Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116
Olmas Umarbekov
44
,
– To‘xta, hozir osh keladi. Gulchehra qozon 
boshida. Kechaning boshlig‘i u. Uning ruxsatisiz 
ketmaysan. 
Abdulla sevinib ketdi. Ammo buni sezdirmas­
likka harakat qilib: 
– Ancha o‘tirib qoldim, – dedi. 
– Hech nima qilmaydi. Bu kecha hech kim biz­
ni urishmaydi. 
Abdulla «ilojim qancha» degandek, sekin joyi­
ga o‘tirdi. Kimdir radioni qo‘yib yubordi. Vals 
yangray boshladi. 
– Tur, – dedi Samad. – Har holda, shaharlik­
san, boshlab ber. 
– Ikkalamiz. 
Ular o‘rtaga tushishdi. Abdulla Samadni 
qo‘ltiqladi. Hovlini bir aylanib chiqishgach, ikkita 
qizni o‘rtaga tortishdi. Boshqalar ham birin­ketin 
o‘rinlaridan turishdi. Abdulla olib yurgan sariqqi­
na, nimjon qiz uning ko‘kragiga qo‘llarini omonat­
gina qo‘yib aylanar ekan, uyalganidanmi, yomon 
tushishidanmi, boshini yerdan ko‘tarmasdi. Ab­
dulla bunga parvo qilmas, har aylanganida: «Qani 
endi shu qizning o‘rnida hozir Gulchehra bo‘lsa? 
– deya o‘ylardi. – Tonggacha u bilan tushardim, 
zerikmasdim». 
Vals yarmiga yetganda o‘rtada uch­to‘rt juft 
odam qoldi. Hamma to‘xtab, Abdullaga tikilar­
di. Abdulla chindan ham valsga yaxshi tushardi. 
Maktabda undan o‘tadigani yo‘q edi. Kechalarda 
qizlar ko‘pincha u bilan raqs tushishni, uning 
olib yurishini orzu qilishar edi. Hozir ham Ab­
dulla hammani o‘ziga mahliyo qilib qo‘ygan edi. 
Nihoyat, vals tindi. Qarsak ko‘tarildi. Shundagi­


Odam bolish qiyin
45
,
na Abdulla hamma o‘ziga qarab turganini sezdi. 
Uya lib jilmaydi­da, qizni joyiga o‘tqazib, to‘rga 
yo‘l oldi. Endi o‘tirayotgan edi, tanish qo‘ng‘iroq 
ovoz quloq lari tagida jarangladi. 
– Yaxshi tushar ekansiz!.. 
Abdulla o‘girildi. Ro‘parasida oppoq guruch 
tishlari marvariddek yarqirab Gulchehra turardi. 
Abdulla lol bo‘lib qoldi. U Gulchehraning buncha­
lik chiroyli ekanligini xayoliga keltirmagan edi. 
Egnida keng qizil atlas ko‘ylak, baland poshna 
oq tuflisi kichkina oyoqlariga chippa yopishgan, 
ikkita qilib o‘rilgan sochlarining bir o‘rimi ko‘kra­
gi ustidan tushib, jingalak uchi zulukdek titrab 
turardi. Shodligidanmi, olov tepasida turgani­
danmi, ikki yuzi anordek qip­qizargan, chimiril­
gan qoshlari ostida yirik, sho‘x ko‘zlari cho‘g‘dek 
yonardi. Abdulla bu ko‘zlarning taftiga chidash 
berolmay, yerga qaradi. 
– Ko‘rinmaysiz? 
Gulchehra kuldi. 
Bugun men ham izzatdaman, ham xizmat­
da. Lekin kelganingizni ko‘rdim. Faqat oldingizga 
kelolmadim. Kechiring. 
– Hechqisi yo‘q. Samad bilan gaplashib o‘tir­
dik. Lokin shu yerdaligingizni u aytmaganda, 
ketib qolardim. 
– Nahotki? 
– Rost. 
– Unday bo‘lsa, ketmaganingiz yaxshi bo‘libdi. 
Endi bo‘shadim. 
– Bo‘lmasa o‘tiring, – Abdulla yonidan joy 
ko‘rsatdi. 
Ammo Gulchehra o‘tirishga ulgurmadi. Radio­
ladan yana vals jaranglay boshladi. 


Olmas Umarbekov
46
,
– Tushasizmi? – so‘radi Abdulla. 
– Siz bilan tushishga uyalaman, – dedi 
Gulchehra boshini quyi solib. 
– Nega? 
– Yaxshi bilmayman. Keyin mendan kulishin­
giz mumkin. 
– Hammadan kulsam ham, sizdan kulmayman. 
Gulchehra yalt etib unga qaradi. Abdulla uni 
issiq qo‘lidan ushlab o‘rtaga olib chiqdi va eh­
tiyotlik bilan belidan quchoqladi. Musiqaning 
yangi pardasi boshlanishi bilan, kutilmaganda, 
Gulchehra boshini ko‘tardi, ikkala qo‘lini Abdul­
laning yelkalariga tashladi­da, tovusdek suzib 
ketdi. Birinchi aylanishdayoq Abdulla uni olib 
yurish juda oson va juda yoqimli ekanini tushun­
gan va ichida, boyagina xayolidan o‘tkazgan or­
zusiga yetishganidan cheksiz shod edi. 
– Aldoqchi ekansiz? – dedi kulib Abdulla. 
– Nega? – Gulchehra qoshlarini chimirdi. 
– Juda yaxshi bilar ekansiz­ku! 
– Unchalik emas, – dedi Gulchehra va xo‘rsin­
di... – Mingbuloqda tansa tushishmaydi. Mingbuloq 
shahar emas. Vaqt ham yo‘q, imkoniyat ham yo‘q. 
– Nega? – hayron bo‘ldi Abdulla. – Axir bugun... 
– Bugun boshqa gap. Bugunni biz ko‘pdan beri 
kutgan edik. 
Abdulla Gulchehraning nima demoqchi ekan­
ligiga tushunmadi. U hozir bu haqda o‘ylashni, 
surishtirishni istamasdi ham. U Gulchehraning 
chehrasiga mahliyo edi. «Yo‘q, – o‘ylardi u, – bu­
naqa qizni shaharda uchratmaganman. Yo‘q. 
Ochiq, kibor emas. Innaykeyin, juda chiroyli. Ikki 
yil ichida u butunlay o‘zgarib ketibdi. Qani endi u 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling