Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116
Olmas Umarbekov
32
,
– Qorong‘i tushganda. 
– Mayli. 
Kechqurun ular devordan oshib, Dadavoy 
amakining hovlisiga tushishdi. Ayvonning bur­
chagidagi ustun qozig‘ida uzun zanjir osilib tu­
rardi. Uning yarmi qoziqqa o‘ralgan bo‘lib, yarmi 
tomda burgutning oyog‘iga bog‘langan edi. Abdul­
la zanjirni yechdi va bir­ikki siltab tortdi. Burgut 
tomning zihiga yaqinlashdi, lekin uchishni xayo­
liga ham keltirmadi. 
– Oyog‘idan bo‘shatish kerak, – dedi Gulchehra. 
– Qanday qilib? Cho‘qib olsa­chi? 
– Ustiga qop tashlaymiz. 
Ular tomga chiqishdi. Zanjir burgutning 
oyog‘iga omonatgina ilib qo‘yilgan ekan, ye chish 
qiyin bo‘lmadi. Yechib bo‘lib, zanjirni hovliga 
tashlashganda esa, kutilmagan voqea yuz berdi. 
Burgut uchmadi. Aksincha, tomdan tushishayot­
ganda ularning ketidan yurib, narvonga yaqin­
lashganda to‘xtadi­da, yana hurpayib, boshini 
qanotlari orasiga yashirdi. 
– Uchmayapti­ku! – hayron bo‘ldi Abdulla. 
– Haydash kerak, – dedi Gulchehra. 
U shunday deb devor orqali tomga ko‘tarildi 
va uzun bir tayoq bilan burgutni hayday bosh­
ladi. Ammo burgut joyidan qimirlamasdi. Bir gal 
Gulchehra uni qattiq itarib yubordi shekilli, bur­
gut gandiraklab qanotlarini yoydi va o‘zini tutol­
may hovliga sekin uchib tushdi. Shunda bolalar 
uning qanotlari qirqilganini ko‘rishdi va qilgan 
ishlaridan qo‘rqib ketishdi. Burgut esa ayvon 
oldida savlat bilan bir­ikki aylanib, kecha ovqat 
yegan joyiga bordi­da, yana bukchayib tum­
shug‘ini qanoti ichiga yashirdi. 


Odam bolish qiyin
33
,
– Nima qilamiz endi? – so‘radi Gulchehra. 
Abdulla birinchi marta uning cho‘chiganini 
sezdi. Lekin nima deb javob berishi mumkin? 
U ham Gulchehradek nima qilishini bilmasdi. 
Shuning uchun yelkalarini qisdi. Bolalar ancha 
vaqt burgutga termilib, o‘ylashdi. Lekin ikka­
lovining xayoliga hech qanday fikr kelmadi. Ni­
hoyat bo‘shashib ostonaga o‘tirishdi. 
– Yaxshi ham boshqa bolalar bilishmadi, – 
dedi Gulchehra xo‘rsinib. – Bilishganda, bittasi 
emas, bittasi aytib qo‘yardi. 
– Ha, rosa to‘polon bo‘lardi. 
– Men amakidan qo‘rqaman. Ko‘zi yomon. 
Gulchehra Dadavoy amakining ko‘zlarini 
ko‘rsatmoqchi bo‘lib, olaydi, o‘xshata olmadi. Ab­
dulla kulib yubordi. 
– Nega kulasan? 
– Amaki ko‘zlarini hech shunaqa olaytirmay­
di, – dedi Abdulla. – Uning ko‘zlari doim bir xil 
– sovuq. 
– Olayadi! – dedi Gulchehra o‘zinikini ma’qullab. 
– Olaymaydi. 
– Olayadi! 
– Xo‘p, seniki ma’qul. Menga qara, – dedi Ab­
dulla u bilan tortishish foydasizligini tushunib, – 
yaxshisi, ketaylik. Amaki kelib qolsa ikkalamizni 
ham sog‘ qo‘ymaydi. Nima deding? 
Bu gap Gulchehraga ma’qul tushdi. Ular 
o‘rinlaridan turib eshik tomon yo‘l olishdi. Lekin 
hali besh qadam ham yurmagan edilarki, burgut 
ularning ketidan yurdi. Abdulla eshikni ochish 
o‘rniga hovlining orqa tomoniga qochdi. Gulcheh­
ra ham uning ketidan yugurdi. Burgut ulardan 
bir qadam orqada qolmasdi, ular to‘xtasa to‘xtar, 


Olmas Umarbekov
34
,
chopsa chopardi. Yana ayvonga qaytib kelishgan­
da Gulchehra o‘zini tutolmay yig‘lab yubordi. 
– Endi nima qilamiz? 
Abdulla indamadi. Uni ham qo‘rquv bosgan 
edi. Shu alfozda ular qancha turishdi, bilishmay­
di, bir mahal ko‘cha eshik g‘irchillab ochilib, Da­
davoy amaki kirib keldi. Qo‘lida har doimgidek 
katta sumka, boshida uchi nayza qalpog‘i. U 
ayvonga yaqinlashganda bolalarni ko‘rib qoldi. 
– Kimsanlar? 
Bolalar indashmadi. Ikkalovi ham sovuq 
yegan odamdek qalt­qalt qilardi. Ulardan sado 
chiqmagach, Dadavoy amaki ayvonga ko‘tarilib 
jinchiroqni yoqdi. 
– Ha, – dedi u Gulchehraga chiroqni tutib. – 
Yusufning qizimisan? Bu bola kim? 
Gulchehra javob berish o‘rniga yig‘lay boshladi. 
– Nega yig‘laysan? Qanday kirib qoldilaring bu 
yerga? 
Yana ikkalovidan sado chiqmadi. 
– Mayli, gapirmasalaring gapirmalaring, – 
dedi Dadavoy amaki sumkasini ko‘tarib. – Men 
ham yoshligimda sho‘x edim. Qo‘shnilarning na 
devori, na tomi qolgan mendan. 
U shunday deb, hovliga tushdi­yu, shumsha­
yib turgan burgutni ko‘rib qoldi. 
– Mana bu ishlaring chakki bo‘pti, – dedi u 
hamma narsaga tushunib. – Ko‘r odam hassasiz 
yurolmaydi. Bu burgut ham ko‘r, ham qari. Na 
ucha oladi, na ko‘ra oladi. Bir cho‘pon o‘rtog‘im 
urushga ketayotganda menga topshirdi: senda 
tursin, menga ko‘p yaxshilik qildi, qariganida xor 
bo‘lmasin, dedi. Ikki yildan beri men boqib yurib­
man. Bu ishlaring chakki bo‘libdi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling