Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
47 , bilan shahar ko‘chalarida yursang! Hammaning havasi kelardi, havasi kelishi turgan gap!» U shunday o‘ylardi va Gulchehraning jiddiy gaplarini eshitishni istamasdi. Vals tugamasa, tonggacha davom etsa! U shuni istardi. Lekin Gulchehra o‘zining so‘nggi gapi bilan paydo qilib qo‘ygan kayfiyatdan uning qutulishi oson bo‘lma di. Harakatlaridagi ilgarigi hayajon susaydi, qiz ning birdaniga jiddiylashgani u bilan barobar oyoq tashlasa ham, musiqani boyagidek his qil mayotgan, uning yengil gaplarga bo‘lgan jur’atini to‘xtatgan, boyagina butun vujudida jo‘sh urib turgan erkini qisib qo‘ygan edi. Biroq nimadir deyishi kerak. Bir vals ikkinchisiga ulanib ketdi. Ular bo‘lsa jim. Gulchehraning ko‘zlari chetda, xayoli pa rishon. Nega shunday bo‘lib qoldi? Nega birdan o‘zgardi? – Boshingiz og‘riyaptimi? – so‘radi nihoyat Ab dulla. Gulchehra jilmayishga harakat qildi. – Yo‘q, xayol surib ketdim. Kechiring. – Hechqisi yo‘q. Men xafa qilib qo‘ydimmi, deb qo‘rqdim. Xafa qilmadimmi? Gulchehra unga jilmayib boqdida, boshini qimirlatib qo‘ydi. Shu boqishi Abdullaning yana chehrasini ochib yubordi. «Ko‘zlari muncha yax shi? – xayolidan o‘tkazdi u. – Yo‘q, bunaqa qiz shaharda yo‘q». – Gulchehra, – dedi u sevinchi jo‘sh urib. – Yuring, bir aylanib kelamiz. – Abdulla bu fikr miyasiga qanday kelib qolganini o‘zi sezmadi. – Yuring, kanal bo‘yiga boramiz. Hozir juda chi royli bo‘lsa kerak. Boramizmi? – Abdulla to‘xtab, Olmas Umarbekov 48 , Gulchehraning tirsaklaridan ushladi. – Yo‘q de mang. Yuring. Gulchehra javob bermadi. Uning ko‘zlari o‘rtoqlarida edi. Lekin hech kim ularga parvo qil masdi, hamma o‘zi bilan o‘zi ovora edi. – Yuring! Abdulla sevinganidan sakrab yuboray dedi. Maktab tomondan eshitilayotgan musiqa, kulgi sadolarini hisobga olmaganda, o‘sha kuni Ming buloq osuda tun qo‘ynida orom olardi. Osmon to‘la yulduz. Yangi yetilgan kungaboqardek sarg‘ayib turgan oyning nimrang shu’lalaridan olmazor hisobsiz kumush isirg‘a taqqan edi. Abdulla katta ko‘chaga chiqquncha Gulcheh raning soyasiga qarab bordi. Uning soyasi ham o‘ziga o‘xshagan chiroyli edi. Har qadam qo‘ygani da beliga tushib turgan soch o‘rimlari uning soyasiga tegar va yana shunday tezlik bilan g‘o yib bo‘lardi. Abdulla soyani, xuddi joni bordek, bosib olmaslik uchun ehtiyotlik bilan oyoq qo‘yar edi. Muyilishga kelganda iloji bo‘lmadi, shunday sochining ustiga chap oyog‘ini qo‘ydi va xuddi tok urgandek cho‘chib o‘zini chetga oldida, Gulcheh raga qaradi. Gulchehra ham soyalarga qarab ke layotgan ekan, qoshlarini chimirib unga tikildi. – Baribir bosib oldingiz! – Og‘ridimi? – qizning gapiga mos ohangda so‘radi Abdulla. – Juda ham, – dedi Gulchehra lablarini cho‘ch chaytirib va birdan xaxolab kulib yubordi. Ab dulla ham unga qo‘shildi. Kulgi sabab bo‘lib, maktabdan chiqishlari bilan o‘rtaga tushgan uyatchanlik, yotsirash yo‘qoldi. Abdulla qizning qo‘lini ushladi. Odam bolish qiyin 49 , – Yaxshia? – Juda ham! – dedi Gulchehra. – Kechasi men bu yoqqa hech kelmagan edim. Juda yaxshi. Suv ni qarang, xuddi zar qog‘ozga o‘xshaydi. Yaxshi bo‘ldi kelganimiz. Sizchi, siz xursandmisiz? U Abdullaga o‘girildi. Uning ko‘zlari yonardi. – Ha, – dedi Abdulla va uning qo‘lini qisib qo‘ydi. Gulchehra indamadi. U birinchi marta oy din kechada sayr qilishidan chuqur hayajonda, har kuni, har soat ko‘rib turadigan narsalari – kanal ustidagi bir yoq panjarasi singan ko‘prik ham, yaproqlari kumush isirg‘alardek yaraqlab turgan olmazor ham, qo‘yingchi, ko‘zga ko‘rinib turgan hamma narsa unga hozir boshqacha tus olgandek sirli va qandaydir yoqimli tuyulardi. Ji mirlab oqayotgan suvga tikilar ekan, suv tagida oy bir qalqidiyu, jilmayib uni imlaganday bo‘ldi. Gulchehra beixtiyor: – Yuring, nariroq boramiz, – dedi. Abdulla uning yonida yo‘lga tushdi. Tunning sehrli manzarasi Gulchehrani elitgan, uni qan daydir ilgari xayolida ham paydo bo‘lmagan o‘zga bir dunyoga olib kirgan bo‘lsa, Abdulla ham o‘zini haligacha bilmagan g‘alati shirin bir kayfiyatda his etardi. – Sezyapsizmi? – dedi bir mahal Gulchehra. – Nimani? – so‘radi Abdulla unga tikilib. Ammo Gulchehra unga qaramasdi. Uning ko‘zlari pastda, kanal bo‘yida edi. – Yalpiz... – Yalpiz? – Ha, bechora shu paytda ham chiqibdi. Sezyapsizmi hidini? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling