Ochil sirojov, oybеk sirojov
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library
- Bu sahifa navigatsiya:
- GLOSSARIY Agressiya
- Adolatli va oqilona foydalanish
- Akkreditlash
- Aralashmaslik
Internet manbalari:
www.anu.edu.au Gov.uz/uz/pages/ territory 134 http. || www. Attbank.kz|print.php. http. kun.uz 2015 йил12 январь. http//gufo.me.content_pol/sotrudnichestvo-1523. http//www.prognosis/ru/news. 13.11.2006. http: www. Analitika/org/ artirle/php http: www. Gazeta.uz www.faz.com www.the-times.co.uk http://press-service.uz www.ziyonet.uz . 135 GLOSSARIY Agressiya (lot. agressio – hujum qilish, tajovuz) – 1) biror hududni egallash, davlat mustaqilligini tugatish, siyosiy tizimni o‘zgartirish maqsadida olib borilgan noqonuniy qurolli hujum, xalqaro huquqlarga zid ravishda bir davlat (davlatlar) boshqa davlat (davlatlar)ga kuch ishlatishi. 2) kishilarning jamiyatda bahamjihat yashash me’yorlari va qoidalariga zid bo‘lgan maqsadli destruktiv hatti-harakat, hujum qiluvchi (jonli va jonsiz) ob’ektlarga zarar yetkazuvchi, odamlarga jismoniy zarar keltiruvchi yoki ularda salbiy holatlarni uyg‘otuvchi taranglik, qo‘rquv, ezilganlik yoki xo‘rlanganlik holati va boshqalar. Adolatli va oqilona foydalanish – xalqaro suv huquqida qo‘llanadigan mazmuni 1966 yilgi Xelsinki qoidalarining 4- moddasida berilgan bo‘lib, u havzaviy davlat xalqaro suv to‘plash havzasi suvlarini foydali ishlatishda oqilona va adolatli ishtirok etish huquqiga egaligini ko‘zda tutadi. Ya’ni havzaviy davlat havza suvining teng qismiga egalik qilishga emas, balki bu suvlarni foydali ishlatish huquqiga ega ekanligi tan olinadi. Shunday qilib, adolatli foydalanish qoidasi oddiy xalqaro huquq me’yori sifatida olib qaraladi. Aktor – xalqaro munosabatlar sub’ekti bo‘lib, u xalqaro munosabatlar ishtirokchilaridan farqli ravishda, asosiy sub’ekt sifatida o‘zi ishtirok etayotgan munosabatlarga ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega bo‘ladi. Akkreditlash – inglizcha accreditation – “vakolat bermoq” so‘zidan olingan bo‘lib, xalqaro huquqda davlatning diplomatik vakolatxona boshlig‘i yoki biror xalqaro tashkilotda doimiy vakil lavozimiga tayinlanishi va lavozimni bajarishga kirishishi bilan bog‘liq hatti- harakatlar majmui. Analiz (tahlil) – yunoncha analysis – “bo‘linish” so‘zidan olingan bo‘lib, 1)biror narsaning alohida jihatlari, xususiyatlari va ajralmas qismlarini ko‘rib 136 chiqish orqali amalga oshiriladigan tadqiqot hamda olamni bilish jarayonida qo‘llanadigan usul. Fikran yoki amalda narsa-hodisalarni tarkibiy bo‘laklarga bo‘lish usuli; 2)har tomonlama ko‘rib chiqish, tahlil etish. Anklav – muayyan bir davlat hududining boshqa bir yoki bir necha davlatning quruqlik hududi bilan butunlay qurshab olingan qismi bo‘lib, u o‘zi tegishli davlat hududining ajralmas qismi hisoblanadi. Aralashmaslik – xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan bo‘lib, davlat yoki xalqaro tashkilotning biror davlatning ichki ishlariga bevosita yoki bilvosita aralashmasligini ifodalaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling