Ochil sirojov, oybеk sirojov


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

Internet manbalari: 
 
www.anu.edu.au
 
Gov.uz/uz/pages/ territory


134 
http. || www. Attbank.kz|print.php. 
http. kun.uz 2015 йил12 январь. 
http//gufo.me.content_pol/sotrudnichestvo-1523. 
http//www.prognosis/ru/news. 13.11.2006. 
http: www. Analitika/org/ artirle/php 
http: www. Gazeta.uz 
www.faz.com 
www.the-times.co.uk 
http://press-service.uz
  
www.ziyonet.uz



135 
GLOSSARIY 
Agressiya (lot. agressio – hujum qilish, tajovuz) – 1) 
biror hududni egallash, davlat mustaqilligini tugatish, 
siyosiy tizimni o‘zgartirish maqsadida olib borilgan 
noqonuniy qurolli hujum, xalqaro huquqlarga zid ravishda 
bir davlat (davlatlar) boshqa davlat (davlatlar)ga kuch 
ishlatishi. 2) kishilarning jamiyatda bahamjihat yashash 
me’yorlari va qoidalariga zid bo‘lgan maqsadli destruktiv 
hatti-harakat, hujum qiluvchi (jonli va jonsiz) ob’ektlarga 
zarar yetkazuvchi, odamlarga jismoniy zarar keltiruvchi 
yoki ularda salbiy holatlarni uyg‘otuvchi taranglik, 
qo‘rquv, ezilganlik yoki xo‘rlanganlik holati va boshqalar. 
Adolatli va oqilona foydalanish – xalqaro suv 
huquqida qo‘llanadigan mazmuni 1966 yilgi Xelsinki 
qoidalarining 4- moddasida berilgan bo‘lib, u havzaviy 
davlat xalqaro suv to‘plash havzasi suvlarini foydali 
ishlatishda oqilona va adolatli ishtirok etish huquqiga 
egaligini ko‘zda tutadi. Ya’ni havzaviy davlat havza 
suvining teng qismiga egalik qilishga emas, balki bu 
suvlarni foydali ishlatish huquqiga ega ekanligi tan 
olinadi. Shunday qilib, adolatli foydalanish qoidasi oddiy 
xalqaro huquq me’yori sifatida olib qaraladi.
Aktor – xalqaro munosabatlar sub’ekti bo‘lib, u 
xalqaro munosabatlar ishtirokchilaridan farqli ravishda, 
asosiy sub’ekt sifatida o‘zi ishtirok etayotgan 
munosabatlarga ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega bo‘ladi. 
Akkreditlash – inglizcha accreditation – “vakolat 
bermoq” so‘zidan olingan bo‘lib, xalqaro huquqda 
davlatning diplomatik vakolatxona boshlig‘i yoki biror 
xalqaro tashkilotda doimiy vakil lavozimiga tayinlanishi 
va lavozimni bajarishga kirishishi bilan bog‘liq hatti-
harakatlar majmui.
Analiz (tahlil) – yunoncha analysis – “bo‘linish” 
so‘zidan olingan bo‘lib, 1)biror narsaning alohida 
jihatlari, xususiyatlari va ajralmas qismlarini ko‘rib 


136 
chiqish orqali amalga oshiriladigan tadqiqot hamda 
olamni bilish jarayonida qo‘llanadigan usul. Fikran yoki 
amalda narsa-hodisalarni tarkibiy bo‘laklarga bo‘lish 
usuli; 2)har tomonlama ko‘rib chiqish, tahlil etish.
Anklav – muayyan bir davlat hududining boshqa bir 
yoki bir necha davlatning quruqlik hududi bilan butunlay 
qurshab olingan qismi bo‘lib, u o‘zi tegishli davlat 
hududining ajralmas qismi hisoblanadi.
Aralashmaslik 
xalqaro huquqning asosiy 
tamoyillaridan bo‘lib, davlat yoki xalqaro tashkilotning 
biror davlatning ichki ishlariga bevosita yoki bilvosita 
aralashmasligini ifodalaydi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling