53 - qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning milliy manfaatlarga nisbatan tahdidlarning oldini olish va yumshatishga yo‘naltirilgan kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etilishi; - davlatning strategik va mobilizatsion resurlarini milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun yetarli darajada saqlab turilishi; Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlashda o‘ziga xos vazifalar quyidagilardan iborat: - mamlakat iqtisodiyotini, erkin va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini rivojlantirish; - milliy davlatchilik va jamiyat barqarorligini ta’minlash; xalqaro munosabatlarni rivojlantirish; dunyoning yetakchi va rivojlangan davlatlari bilan teng huquqli hamkorlikni ta’minlash; - mudofaa va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash; - aholi hayotini texnogen xavfsiz va ekologik toza dunyoda ta’minlash kabilarni o‘z zimmasiga olar ekan, xavfsizlik siyosatida quyidagi prinsiplarga amal qiladi: * milliy xavfsizlikni ta’minlash faoliyatining davlat konstitutitsiyasi va qonunlariga mos kelishi; * Xavfsizlikning barcha turlarining birligi, o‘zaro aloqasi va o‘zgaruvchan sharoitlarda muvozanatini ta’minlash; * Milliy xavfsizlikni ta’minlashning siyosiy, iqtisodiy va informatsion chora-tadbirlarining ustuvorligi; * Aniq vazifalarni (vaqt, resurslar, kuchlarva vositalar bo‘yicha) ilgari surish, xalqaro huquq normalari va davlat qonunlariga qat’iy mos holda zarur bo‘lganda majburlov choralari (shu jumladan harbiy kuch qo‘llash) ni amalga oshirish; 54 Xavfsizlikni ta’minlash vositalari va kuchlarini markazlashgan va nomarkazlashgan tartibda boshqarish; davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari hamda ularning sub’ektlari o‘rtasidagi aniq vakolatlarni taqsimlash va belgilab berish. Navbatdagi masala doktorina haqida to‘xtalsak. Sharq davlatlarida u asosan Harbiy doktorina (Hindiston, Pokiston) yoki Mudofaa doktorinasi (O‘zbekiston, Yaponiya) deb nomlanadi. Shu bilan birga mintaqada yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar (Hindiston, Pokiston, Xitoy)da yadroviy doktorinalar ham mavjud. Avvalo yuqoridagilarni milliy xavfsizlik konseptsiyasidan farqli jihati u asosan harbiy sohani aniqrog‘i mudofaa sohasini qamrab oladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa doktorinasida u harbiy sohada O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta’minlashga doir prinsiplar va yondashuvlarni belgilashi, O‘zbekiston Respublikasi Doktrinaning mudofaa xususiyatiga egaligini tasdiqlashi qayd etilgan. Shu bilan birga doktorinada davlatning potensial raqibi yoki uni mudofaasiga tahdid solayotgan kuch ham qayd etiladi. Masalan Hindistonning harbiy doktorinasi da Pokiston potensial raqib sifatida 1947 yildan buyon qayd etiladi. 1962 yil Hindiston Xitoy urushidan keyin u ham potensial raqib sifatida kiritilgan . Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hech bir davlatni o‘zining dushmani deb hisoblamasligi va barcha mamlakatlar bilan munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi asosida hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda, o‘zaro naf ko‘rish, teng huquqlilik hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, barcha nizoli masalalarni tinch vositalar va muzokaralar yo‘li bilan hal qilish, davlatlararo shakllangan chegaralarning 55 buzilmasligi va o‘zgarmasligini tan olish asosida qurishi qayd etilgan . Yuqorida qayd etilganidek xavfsizlik konseptsiyasi va doktorina milliy manfaatlar bilan ham bog‘liq shundan kelib chiqib milliy manfaatlar haqida ham to‘xtalsak. Milliy manfaatlar davlat va jamiyatda mavjud sohalarga ko‘ra, iqtisod, ichki siyosat, xalqaro siyosat va mudofaa, ma’naviy va madaniy kabi turlarga bo‘linadi va ularda davlat-jamiyat-shaxs manfaatlari integratsiyalashadi. Iqtisodiy manfaatlar negizida davlat-jamiyat-shaxs mavjudligining iqtisodiy asoslarini tashkil etuvchi kuchli ishlab chiqarish yotadi. Kuchli ishlab chiqarishgina iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlay oladi. Unga erishish nafaqat iqtisodiy, balki boshqa turdagi xavfsizlikka erishishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki siyosat manfaatlari undan ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, ma’rifiy dunyoda huquqiy davlat, demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etish, millatlararo va diniy totuvlikka erishish, davlat hokimiyati va institutlarining barqaror ishlashini ta’minlash, unga zarar yetkazuvchi yoki amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf qilishdan iborat. Bundan pirovard maqsad sifatida jinsi, irqi, millati, tili, dini va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar har bir fuqaro huquqlari himoyasi, jinoyatchilik va huqubuzarlikning har qanday ko‘rinishlarini qonun yo‘li bilan qat’iy ta’qib qilish, ularga nisabatan jazo muqarrarligi prinsipining qo‘llanilishini qo‘yish kerak. Tashqi siyosat manfaatlari davlatning xalqaro munosabatlari va xalqaro siyosiy maydondagi faoliyati asosida aniqlanadi. Ko‘p qutbli dunyo sharoitida davlatning tashqi siyosat manfaatlari faol tashqi siyosiy pozitsiyani shakllantirish va saqlab turishdan iborat 56 bo‘lib, uning tarkibiy elementlarini qo‘shni, ittifoqchi va hamkor davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash, yirik, iqtisodiy, siyosiy va harbiy sohada yetakchi davlatlar bilan, mavjud va shakllanib kelayotgan “markaz” lar bilan munosabatlarni barqaror saqlab turish, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi omillarni bartaraf etishda halqaro hamjamiyat bilan faol hamkorlik qilish, xalqaro tashkilotlar faoliyatida teng huquqli va manfaatli tarzda samaralari ishtirok etishdan iborat. Bugungi kunda davlatning tashqi siyosatdagi eng muhim ustuvor yo‘nalishi, chegaralar daxlsizligi, hududiy yaxlitlik va konstitutsiyaviy tuzumini tashqi tahdidlardan saqlash, ichki siyosatini tashqi kuchlar aralashuvidan himoya qilish bo‘lib qolmoqda. Davlatning xalqaro maydondagi nufuzi uning tashqi siyosiy kursi va pozitsiyasi orqali belginadi va u erishgan status xalqaro munosabatlarning iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnik, moliya-kredit va shu kabi boshqa sohalarda ishtiroki uchun qulay zamin yaratadi. Yirik va yetakchi davlatlarning tashqi siyosiy manfaatlarida boshqa davlatlardan farqlangan holda global miqyosda o‘z o‘rni va ta’sir doirasini mustahkam saqlab turish, kengaytirish, resurslar va savdo manbalariga erkin kirib borish, xalqaro siyosatda o‘z hoxish irodasini imkon qadar cheklanmagan tarzda ifoda etish maqsadlari ham ko‘zga tashlanadi. Davlatning mudofaa sohasidagi milliy manfaatlari fuqaro, jamiyat va davlat hayotini boshqa davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan harbiy xarakterdagi tahdidlardan himoya qilishdan iborat bo‘lib, mudofaa sohasidagi xavfsizlik davlatga nisbatan harbiy agressiya, zo‘ravonlik va bosimning oldini olish, tiyib turish va qaytarish uchun iqtisodiy va demografik imkoniyalarga va ayni paytda tahdid ko‘lami va darajasiga mos mudofaa qudratini saqlab turish va rivojlantirish orqali 57 ta’minlanadi. Mudofaa sohasidagi milliy xavfsizlik asosida harbiy qurilish yotadi va u jamiyatning barcha sohasini qamrab oladi. Harbiy qurilish rejasi ishlab chiqilganda, xalqaro maydondagi kuchlar nisbatining o‘zgarishi, harbiy-siyosiy vaziyat, davlatning mavjud harbiy salohiyatining milliy manfaatlarga nisbatan harbiy tahdidlarga qarshi tura olishga qodir bo‘lishi hisobga olinishi shart. Zamonaviy axborotlashuv sharoitlarida davlatning informatsion sohadagi milliy manfaatlari boshqa turdagi manfaatlar ichida alohida ustuvorlik kasb etadi. Mazkur manfaatlar himoyasi uchun davlat va jamiyat imkoniyatlarini fuqarolarning axborot olish va almashish sohasidagi huquq va erkinliklarini kafolatlash bilan birga ularni xolis va haqqoniy axborotlar bilan ta’minlash, tarqatilayotgan axborot mazmunida davlat, jamiyat va shaxs hayotiga zarar yetkazuvchi, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqaruvchi, buzg‘unchi g‘oyalar targ‘iboti ko‘zlangan elementlar bo‘lishining oldini olish, axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalanishning samarali me’yoriy – huquqiy asoslarini yaratish va ularning maqsadga muvofiq ishlashini ta’minlash, axborot tarqatish jarayonlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarhib va himoya qilish, ularga jamiyat madaniy va axloqiy yutuqlarini singdirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yaratish kabi qator chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Axborot tarmoqlari va manbalaridan zamonaviy talablar asosida foydalanish davlat va jamiyatni xalqaro sivilizatsiyaning tarkibiy qismi va ishtirokchisiga aylantiradi. Lekin axborotdan omma ongini manipulyatsiya qilish vositasi sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmacligi shart. Davlatning informatsion resurslari, sir saqlanadigan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va harbiy 58 informatsiyalari tegishli organlari tomonidan mustahkam himoyalanishi lozim. Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib aytganda, davlat o‘z milliy manfaatlarini belgilashda ularning uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lishi hamda u bosib o‘tayotgan tarixiy yo‘l va jarayonlarda asosiy va pirovard maqsadlari ekanligini qat’iy hisobga olishi lozim. Ayni paytda davlat tomonidan milliy manfaatlar asosida tashqi va ichki siyosatda belgilangan strategik va joriy vazifalari amalga oshirish uchun kuchli va samarali boshqaruv yo‘lga qo‘yilishi kerak. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy manfaatlarni amalga oshirish uchun davlat to‘la suveren bo‘lishi shart. Tashqi kuchlar ta’siri va aralashuvi milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiladi. Oqibatda davlat taqdirining chetdan belgilanishi uning inqiroziga olib keladi. Milliy xavfsizlik milliy manfaatlar himoyasidan iborat ekan, uni ta’minlash o‘ziga xos tizimli faoliyatni talab etadi. Mazkur tizimda barcha elementlar davlat hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari institutlari, birlashmalari, alohida olingan fuqarolar o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarzda foaliyat yuritishlari lozim. Ular o‘rtasida vakolat va vazifalarni umumiy maqsad va ular egalik qiladigan vositalar, resurslar va imkoniyatlarga mos taqsimlanishi tizimning samarali va uzoq muddat barqaror ishlashini ta’minlaydi. Tizimning tahdidlarni oldindan ko‘ra bilish, ular yuzaga kelganda, bartaraf qilish va oqibatlarini tugatish uchun tezkor choralar ko‘rish salohiyati ham shu orqali kafolatlanadi. Bundan tashqari u global va mintaqaviy miqyoslardagi xavfsizlik tizimlari va boshqa davlatlar xavfsizlik tizimi bilan mos kelishi kerak. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling