Ochil sirojov, oybеk sirojov


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

Strategik 
barqarorlik 
(harbiy-strategik 
yoki 
yadroviy) – davlatlar va davlatlar ittifoqi o‘rtasida 
munosabatlarning davomli holati, bunda har qaysi tomon 
strategik yoki strategik yadro kuchlarni birinchi bo‘lib 
qo‘llashga jur’at eta olmasligi va noqulay sharoitdan 
qutulish 
uchun 
strategik 
qurollanishning 
yangi 
dasturlarini yaratish va amalga oshirishga zarurat 
yo‘g‘ligini ko‘radi.
Strategik mavhumlik – 1) u yoki bu mintaqadagi 
siyosiy jarayonlarning aniq bir tavsifga ega emasligi; 2) 
strategik 
mavhumlik 
– 
sub’ektlar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarning izchillikka ega emaslik holati; 3) 
strategik mavhumlik – keng ma’noda siyosiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy, ekologik, xavfsizlik nuqtai nazaridan murakkab 
muammolar o‘ramining mavjudligidir. 
Tashqi siyosat – davlatning xalqaro munosabatlarda 
milliy 
manfaatlarni 
taminlash 
borasidagi 
davlat 
faoliyatining yo‘nalishi va sohasi, shuningdek tegishli 
maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi aniq va amaliy 
qadamlaridir. 
Tashqi siyosat konseptsiyasi – davlat tashqi 
siyosatining asosiy yo‘nalishlari va mazmuniga nisbatan 
rasmiy qarashlar majmui. 
Tahdid – bu biror ob’ekt xavfsizligiga nisbatan 
zarar yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan omil 
hisoblanadi. Tahdidlar har qanday vaziyatda salbiy 
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va ularni bartaraf etish 
uchun choralar ko‘rilishini talab qiladi.
Transchegaraviy –“trans” va “chegara” so‘zlaridan 
tashkil topgan. “Trans” so‘zi lotincha so‘zdan olingan 
bo‘lib, o‘zbek tilida “orqali”, “orasidan” degan 


144 
ma’nolarni anglatadi. Agar bu so‘z murakkab so‘zlarning 
birinchi qismi sifatida (trans...) ishtirok etsa, u holda 
“biror kenglik orqali harakat, uni kesib o‘tish” degan 
ma’nolarni bildiradi. Transchegaraviy atamasi “chegarani 
kesib o‘tuvchi” degan ma’noni anglatadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling