Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116
Odam bolish qiyin
41
,
Kimdir Abdullaning oldiga ochilmagan Sham­
pan vinosi keltirib qo‘ydi.
– Ozgina ich, – dedi Samad. – Har holda, mus­
taqil bo‘ldik endi. 
– Mayli. Och. 
– Paqillatamizmi? 
Abdulla yelkalarini qisdi. 
– Ixtiyoring. 
Samad shisha qopqog‘ini yarmiga ko‘targan 
edi, sharob otilib, dasturxonga to‘kilib ketdi. 
– Mayli, – dedi Samad.– Hayotimiz shunday 
toshqin bo‘lsin. Kel, shunga ichamiz. 
Finjonlar jarangladi. Abdulla bir qultum yutib, 
stolga qo‘ydi. 
– Nega ichmading? – Bu Qosimjon edi. – Yo biz 
bilan ichmaysanmi? 
– Nega? Faqat hozir ichgim kelmayapti. 
– Bo‘lmasa men ichaman. 
Qosim piyolani to‘latdi. Endi og‘ziga olib bor­
gan edi, Samad uning qo‘lini tutdi. 
– Bo‘ldi. Ko‘p ichib yubording. 
– Qo‘yib yubor! – Qosimjon siltanib qo‘lini 
bo‘shatgan edi, vino ko‘ylagiga to‘kilib ketdi. Le­
kin u parvo qilmay, qolganini qalqib­qalqib ichdi. 
Keyin gandiraklab stolga yaqinlashdi­da, piyolani 
qo‘ydi va birdan yig‘lab yubordi. 
– Abdulla, do‘stim! Men sevinchimdan emas, 
alamimdan ichaman, alamimdan. G‘alamislar 
meni yo‘ldan urdi. Bu yerda qolishni istamay­
man! Tushunasanmi, Abdulla? Shaharga ketish­
ni istayman, shaharda o‘qigim keladi. Bu yerda 
nima bor? Paxta, paxta va yana paxta!.. 
– Aljirama, Qosim! – dedi Samad. 


Olmas Umarbekov
42
,
– Aljirayotganim yo‘q. Rostmi gapim, yo yolg‘onmi? 
– Yolg‘on! 
– O‘zingni aldama! Bilaman, sen ham qishloq­
ni yomon ko‘rasan. Xuddi menga o‘xshab yomon 
ko‘rasan. Lekin qo‘rqasan aytishga! Men qo‘rq­
mayman! Men rostini aytaman. Qishloq mana bu 
yerimga keldi, mana bu yerimga!.. 
Qosimjon hiqildog‘iga qo‘lining zihi bilan urib 
yig‘lardi. 
– Olib ketsalaring­chi! – dedi qizlardan kimdir. 
– Aynib qoldi­ku!
Ikkita yigit Qosimjonni qo‘ltiqlab olib, nimadir 
deyishdi. Qosimjon yig‘i aralash qiqirlab kuldi­da, 
qarshilik ko‘rsatmay, ular bilan ketdi. 
– Nima bo‘ldi? – so‘radi Abdulla. 
– Hech narsa, – dedi Samad kulib. – Jinnilik 
qilyapti, xolos. Ikki kun burun hammamiz qish­
loqda qolishga qaror qildik. 
– Qishloqda qolishga? – hayron bo‘ldi Abdulla. 
– Ha, Qosimjon ham rozi bo‘lgan edi. Bila­
san, qishloqda doim odam yetishmaydi. Shuning 
uchunmi, xo‘jaligimiz ancha qoloq, kambag‘al. 
Bizning foydamiz tegishi mumkin. Kattalar juda 
xursand bo‘lishdi qarorimizni eshitib. Ziyofat 
shuning uchun ham quyuq. 
– O‘qimaysizlarmi? 
– Nega o‘qimas ekanmiz? – dedi Samad xafa 
bo‘lganday. – O‘qiymiz. Hammamiz o‘qiymiz. 
Faqat sirtdan o‘qiymiz. Men, masalan, qishloq 
xo‘jalik institutiga kiraman. Qosimjon pedagogi­
ka institutining til va adabiyot fakultetiga kiradi. 
Sezgandirsiz, uning kim bo‘lishini gaplari ham 
aytib turibdi. Ana shunaqa, ham ishlaymiz, ham 


Odam bolish qiyin
43
,
o‘qiymiz. Bilmadim, nega Qosim birdan aynib 
qoldi?.. 
– Endi nima bo‘ladi? 
– Nima bo‘lardi, – dedi Samad o‘ylanib. – Nima 
istasa shu. Ketmoqchi bo‘lsa qarshilik qiladigan 
odam yo‘q. Qishloqda qolish majburiy emas. Bu 
har kimning ko‘ngil ishi. 
– Sening hammi? 
– Mening ham. 
– Nega bo‘lmasa Qosimjon senga, qishloqni yo­
mon ko‘rasan, dedi? – so‘radi jilmayib Abdulla. 
– U to‘g‘ri aytdi, – dedi Samad vazminlik bilan. – 
Lekin qishloqni emas, qishlog‘imizni yomon ko‘ra­
man. Qanday tushuntirsam ekan? Bilasanmi, 
Mingbuloq o‘zi yaxshi, suv serob. Lekin u qarov­
siz. Ko‘chalari tor, qing‘ir­qiyshiq. Bu ning ustiga 
yozda chang bo‘ladi, qishda doim loy. Uylarni ayt­
maysanmi? O‘n­o‘n besh uyni hisobga olmagan­
da, o‘zimizning eski qamish tomli uylar. Yana ko‘p 
narsa yoqmaydi. Foydasi yo‘q hozir gapirishni. Biz 
bu haqda Gulchehra bilan ko‘p o‘ylaymiz... 
– Gulchehra bilan? 
– Ha, unga ham qishlog‘imiz yoqmaydi. Ana shu­
naqa, Abdulla. Lekin besh­o‘n yil o‘tsin, Mingbuloq 
juda boshqacha bo‘lib ketadi. Tanimay qolasan.
– Aytganing kelsin, – dedi Abdulla atrofga 
alang lab. U Gulchehraning nomini eshitishi bi­
lan qulog‘iga gap kirmay qolgan, lekin uning qa­
yerdaligini so‘rashga negadir botinolmay o‘tirar­
di. Gulchehra ko‘rinmadi, u sekin o‘rnidan turdi. 
– Qayoqqa? – so‘radi Samad. 
– Boray, kech bo‘lib qoldi, – dedi iymanib Ab­
dulla. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling