141
3) shaxsning biror
predmetga nisbatan qiziqarli, qadrli
narsa sifatidagi munosabati.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash – milliy xavfsizlikka
oid qarorlarni tayyorlash, qabul qilish, ular asosida milliy
xavfsizlikka real va potensial tahdidning vujudga
kelishidan ogohlantirish, uning oldini olish, payini qirqish
va unga qarshi ta’sir ko‘rsatish
maqsadida kompleks
adekvat chora-tadbirlar tayyorlash, amalga oshirishga
yo‘naltirilgan vaziyatning holati
hamda taraqqiyotining
tizimli tahlili, bahosi va istiqboli.
Memorandum – lotincha memorandum – “esda
tutmoq”. Biror davlatning diplomatik yo‘l bilan hal qilishi
lozim bo‘lgan masala yuzasidan o‘z nuqtai-nazarini bayon
qilib yozgan nomasi. Odatda, notaga ilova qilinadi yoki
boshqa mamlakat vakiliga shaxsan topshiriladi.
Militarizm – davlatning harbiy qudratini oshirish va
faollashtirish siyosati.
Qurollanish poygasi, harbiy
budjetni ko‘paytirish, tajovuzkor harbiy-siyosiy bloklar
tuzish, harbiy ishlab
chiqarish majmuining davlat
iqtisodiyoti va siyosatiga ta’sirini kuchaytirish kabilar
militarizatsiyaning asosiy omillaridir. 90
Mintaqa (region) – 1) tabiiy, ijtimoiy-siyosiy,
milliy-madaniy va sharoitlar
umumiyligiga egalik
qiluvchi davlat hududiniga bir qismi; 2) o‘zining alohida
siyosiy-jug‘rofiy tumaniga ega va bu tumanning
boshqalardan farqlovchi jihatlari bo‘lib, bir-biriga yaqin
joylashgan mamlakatlar guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: