Ochil sirojov, oybеk sirojov


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

Mintaqaviy barqarorlik – harbiylar aralashuvisiz 
barcha munozarali masalalarni hal qilish imkoniyati va 
qarama-qarshi tomonlarning tenglik kuchlari bilan 
xarakterlanib, biror mintaqada hal qilinadigann xalqaro 
munosabatlar holati.
Nota – bir davlat hukumatining boshqa davlat 
hukumatiga 
yozma 
ravishdagi 
rasmiy 
diplomatik 
murojaati.


142 
Osiyo – Tinch okeani mintaqasi (OTM) – Tinch 
okeani akvatoriyasi qirg‘oq va orollarida joylashgan 
barcha davlatlar, uch geoiqtisodiy markazlardan biri. 1989 
yil noyabr oyida Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy 
hamkorligi tashkiloti ta’sis etildi. 
Paradigma - (yunoncha paradeigma – namuna, 
misol, isbot) – 1) anglab yetilgan haqiqat; 2) xalqaro 
munosabatlarga daxldor bo‘lgan u yoki bu darajadagi 
muammolarning ilmiy jihatdan asoslanishi va ularni 
bartaraf etishga qaratilgan haqiqatlar majmuasi.
Preventiv diplomatiya – mojaro zo‘ravonlik shakli 
rivojlanmasidan oldin amalga oshiriladigan diplomatik 
harakatlar.
Redemorkatsiya (fr. redemarkation) – davlat 
chegaralarida buzib tashlangan yoki yo‘q bo‘lib ketgan 
chegara belgilarini qayta tiklash. 
Separatizm ( lot. separatus – alohida) – ko‘p millatli 
davlatlarda milliy ozchilikni tashkil etgan millatlarning 
ajralib chiqishga va o‘zlarining mustaqil davlatlari yoki 
muxtor viloyatlarini tashkil etishga bo‘lgan intilishlari. 
Separatizmning milliy-ozodlik harakatlaridan farqi u 
odatda tor doiradagi guruhlar manfaatlarini o‘zida 
ifodalaydi.
Siyosiy jarayon – 1) turli guruhlardagi hokimiyat 
uchun kurash va o‘zlarining guruhiy va individual 
manfaatlarini 
amalga 
oshirishda 
hokimiyatdan 
foydalanish borasidagi insonlar faoliyati; 2) siyosiy 
jarayon – siyosiy tizimning shakllanishi, o‘zgarishi, 
mavjud bo‘lishini ta’minlovchi harakatlar yig‘indisi 
hisoblanadi.
Strategiya – grekcha “strategia” – strateg so‘zidan 
olingan bo‘lib, 1)“urush vaqtida saylanadigan piyoda va 
dengiz kuchlarini boshqaruvchi qo‘mondon” ma’nosini 
anglatadi; 2) strategiya – ma’lum bir vaqtni ko‘zlab davlat 
siyosatini ishlab chiqish, uni amalga oshirishning umumiy 
va asosiy talablari, vosita va uslublari majmui; 3) 


143 
strategiya – davlatning muayyan soha doirasida uzoq 
muddatli maqsad va manfaatlarini amalga oshirish va 
ularga erishishga qaratilgan istiqbolli dasturi; 4) strategiya 
– siyosiy jarayonlarni rejalashtirish va boshqarish 
darajasidir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling