137
Buyuk davlat (ulkan davlat) – iqtisodiy rivojlanishi,
harbiy resurslari, salohiyati, milliy an’analari
va turli
sohalarda boshqa mamlakatlardan yuqori turadigan
davlat.
Geosiyosiy kuch markazi –geosiyosiy
jihatdan
jahon siyosiy xaritasida keng qulayliklarga hamda u yoki
bu darajada xalqaro siyosatga ta’sir etish imkoniyatiga
ega bo‘lgan davlat yoki davlatlar birlashmasi.
Geosiyosiy markaz – davlat yoki mintaqaning kuch
sifatida shakllanganligi emas balki,
harakatdagi boshqa
kuchlar uchun makonning geostrategik ahamiyatidagi
geografik kenglikda joylashganligini nazarda tutadi.
Gidroenergiya – xalq xo‘jaligida qo‘llanishi
mumkin bo‘lgan suv hovuzlari va suv oqimlarining
muqobil
energiyasi.
G.
energiyaning
tiklanuvchi
manbaiga tegishli bo‘lib, undan foydalanish atrof-muhitni
uncha ifloslantirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: