Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
Odam bolish qiyin
23
,
– Zo‘r­ku, – dedi Abdulla hayron bo‘lib. 
– Nima deyapsan! Uyda biz nima yesak, bu 
ham shuni yeydi... 
Obid aka yana nimalarnidir deb, itni maq­
tamoqchi edi, jo‘xorizor etagidan bitta bedana­
ning juda baland sayragan ovozi eshitilib qoldi. 
Abdulla haligacha bunchalik o‘tkir va tiniq ovozni 
eshitmagan edi. U­ku mayli, Obid aka ham yeb 
turgan tarvuzi og‘zida qolib, quloq sola boshladi. 
Bedana bir ohangda «tak­tarak, tak­tarak» qilib, 
ozgina dam olar, keyin bir yo‘la sakkiz­to‘qqiz 
marta taraklardi. Bir necha marta shu qaytaril­
gach, Obid aka o‘rnidan turdi. 
– Qayoqqa? – so‘radi Abdulla tog‘asining nima 
qilmoqchi ekanligini sezgan bo‘lsa ham. U shu 
bedananing otilishini istamas edi. Lekin Obid 
aka unga javob bermadi. Egasining harakatlarini 
tu shungan it jo‘xorizor tomon yugurib ketdi. 
– Tog‘a, shuni otmang! – dedi Abdulla uning 
orqasidan bo‘g‘ilib. 
Obid aka eshitmadi. Abdulla ularga birpas 
qarab turdi­da, keyin o‘sha yoqqa yugurdi. Le­
kin u kech qolgan edi. Teshavoy qiyinchiliksiz 
bedanani topgan, tumshug‘i bilan pishillab uni 
cho‘chitgan edi. Abdulla bedananing sakrab 
ko‘tarilganini ko‘rdi. O‘q ovozi jarangladi. Bedana 
patirlab havoda bir­ikki aylandi­da, jo‘xori ichiga 
sho‘ng‘idi. It uning orqasidan yugurdi. Shu payt 
Abdulla jon holatda qichqirdi: 
– Tog‘a, itni chaqiring! O‘zim tutaman, Tesha­
voy! 
Obid aka uni tushundi va tizzasiga urib, itni 
chaqirdi. Teshavoy istar­istamas to‘xtab, orqasi­
ga qaytganda, Abdulla ularga yetib keldi. 


Olmas Umarbekov
24
,
– Shuni otmasangiz bo‘lardi, – dedi u zarda 
bilan. 
– Ha, chakki bo‘ldi, – achinib gapirdi Obid 
aka. – Qanotiga tekkanga o‘xshaydi o‘q, balki tu­
zatarmiz. 
Abdulla jo‘xorizor ichiga kirib, bedanani qidira 
boshladi. U ariqdan bu ariqqa o‘tdi, lekin bedana 
ko‘rinmasdi. Jo‘xorizorning o‘rtasiga kelib, poya­
larni qayirdi­da, oldinga tikilib qayoqqa borishi­
ni bilmay turib qoldi. Oldinda bir odam ko‘rin­
ganday bo‘ldi. Abdulla bir­ikki ariqdan o‘tib, 
yaxshilab qaradi. Undan o‘n ariqcha narida oq 
ko‘ylakli, oq durra tang‘ib olgan bir ayol cho‘kka 
tushib hovuchidagi yaralangan bedanaga tikilib 
turardi. Abdulla uning yuzini ko‘rmadi. Bedana 
tutilganidan va uning tirikligidan xursand bo‘lib, 
ayolning yoniga bordi. 
– O‘lmabdimi? 
– O‘lsa sizga og‘irligi tusharmidi? 
Ayol jahl bilan shunday dedi­da, Abdullaga qa­
ramay hansirayotgan bedanani og‘ziga olib borib 
tili bilan ho‘lladi. Abdulla qo‘ng‘iroq ovozidan 
ayolning yosh qiz ekanligini sezdi. Ammo uning 
qo‘pol javobidan ranjigan bo‘ldi. 
– Shuncha otganlaring yetmasmidi? – dedi qiz 
yana boshini ko‘tarmay. 
– Men ham shunday devdim, – Abdulla qizning 
yoniga engashdi. Engashdi­yu, unga bir qarashi 
bilan o‘tirib qoldi. – Gulchehra? 
– Voy, sizmidingiz? – qiz ham uni tanib, beix­
tiyor bo‘sh qo‘li bilan etagini pastroq tortib qo‘ydi. 
Ikkalovi bir daqiqa jim qolishdi. Qiz negadir 
uyalib boshini eggan, Abdulla esa og‘zi ochilib, 


Odam bolish qiyin
25
,
unga tikilib qolgan edi. Qizning bir­biriga tutash 
qalin qoshlarigacha tushgan, jo‘xori popuklari ja­
malak bo‘lib yopishib qolgan oppoq durrasi, qiyiq 
ko‘zi va kichkina burni ustida osilib turgan bir 
tutam jingalak sochi, bir qanoti singan bedanaga 
achinganidanmi, yo kutilmagan uchrashuvdan 
uyalganidanmi, titrab turgan dumaloq lablari uni 
lol qilib qo‘ygan edi. Ikkalovining nazarida shu 
sukut ichida o‘tgan bir daqiqa uzoq bir soatdek 
ko‘rina boshlagan bo‘lsa ham, nima deyishlarini 
bilmay, jim o‘tirishardi. Nihoyat, Abdulla biron 
narsa deyishga qaror qilib, yo‘taldi. Keyin: 
– Tuzalib ketarmikin? – dedi. 
Qiz birdan yuziga qizillik yugurib, Abdullaga 
ko‘z qirini tashladi. 
– Tuzaladi, bir qanoti sinibdi, xolos. Ko‘ring. 
Qiz shunday deb, kaftida yonboshlab yotgan 
bedanani unga uzatdi. Bedana halloslar va kich­
kina ko‘zlarini pirpiratib, ularga yalinganomuz 
tikilardi.
– Yaxshi sayrayotgandi, – dedi Abdulla. 
– Ha, – qiz jonlanib ketdi. – Men ham ishimni 
tashlab quloq solib o‘tiruvdim. Yaxshi sayrayotuvdi. 
– Nima qilayotgan edingiz? 
– Jo‘xori qayirayotgandim, – qiz yonidagi jo‘xo­
ri solingan savatni ko‘rsatdi. – Dadamlarga. Yax­
shi ko‘rasizmi? – Qiz uyalinqirab boshini egdi va 
yana yuziga qizillik yugurdi. – Dadamlar yaxshi 
ko‘radilar. 
– Men ham yaxshi ko‘raman. Jo‘xori kavob 
shirin bo‘ladi. 
– Abdulla! Abdulla, hoy! – chaqirdi Obid aka 
kanal tomondan. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling