Ochil sirojov, oybеk sirojov


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

Diversifikatsiya – lotin tilida diversus – har xil va 
facere – qilmoq. 1) korxona yoki firma tomonidan 
iqtisodiy daromad olish yoki bankrotlikdan saqlanish 
maqsadida 
o‘zi 
ishlab 
chiqarayotgan 
mahsulot 
assortimentini kengaytirish yoki uning turini o‘zgartirish; 
ishlab chiqarishning yangi usullarini o‘zlashtirish. Bu 
turdagi 
diversifikatsiya 
ishlab 
chiqarishni 
diversifikatsiyalash deb ataladi. 2) zarar ko‘rish xavfining 
ehtimolini kamaytirish va yanada ko‘proq daromad olish 
maqsadida 
iqtisodiyotga 
kiritilayotgan 
yoki 
kreditlanayotgan pul mablaѓlarini turli ob’ektlar o‘rtasida 
taqsimlash. Bu turdagi diversifikatsiya kreditlarni 
diversifikatsiyalash deb ataladi. 
Invistitsiya – lotin tilida investre – o‘zlashtirmoq. 
Daromad olish maqsadida mamlakat ichkarisida va xorijiy 
davlatlarda 
turli 
tarmoq 
korxonalari, 
tadbirkorlik 
loyihalari, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
dasturlar, 
innovatsion 
loyihalar va hokazolarga xususiy yoki davlat kapitalini 
kiritish. 
Integratsiya – (lotincha integration – tiklash, 
to‘ldirish, integer – butun so‘zidan) – tizim yoki 
organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o‘zaro 
bog‘liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi 
jarayonni ifodalaydigan tushuncha. 
Kioto protokoli – 1997 yilda Kiotoda (Yaponiya) 
imzolangan bitim. Uni imzolagan tomonlar global isish va 
iqlim o‘zgarishining oldini olish maqsadida atmosferaga 
“issiqxona 
samarasi” 
ni 
kuchaytiradigan 
gazlar 
chiqarishni kamaytirish majburiyatini olgan.
Kollektiv xavfsizlik tizimi - mintaqaviy yoki 
umumbashariy darajada inson madaniyati rivojlanishi va 


140 
yashashi uchun (iqtisodiy, harbiy, ekologik va boshqalar) 
turli xavflarni to‘xtatish va muqobillashtirish yo‘lida bir 
necha davlat yoki butun dunyo hamkorligida yaratilgan 
xavfsizlik tizimi.
Kongress (lot. songressus - uchrashuv, majlis) – 1) 
Xalqaro xarakterga ega bo‘lgan s’ezd, kengash. 2) ba’zi 
mamlakatlarda 2-palatali parlamentning 
nomlanishi 
(AQSH, Paragvay va boshqalar). 3) partiya (Hindiston 
Milliy Kongressi partiyasi). 4)xalqaro tashkilotning oliy 
organi.
Konsorsium – bir yoki bir necha mamlakatlarning 
mustaqil, ishbilarmon tuzilmalarining (firma, kompaniya) 
foydali buyurtmalar olish va ularni birgalikda bajarish, 
yirik qamrovdagi ishlab chiqarish, kredit-moliya va 
marketing operatsiyalarini o‘tkazish, sanoat qurilishidagi 
yirik global loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun 
vaqtinchalik birlashuvi (kelishuvi).
Kuch ishlatmaslik – inqiroz va mojarolarni hal 
qilishda zo‘ravonlik, harbiy kuch qo‘llamaslik tamoyili, 
siyosiy-huquqiy, ma’naviy-axloqiy me’yorlar majmuasi. 
Kuch ishlatmaslik muloqot, davlatlararo ishonch, murosa, 
muzokara, kelishuv shartnomalari va bitimlar tuzishda
umumiy harakatlar dasturida ustuvor bo‘lishi zarur. 
Manfaat – 1) amalga oshirishga undaydigan dalillar 
bilan asoslangan, tan olingan ehtiyojlar; 2) ijtimoiy 
harakatlarning real sababi. Manfaatning ob’ektiv asosi 
ma’lum bir jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlardir. 
Tasniflashda manfaat umumiyligiga ko‘ra (shaxs, guruh, 
jamiyat manfaati), ob’ektning xarakteriga ko‘ra (milliy, 
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling