Ochil sirojov, oybеk sirojov


Transchegaraviy (chegaraviy) suv ob’ektlari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

Transchegaraviy (chegaraviy) suv ob’ektlari
ikki yoki undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib 
o‘tuvchi, yer usti va yer osti suv ob’ektlari.
Xavfsizlik – 1) o‘ziga nisbatan tajovuzlarga qarshi 
chiqish, 
xavf-xatar 
va 
do‘g‘-po‘pisalardan 
himoyalanganlik holati; 2) ob’ekt mavjudligining 
barqarorlik holati va unda tinchlikni ta’minlashga bo‘lgan 
harakatlar majmui; 3) xavf omilini keltirib chiqaruvchi 
har qanday harakat uchun sarf bo‘ladigan xarajatlarni 
chegaralash bilan bog‘liq bo‘lgan tushuncha. Milliy 
xavfsizlik 
davlat 
va 
millatning 
hayotiy 
muhim 
manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan strategiyadir.
Xalqaro nohukumat tashkilotlar - hukumatlararo 
bitimlar asosida tuzilmagan va faqatgina bir davlat hududi 
doirasida faoliyat yuritmaydigan tashkilotlar (shuning 
uchun ularni transmilliy deb atashadi). Shu bilan birga, 
ularning faoliyati foyda olishga qaratilmagandir . 
Xalqaro 
tashkilot 
– 
xalqaro 
miqyosdagi 
muamolarni hal etish va davlatlarning har tomonlama 
hamkorligini rivojlantirish maqsadida xalqaro shartnoma 
asosida tashkil etiluvchi hukumatlararo va nohukumat 
xarakterga ega doimiy birlashmalar.
Xalqaro shartnoma – ikki yoki bir necha davlat yoki 
xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari o‘rtasida siyosiy, 
iqtisodiy va boshqa sohalar bo‘yicha o‘zaro huquq va 
majburiyatlarni belgilab olishga qaratilgan kelishuv.
Xalqaro huquq – xalqaro munosabatlarni tartibga 
solishga yo‘naltirilgan yuridik tamoyillar va me’yorlar 
tizimi.
Xalqaro huquq sub’ekti – xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan me’yorlari va xalqaro huquqiy aktlar 


145 
qoidalari asosida vujudga keluvchi xalqaro huquq va 
majburiyatlar egasi.
Chegara 
– 
davlat 
hududining, 
davlat 
suverenitetining kenglikdagi sarhadlarini belgilovchi 
chiziq va u bo‘ylab o‘tadigan vertikal sathdir.
Ekspansiya (lot. expansio-kengaytirish, yoyish, 
tarqatish) – davlatlarning o‘z ta’sir doirasini boshqa 
mamlakatlarga yoyishga qaratilgan hamda diplomati, 
iqtisodiy va harbiy usullar bilan amalga oshiriladigan 
siyosat. Bundan ko‘zlangan maqsad yanga hududlarni 
qo‘lga kiritish, geostrategik muhim markazlarni egallash 
va hayotiy manfaatlarini qondirishdir. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling