Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116
Olmas Umarbekov
50
,
Abdulla to‘yib havo simirdi. 
– Ha, yalpiz. Uzib beraymi? 
– Qorong‘i­ku, – dedi Gulchehra. 
Lekin Abdulla unga quloq solmadi, qirg‘oqqa 
yaqinlashib, o‘tlarni titkilay ketdi. Gulchehra 
haq edi. Oydin kecha bo‘lsa ham, oy shu’lasida 
ming xil o‘tlar orasidan kichkina yalpiz shoxini 
topib bo‘larmidi? Abdulla buni o‘ylamasdi. Uning 
uchun hozir Gulchehraning chehrasini ochgan 
shu o‘tni topishdan katta baxt yo‘q edi. Bir qo‘li 
bilan chimga yopishib, bir qo‘li bilan kanalning 
shunday labini timirskilar ekan, «topaman, albat­
ta topaman», derdi ichida. Uning bu shashtidan 
shu tob hech kim, hech narsa qaytara olmasdi. 
Gulchehra buni sezdi, indamadi. Aksincha, 
tepadan turib, u bilan birgalikda dimog‘ini qi­
tiqlagan yalpizni axtara boshladi. U nihoyatda 
shod edi. Shu paytgacha hech kim uning istagini 
anglab, ko‘nglini olmagan edi. Bugun ikki marta 
u orzusiga yetdi. Bu orzular kichkina bo‘lsa ham, 
uni baxtiyor qilgan edi. Ikkala orzusiga ham u bo­
lalik o‘rtog‘i, g‘oyibdan bugun tongda paydo bo‘lib 
qolib, uning shodligiga shodlik qo‘shgan Abdulla 
orqali yetishdi. «Qanday ajoyib yigit bo‘libdi u! – 
o‘yladi u. – Qanday odobli, istarasi issiq. Nahotki 
odam ikki yilda shunchalik o‘zgarib ketsa? Yu­
rarmikin?» 
Shu savol xayolidan o‘tishi bilan u seskanib 
ketdi. «Uning nima ishi bor? Rashk qilyaptimi? 
Shaharlik bo‘lsa, keyin ittifoqo uchrashib qolish­
gan bo‘lsa? Yursa yuraversin. Uning nima ishi 
bor?» Gulchehra shunday deb yuragini tirnab 
o‘tgan xavfni qaytarishga harakat qildi. «Yursa 


Odam bolish qiyin
51
,
yuraversin». Lekin u hozir Abdulladan minnatdor. 
Valsga tushmoqchi edi, Abdulla sezib taklif qildi. 
Yalpizni topmoqchi edi. Ana, qidiryapti. Topmasa 
ham mayli, uning istagini anglab, qidirganining 
o‘zi katta gap. Har qanday yigit ham shunday 
qilavermaydi. Gulchehra cho‘kkalab yurgan Ab­
dullaga tikildi va birdan mehri jo‘shib, dedi: 
– Abdulla, qo‘ying, shimingizni iflos qildingiz. 
– Zarari yo‘q. Shu atrofda, hozir topamiz. 
Abdulla shunday dedi­da, yana engashdi. 
– Sizni ovora qildim. Abdulla, keling, qo‘ying! 
Gulchehra cho‘zilib, uning yoqasidan tort­
moqchi edi, qo‘li boshiga tegib, dag‘al sochlarini 
silab o‘tdi. Abdulla bunga parvo qilmadi. Lekin 
Gulchehra negadir o‘zining olov bo‘lib ketganini 
payqadi. Payqadi­yu, beixtiyor qo‘lini tortib oldi. 
– Qayoqqa qochib qutulardi? – dedi Abdulla. – 
Mana shu yerdaga o‘xshaydi. 
Bu gapni u o‘ziga aytdimi, Gulchehragami – 
bilib bo‘lmasdi. Shunday bo‘lsa ham, Gulcheh­
raning javob bergisi keldi. 
– Ha. Isi shu yerdan o‘tkirroq kelyapti. 
– Men ham shuni sezib turibman. Lekin qa­
yerda ekan? Manavi tikanning tagidamikan? 
– Ehtiyot bo‘ling. Qo‘lingizga kirmasin tag‘in... 
– Gulchehra tizzalariga qo‘llarini tirab, engashdi. 
– Kirmaydi. Kirganda ham nima qilardi? 
Abdulla shunday dedi­yu, siltanib qo‘lini tort­
gan edi, kanalga bir oyog‘i sirg‘anib tushdi. 
– Voy! Ushlang! – qichqirib yubordi Gulchehra. 
– Hech nima qilmaydi, – dedi o‘zini beparvo 
tutishga intilib Abdulla, lekin Gulchehraning 
qo‘lini ushladi. O‘zini o‘nglab olganda, Gulchehra 
mehribonlik bilan so‘radi: 


Olmas Umarbekov
52
,
– Tikan kirmadimi? 
Tikan kirgan barmog‘i zirqirab turgan bo‘lsa 
ham Gulchehraning bu savolidan, to‘g‘rirog‘i, 
gapi ohangidan Abdulla og‘riqni unutdi va yana 
tikan tagini tita boshladi. 
– Kirgani yo‘q. Sirg‘anib ketdim, xolos! Mana! 
Topdim! 
– Urra! – qichqirib yubordi Gulchehra va Abdul­
la tikan tagidan ildizi bilan sug‘urib olgan yalpizni 
ko‘tarib qirg‘oqqa chiqqanda beixtiyor uni qucho­
qlab oldi. – Hidini qarang! Hidini! Biram o‘tkir! 
– Ha, – dedi Abdulla sevinch bilan qizga qararkan. 
– Rahmat, – dedi Gulchehra yalpizni yuziga bo­
sar ekan... – Yaxshi ko‘raman, juda ham yaxshi 
ko‘raman. Esingizdami, bir marta ikkalamiz yal­
piz tergan edik? 
– Qachon? – so‘radi Abdulla. 
– Ancha bo‘ldi. Oltinchi sinfda o‘qirmidik o‘shan­
da. Siz bahorgi ta’til payti kelgan edingiz. 
Abdulla qancha o‘ylamasin, eslolmadi. 
– Bahorda, deysizmi? 
– Ha. Kechqurun edi. Men sizlarnikida edim. 
Zavod ayam, yalpiz yulib kelinglar, moshxo‘rda 
qilyapman, dedilar. Keyin, ikkalamiz ketdik. Ho‘, 
to‘g‘on boshiga bordik. Chaman bo‘lib yotuv­
di o‘shanda yalpiz. Endi teramiz deganimizda 
bir yomg‘ir quydi, keyin do‘l yog‘di. – Gulchehra 
kulib yubordi. 
– Nega kulyapsiz? 
Gulchehra kulgidan o‘zini to‘xtata olmay, 
zo‘rg‘a gapida davom etdi: 
– Bitta do‘l... bitta yong‘oqdek do‘l...– Gulcheh­
ra gapirolmadi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling