Ochil sirojov, oybеk sirojov
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning hayotiy muhim manfaatlari
- Doimiy milliy manfaatlar
- Davlat chegarasi
- Delimitatsiya
- Demarkatsiya
Globallashuv - iqtisodiyot, ijtimoiy munosabatlar
va boshqa turli sohalarda milliy davlat chegaralarining shaffoflashuv jarayoni. Davlat – muayyan hududda jamiyat va uning siyosiy tizimini tashkil etish usuli, hokimiyatning markaziy instituti, jamiyatning siyosiy tashkiloti bo‘lib, ma’lum bir hudud va unda yashovchi xalqlarni o‘z ichiga oladi. Davlatning hayotiy muhim manfaatlari– O‘zbekiston konstitutsiyaviy tizimi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qolish hamda mustahkamlash; ijtimoiy jarayonlarning boshqarilishini ta’minlash va milliy munosabatlarni uyg‘unlashtirish; barcha qonunlar so‘zsiz ijro etiladigan huquqiy, demokratik davlatning mustahkam asosini yaratish; iqtisodiy salohiyatning rivojlanishi, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash; teng xuquqli va ikki taraflama foyda keltiruvchi hamkorlik asosida xalqaro aloqalarning samarali tizimini yaxshilash hamda rivojlantirishda 138 mamlakat har qanday tashqi agressiyani to‘xtatish va qaytarish qobiliyatini ta’minlash. Doimiy milliy manfaatlar - davlatning geosiyosiy joylashish o‘rni, an’analari, madaniyati, xalq ruhiyati va qadriyatlari, iqtisodiy tuzumi asosida davlatning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadigan milliy manfaatlardir. Bu manfaatlar tashqi va ichki o‘zgarishlari bilan o‘zgarib borar ekan, bir vaqtning o‘zida xalqning turmush tarzini oldindan belgilagan holda doimiy manfaat bo‘lib qoladilar. Tuzum va hokimiyatlar o‘zgaradi, lekin tub milliy manfaatlar, jamiyat taraqqiyotining asosiy rolini bajarib qoladi. Davlat chegarasi – davlatning zaruriy belgilaridan biri yoki geosiyosatning muhum kategoriyalaridan biri. Davlat hududining boshqa davlat hududi bilan tutash chizig‘i. Deklaratsiya – biror mamlakatning o‘z mustaqilligi yoki siyosiy qarashlariga oid pozitsiyasini ifodalovchi hukumatlararo bayonnoma va bayonot. Diplomatiya – davlatning tashqi siyosatini belgilovchi xalqaro munosabatlarning amaliy usullari va amaliyoti. U orqali davlat o‘z tashqi siyosatini amalga oshiradi. Delimitatsiya (lot. delimitatio — o‘rnatilgan chegara) - qo‘shni davlatlarihukumatlari o‘rtasida shartnoma bo‘yicha davlat chegarasi o‘tishining umumiy yo‘nalishlarini aniqlash va xaritaga tushirishdir. Delimitatsiya hujjatlari davlat chegaralarini belgilashni keyingi bosqichiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni chegara chiziqlarini joyida o‘tkazish bosqichi. Demarkatsiya (lat. demarcatio ) – chegaralanish; chegaradosh davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma va bitimlar asosan davlat chegaralarini aniqlash va uni joylarda maxsus chegara belgilari bilan belgilash. Demorkatsiya chizig‘i- vaqtincha sulh e’lon qilingan vaqtda dushman tomonlar qo‘shinlarini ajratib turuvchi 139 yoki mag‘lub hududini okkupatsiya zonalariga ajratib turuvchi hududdir. Demorkatsiya ishlari jarayonida topografik suratga olish, joylarda aero suratga olish amalga oshiriladi. Shu asosida chegara chizig‘ini keng ko‘lamli topografik xaritasi tayyorlanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling