Ochil sirojov, oybеk sirojov
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchalar va tayanch iboralar
Internet manbalari:
www.anu.edu.au Gov.uz/uz/pages/ territory http//gufo.me.content_pol/sotrudnichestvo-1523. http//www.prognosis/ru/news. 13.11.2006. http: www. Analitika/org/ artirle/php http: www. Gazeta.uz www.faz.com www.the-times.co.uk http://press-service.uz 66 4-MAVZU: DAVLATNING XAVFSIZLIK SIYOSATI VA UNI AMALGA OSHIRISH MUAMMOLARI Dars maqsadi: Talabalarda davlatning siyosiy xavfsizligining shakllanishi haqida bilim berish; ularning davlatning siyosiy xavfsizligini ta’minlash muammosi haqida tasavvur hosil qilishlarida ko‘maklashish; talabalarga davlatning siyosiy xavfsizligini ta’minlash zaruriyatini va uni boshqa jabhalari bilan bog‘liqligini tushuntirish. Tushunchalar va tayanch iboralar: Davlat, siyosiy xavfsizlik, tashqi siyosat, davlat siyosati, milliy manfaat, muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, ko‘p tomonlama hamkorlik, xavfsizlik konseptsiyasi, siyosiy leberalizm, milliy davlatchilik, davlat hokimiyati. Xavfsizlik siyosati - davlatning mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borishi, xalqaro maydonda xalqaro xuquqning mustaqil sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatishi, asosiy qonunda ko‘rsatilgan tartibda hokimiyat bo‘linish tamoyillarini amalga oshirilishi va shaxsning, ijtimoiy guruxlarning davlat ichkarisida va xalqaro maydonda o‘z siyosiy erkinliklaridan foyda-lanish uchun shart- sharoitlarini ta’minlanganligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu ko‘proq davlat darajasida molik hisoblanadi. Davlat darajasida – uning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, konstitutsion tuzumi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, atrof-muhit, tabiiy va qazilma boyliklari, siyosiy, iqtisodiy, intellektual va harbiy salohiyati bilan bog‘liq siyosat yuritish hisoblanadi. 67 Demak, xavfsizlik siyosati tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: “Xavfsizlik siyosati davlatning milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun yagona kopsepsiya asosida milliy xavfsizlik tizimining barqaror va samarali faoliyatini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir”. Xavfsizlik tushunchasining kengayishi mudofaa siyosatini ilmiy –tadqiqotlar doirasida xavfsizlik siyosatiga nisbatan tor tushunchaga aylantiradi. Ilmiy tildagi “maqsad va vosita” munosabatlari asosida yondashilganda, xavfsizlik siyosati maqsadni, mudofaa siyosati esa vositani ifodalaydi. Xavfsizlik siyosati pirovardida barcha turdagi tahdidlarga eng samarali qarshilik ko‘rsatish salohiyatini yaratishi lozim bo‘lsa, harbiy salohiyat samaradorligiga mudofaa siyosati orqali erishiladi. Undan tashqari xavfsizlik siyosatida davlatning siyosiy havfsizligi markaziy o‘rinni egalaydi. Davlatning harbiy qudrati uning mavjudligini ta’minlovchi tarkibiy qismlaridan biridir. Qurolli kuchlar esa ham azaldan ichki va tashqi siyosatda bajaradigan ko‘plab vazifalari orqali davlatning muhim atributi va instituti vazifasini barajib kelgan. Davlat va huquq bir-biri bilan qanchalik uzviy bog‘liq bo‘lsa, qurolli kuchlar ham davlat bilan shu daraja bog‘liqdir. Davlat qurolli kuchlarsiz, qurolli kuchlar davlatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Bir qarashda qurolli kuchlarni siyosatdan xoli qilish mumkindek ko‘rinsa-da, aslida uning mavjud bo‘lishi va faoliyat ko‘rsatishi ham ma’lum siyosat natijasidir. Pruss generali va nazariyotchisi fon Klauzevis “Askar tanlab olinadi, kiyintiriladi, o‘qitiladi, qurollantiriladi, u uxlaydi, yeydi, ichadi va qadam tashlaydi. Bularning hammasidan ma’lum vaqt va joyda urushish uchun” deb yozgan edi. Zamonamizga kelib, bu fikr o‘z talqinini quyidagi shaklda topadi:”Qurolli 68 kuchlarning maqsadi urush olib borish. Urushlarning mudofaa yoki bosqinchilik maqsadlarida bo‘lishiga ular mas’lu emas. Sof formadagi ijrochi organ sifatida siyosat unga nisbatan ustuvorlik kasb etadi. Siyosat unga nimani topshirsa, u shunga mos harakat qiladi. Siyosat va armiya o‘rtasidagi munosabat maqsad – vosita munosabatiga o‘xshaydi. Siyosat maqsad qo‘yadi va unga yetish uchun vosita, shu jumladan harbiy potensialni ishga soladi1. Sivilizatsion va demokratik dunyo qurolli kuchlar faqat mudofaa maqsadlari saqlanishi prinsipiga amal qilishning qat’iy talabga aylanganligi bilan xarakterlanadi. Birdaniga ikki jahon urushini boshidan kechirgan dunyo davlatlari va xalqlari bu prinsipdan jahonda tinchlik va barqarorlik ta’minlanishini umid qildi. Nizolarni tinch yo‘l bilan xal qilish, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik davlatlar tashqi siyosatining turli xalqaro institutlar tomonidan talab qilinadigan va nazorat ostiga olingan prinsiplariga aylandi. Lekin shunga qaramasdan XX asrning ikkinchi yarmida dunyo ikki qarama-qarshi qutblar o‘rtasidagi kurash va yuz berishi mumkin bo‘lgan quchli harbiy to‘qnashuv xavfi bilan yashadi. Bugungi kunda esa, realizm nuqtai nazaridan yondoshganda, xalqaro strukturada kuzatilayotgan anarxiya sharoitida qarama – qarshi “bloklar” tomonidan ta’minlab kelingan “kuchlar balansi” ta’siridan xalos bo‘lgan rivojlangan davlatlar uchun dunyo siyosiy maydonida o‘z o‘rni va mavqeini qayta belgilashga intilish universal xususiyatga aylandi. Bu intilishlar zamirida ma’lum vaqt “jilovlab” kelingan maqsad va manfaatlarni ro‘yobga chiqarish istagining mavjudligi esa yangi xalqaro tizimni shakllantirish jarayonlarining o‘ta murakkab va ziddiyatlarga to‘la kechayotganligining asl sababini ko‘rsatib beradi. Bunday sharoitda turli manfaatlarni ifoda 69 etish va amalga oshirishning usul va vositalari qatoriga davlatning harbiy qudratini ham kiritish mumkin. Milliy xavfsizlikni ta’minlash bugungi kunda sof harbiy usul va vositalar va yechimlar bilan cheklanmaydi. Lekin siyosiy leksikonga kirib kelgan inqirozlar menejmenti, mojarolarning oldini olish, tinchlik o‘rnatish, tinchlikka majbur qilish, tinchlikni saqlash kabi tushunchalar – muammolar u yoki bu tarzda qurolli kuchlar aralashuvini talab qiladi. Keyingi davrda urush va siyosat munosabatlari yangicha yondoshuvlarni talab qilmoqda. Klauzavitsning “urush siyosatning boshqa usulda davom ettirish vositasi” degan g‘oyalari atom qurolining kashf etilishi va dunyoda kuchlar nisbatini ta’minlab turuvchi asosiy ikki qarama-qarshi qutbning mavjudligi bilan go‘yoki o‘z ahamiyatini yo‘qotgan edi. Lekin urushning davlatlar ixtiyoridan chiqib ketayotganligi, urushning noan’anaviy egalari paydo bo‘layotganligi, harbiy qudratning xususiylashtirilishi, assimetrik urushlar xavfi urush va siyosat munosatlarining o‘zgarib borayotganligidan dalolat beradi. Xalqaro munosabatlarda qurolli kuchlarga tayanish, undan siyosiy maqsadlar vositasi sifatida foydalanish tendensiyasi ham zimdan rivojlanib bormoqda. Xavfsizlik siyosatining dastlabki vazifasi milliy xavfsizlik tizimining barqaror va samarali faoliyatini ta’minlashdan iborat. Xavfsizlik siyosatining huquqiy asoslarini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari, prinsiplari, xalqaro akt va konvensiyalar talablari, davlat qo‘shilgan xalqaro shartnoma va kelishuvlardagi o‘z zimmasiga olgan majburiyalari, davlat konstitutsiyasi, qonunlari va qonunosti aktlari (agar davlat fedarativ shaklda bo‘lsa, 70 federativ birliklar konstitutsiyalari, qonunlari va qonunosti aktlari) tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirganda xavfsizlik siyosatining quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: Birinchidan, davlatning mazkur sohadagi asosiy faoliyat yo‘nalishlarini aniqlash; Ikkinchidan, xavfsizlikni ta’minlashdagi ishtiroki borasida davlatning barcha organlari va mansabdor shaxslari, shuningdek tashkilotlar va fuqarolarning vakolat va vazifalarini qonuniy asoslarda aniq belgilab berish; Uchinchidan, xavfsizlikni ta’minlash borasida shaxs, jamiyat va davlat majburiyatlari va manfaatlarining o‘zaro balansga keltirish; To‘rtinchidan, milliy xavfsizlikka nisbatan tahdidlarni aniqlash va prognozlash; Beshinchidan, milliy manfaatlar himoyasiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning real va potensial tahdilarga mos kelishi; Oltinchidan, milliy xavfsizlikka solinayotgan tahdidlarning oldini olish va neytrallashtirish, shu bilan birga ularni keltirib chiqaruvchi omillar va shart- sharoitlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan tezkor, qisqa va uzoq muddatli chora-tadbirlar tizimiga ega bo‘lish; Yettinchidan, milliy xavfsizlikni ta’minlashning usul va vositalarini milliy manfaatlarga nisbatan ichki, tashqi va global miqyosdagi bevosita tahdidlar, kutilmagan va favqulodda vaziyatlar tug‘ilgan paytda tezkor ishga solish imkoniyatining mavjudligi; Sakkizinchidan, o‘z tasarrufidagi iqtisodiy, siyosiy, harbiy, huquqiy va boshqa turdagi usul va vositalarni bir yoqlama yoki xalqaro kelishuvlar va bitimlar asosida amalga oshirish; 71 To‘qqizinchidan, milliy manfaatlar himoyasi uchun milliy xavfsizlikka nisbatan noqonuniy xatti – harakatlarni oldini olish va boshqa huquqiy-cheklov tadbirlarini amalga oshirish; O‘ninchidan, milliy manfaatlarga tahdid davrida ularning oqibatlarini hududiy cheklash va qayta tiklash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini amalga oshira olish; O‘n birinchidan, o‘z milliy manfaatlarini boshqa davlat xavfsizligiga tahdid solish orqali amalga oshirmaslik (Xelsinki Deklaratsiyasi talablaridan biri). Zamonaviy xalqaro huquq tizimi, xususan, xalqaro xavfsizlik huquqi davlatlarga boshqa davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va konstitutsion tuzimiga qarshi harbiy harakatlar (urush) olib borishni ta’qiqlasa- da, lekin mudofaa maqsadida, oxirgi chora sifatida o‘z harbiy salohiyati va qurolli kuchlaridan foydalanishga ruxsat berish orqali urush va uning ahamiyatini butunlay inkor eta olmaydi.3 “Mudofaa siyosati – davlatning harbiy ko‘rinishdagi tahdidlardan himoyalanish maqsadida olib boradigan ichki va tashqi faoliyatini ifodalaydi. Tushunchalarning Yevropa Ittifoqiga xos tarzda “tashqi va xavfsizlik siyosati” yoki “xavfsizlik va mudofaa siyosati” shakllarida birlashuvi ular talqinini yanada murakkablashtiradi. Bizning tadqiqotimizda ular ichki emas, balki tashqi siyosat kontekstida ko‘rib chiqiladi. Bu o‘z navbatida tushunchalarni tashqi siyosat, integratsiya va hamkorlik tushunchalari bilan bog‘lab o‘rganishni talab etadi. Tashqi siyosat tushunchasi ta’rifi, unchalik murakkab emas. Ya’ni u “davlatning boshqa davlatlar, hamjamiyatlar, ittifoqlar, xalqaro tashkilotlarga nisbatan munosabatlarini tartibga solish maqsadidagi barcha institutlari, qaror qabul qilish jarayonlari va 72 mazmuni umumlashmasi” ni bildiradi. Tashqi siyosat xavfsizlik va mudofaa siyosatini ham o‘z ichiga oladi. Bunda quyidagi talqin maqsadga muvofiqdir: Davlatning xavfsizlik va mudofaa siyosati maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan tashqi faoliyati tashqi siyosat emas, aksincha xavfsizlik va mudofaa siyosatidir. Agar xavfsizlik va mudofaa siyosati vositalari tashqi siyosat maqsadlarida qo‘llanilsa, bu tashqi siyosatni bildiradi. Yana bir qiziq masala xavfsizlik siyosati davlatni o‘zga bir kuchlarga nisbatan xavsizligini ta’minlashga qaratilgan siyosat ekan, bunda ko‘proq potensial xavftug‘diruvchi davlat nazarda tutiladi. Masalan Shimoliy Koreya o‘z uchun potensial xavf tug‘diruvchi kuch sifatida Janubiy Koreyani ko‘radi. Yoki teskarisi. Xuddi shunday talqinni Hindiston va Pokiston misolida qayd etish mumkin. Ana shundan kelib chiqib ittifoqlar shakllanadi. Zamonaviy siyosiy nazariyalar ichida neorealizm va neoinstitutsionalizm maktablari qarashlari davlat qanday sharoitda va nega turli ittifoqlarga qo‘shilishga moyil bo‘ladi, degan savolga javob bera oladi. Ittifoqlar (allians)lar shartnomaviy institutlashgan hamjamiyatlar bo‘lib, ular doirasida davlatlar o‘z xavfsizligini mustahkamlash uchun hamkorlik qiladi. SHHT, ASЕAN ham shunday hamjamiyatlar sirasiga kiradi. Neorealistik maktab davlat xatti-harakatlarining sabablarini aniqlashga harakat qiladi. Ularning asosiy belgisi – davlatni boshboshdoqlik hukm surayotgan strukturaga ega tizimdagi yagona nisbiy aktor deb bilishidadir. Davlatlar xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, sanksiya mexanizmlariga ega va shu orqali ularning mavjudligini kafolatlovchi biror-bir yuqori organ mavjud 73 emas. Davlatlar o‘z-o‘ziga yordam tizimda yashaydi, ya’ni xavfsizlik va kuchga yo‘naltirilgan siyosati orqali o‘z mavjudligi, suvereniteti va jug‘rofiy yaxlitligini ta’minlaydi. Davlatlar o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun harbiy salohiyatini kuchaytirishi lozim. Ular o‘rtasidagi raqobat kurashi hech vaqosiz o‘yindir. Bir davlat g‘alabasi boshqa davlat hisobiga bo‘ladi. Bir davlat boshqasi uchun to‘liq ishonchli bo‘lolmaydi, oqibatda qurollanish poygasi ham kelib chiqishi mumkin. Hozirgi globallashgan dunyoda kichik va o‘rta davlatlar hech qachon yakka tartibda xavfsizlik siyosati orqali xavfsizligini ta’minlay olmaydi va boshqa davlatlar bilan ittifoqlar tuzishga yoki ularga kirishga majbur bo‘ladi. Ma’lum ittifoq doirasidagi hamkorlik va integratsiya siyosati orqali davlatlar boshqalar salohiyatini o‘z hokimiyati va xavfsizligi uchun foydali bo‘lishiga erishadi. O‘z navbatida dushman davlatning bu salohiyatdan o‘ziga qarshi foydalanishining oldi olinadi. Hamkorlik va integratsiya qanchalik uzoq va barqaror davom etsa, xavfsizlik va hokimiyat ham shunchalik saqlanib turadi. Ittifoq ichida biror davlatning kuchayishi, sarf va daromad chegaralaridan o‘tishi hamkorlik va integratsiya siyosatining buzilishiga olib keladi. Ittifoq doirasida kuchaygan davlat ittifoqdan tashqarida ham kuchli bo‘lishi lozim. Neorealizm tarafdorlari yana bir holatni istisno etmaydilar-ki, bu gegemon davlat atrofidagi hamkorlikdir. Gegemon davlat boshqa davlatlarni majburlash yoki qiziqtirish orqali o‘z atrofida birlashtirib turadi va bunda o‘zining mutlaq manfaatlarini ko‘zlaydi. Kuchli harbiy qudratga ega bo‘lgan gegemon davlat ittifoqchilar uchun himoyachi vazifasini bajaradi va zaruriy harajatlarning asosiy qismini o‘z zimmasiga oladi. U ittifoq va hamkorlikni o‘z manfaatlari yo‘lida saqlab 74 turadi va undan ko‘radigan foydasi zarardan ortib ketishi bilan to‘xtatadi. Neoinstitutsionalizm maktabi vakillari struktural realizmning asosiy qaydlari, ya’ni davlatlarning anarxik o‘z-o‘ziga yordam tizimida maqsadlari va manfaatlariga mos harakat qilishlarini ma’qullaydilar. Lekin xavfsizlik siyosati borasida boshqacha xulosaga keladilar. Ular o‘zaro bog‘liqlik holatini kuchayib borishi va globallashuv sharoitida biror bir davlatning o‘zini-o‘zi mustaqil himoya qilolmasligini ta’kidlaydilar. Neorelistlardan farqli o‘laroq neoinstitutsionalistlar hamkor davlatlarning gegemon davlatsiz ham o‘z mavqelarini davomli saqlab turishi mumkinligini isbotlashga harakat qiladi. Buning yechimi sifatida hamorlik va integratsiya siyosatini olib borish hisoblanadi. sababi: - kuchlar birlashtiriladi va o‘zaro-bog‘liqliq holatidagi xavfsizlikka tahdidlarni birgalikda yengish imkoniyati yaratiladi; - xavfsizlik dilemmasi ittifoqchilar o‘rtasida ta’sirchan qisqaradi. Davomli hamkorlik davlatlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi va transparantlikni yaxshilaydi. Hamkorlardan manfaatdorlikni avvaldan bilish imkoniyati paydo bo‘ladi, dushmanlik kayfiyati ertaroq ma’lum bo‘ladi. - boshqa davlatlarga davomli ta’sir o‘tkazish mumkin bo‘ladi. - mazkur siyosat bilan ular xalqaro tuzilmalarga tartibga soluvchi ta’sir o‘tkazishlari mumkin. Neoinstitutsionalistlar biror davlatning ma’lum ittifoq ichida hamkorlik va integratsiya siyosati olib borishini majburiy hisoblamaydi, lekin davlatlarning ittifoqlarga kirish ehtimoli ko‘proq manfaatlarning o‘xshashligi va o‘zaro foyda keltirishida deb biladi. 75 Xavfsizlik siyosatining muhim vazifalaridan biri bu barqarorlikni ta’minlash hisoblanadi. Barqarorlik ham xavfsizlik kabi suveren davlat taraqqiyotining ajralmas shartidir. Davlat hayoti uchun barqaror qulay tashqi va ichki muhitni ta’minlash xavfsizlikni takomillashtirishdan ajralmasdir. Shu bilan birga, davlat, ma’lum sharoitlarda, hatto tinch, evolyutsion rivojlanish jarayonida emas, balki notinch o‘zgarishlar (beqarorlik) davrida ham o‘zini xavfsiz his qilishi mumkin. Boshqa tomondan, qarama- qarshilik holati, harbiy qarama-qarshilik ham barqaror va barqaror bo‘lishi mumkin. Nisbatan barqaror, masalan, totalitar yoki qattiq avtoritar siyosiy rejim bo‘lishi mumkin. Barqarorlikning uchta darajasi mavjud. Birinchi daraja - davlatning harbiy-siyosiy rahbariyatining barqarorligi (uning mavjudligining nisbiy davomiyligi, asosiy tarkibning o‘zgarmasligi). Ikkinchi daraja - siyosiy rejimning barqarorligi (hozirda mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimning saqlanishi, siyosiy o‘zgarishlarning evolyutsion xarakteri, siyosiy zo‘ravonlikning yo‘qligi). Uchinchi daraja - jamiyatning, xalqning barqarorligi (davlatning hududiy yaxlitligini saqlash, fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va farovonligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilash va demografik muvozanatni saqlash). Milliy xavfsizlik holati davlat tomonidan “sub’ektiv anglash, tarixiy tajriba, o‘z – o‘zini anglash va borliqqa bo‘lgan munosabati”1 asosida belgilanadi. Unda milliy manfaatlar va maqsadlar o‘z ifodasini topadi. Milliy manfaatlar va maqsadlarni aniq belgilash har bir davlat uchun murakkab muammo bo‘lib, ayni ular orqali alohida shaxs, shuningdek jamiyat va davlatning himoyalanganlik va xavfsizlik darajasi belgilanadi. Milliy manfaatlar va 76 maqsadlar davlatning xavfsizlik siyosati va strategiyasi asosini tashkil etadi. Davlatning xalqaro maydondagi nufuzi uning tashqi siyosiy kursi va pozitsiyasi orqali belginadi va u erishgan status xalqaro munosabatlarning iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnik, moliya-kredit va shu kabi boshqa sohalarda ishtiroki uchun qulay zamin yaratadi. Yirik va yetakchi davlatlarning tashqi siyosiy manfaatlarida boshqa davlatlardan farqlangan holda global miqyosda o‘z o‘rni va ta’sir doirasini mustahkam saqlab turish, kengaytirish, resurslar va savdo manbalariga erkin kirib borish, xalqaro siyosatda o‘z hoxish irodasini imkon qadar cheklanmagan tarzda ifoda etish maqsadlari ham ko‘zga tashlanadi. Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib aytganda, davlat o‘z milliy manfaatlarini belgilashda ularning uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lishi hamda u bosib o‘tayotgan tarixiy yo‘l va jarayonlarda asosiy va pirovard maqsadlari ekanligini qat’iy hisobga olishi lozim. Ayni paytda davlat tomonidan milliy manfaatlar asosida tashqi va ichki siyosatda belgilangan strategik va joriy vazifalari amalga oshirish uchun kuchli va samarali boshqaruv yo‘lga qo‘yilishi kerak. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy manfaatlarni amalga oshirish uchun davlat to‘la suveren bo‘lishi shart. Tashqi kuchlar ta’siri va aralashuvi milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiladi. Oqibatda davlat taqdirining chetdan belgilanishi uning inqiroziga olib keladi. Xullas xavfsizlik siyosati xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq siyosat bo‘lib, unda milliy manfaatlar, davlatning xalqaro maydondagi nufuzi va imkoniyatlari, barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shularni uyg‘unlikdagi himoyasini ta’minlash murakkab jarayon bo‘lib, shu bilan birga xavfsizlik siyosatining asosiy mezoni hisoblanadi. Ya’ni ularni ta’minlanganligi 77 xavfsizlik siyosatining to‘g‘riligi yoki samaradorligini ko‘rsatsa aksi esa bu borada mavjud muammolar mavjudligini ko‘rsatadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling