Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116
Odam bolish qiyin
35
,
– Endi tegmaymiz, amaki, – dedi yig‘i aralash 
Gulchehra. 
– Ishonaman, qizim, ishonaman, – dedi amaki. 
Bizni urishadi deb qo‘rqqan bolalar, o‘sha 
kuni juda ezilib uylariga qaytishdi. «Yaxshi odam 
ekan­ku, amaki» o‘ylardi ichida Abdulla. Lekin 
bir hafta o‘tar­o‘tmas u yo‘q bo‘lib qoldi. U ham, 
burgut ham. Uning qayoqqa ketganligini uzoq 
vaqtgacha hech kim bilmadi. Urush tugagan­
dan so‘ng esa uning Ukrainada qahramonlarcha 
halok bo‘lgani haqida xabar keldi. O‘shanda ham 
yoz bo‘lib, Abdulla ta’tilga kelgan edi. Bu xabarni 
eshitib, Gulchehra ikkalovi ancha qayg‘urishdi. 
Mana shu voqea, kim biladi, nima uchundir Ab­
dullaning xayolidan sira ko‘tarilmasdi. 
Hozir ham u sekin kanal bo‘ylab uy tomon 
borar ekan, shu voqea barcha ikir­chikirlari bi­
lan uning ko‘z oldida namoyon bo‘lgan edi. O‘sha 
paytlari Gulchehra o‘g‘il bolalardan farq qilmas­
di. Endi­chi? Endi u butunlay boshqacha bo‘lib 
ketibdi. Ilgarigi sho‘xliklari, yugurib­yelishlari 
qani? Shunday o‘ylar ekan, Abdulla qaysi bir yili 
(o‘shanda yettinchi sinfda bo‘lishsa kerak) ja­
moa rejani bajarib, to‘y qilib berganda, birga ot 
minishganini esladi. Ha, Gulchehra o‘shandayoq 
boshqacha bo‘lib qolgan edi.
Ular kanal bo‘ylab borishar ekan, Abdulla 
uning yelkasiga qo‘llarini qo‘yganda o‘zini tortgan 
va shu bilan katta bo‘lib qolishganini bildirgan 
edi. Ancha sayr qilishdi. Keyin qaysi bir brigada­
ning hovuz bo‘yiga qurilgan shiyponida xayol su­
rishdi. Shiyponda ulardan boshqa hech kim yo‘q, 
hamma xo‘jalik bog‘idagi to‘yda, dala jimjit edi. 


Olmas Umarbekov
36
,
Gulchehra tirsaklarini shiypon panjarasiga tirab
hovuzga termilgancha o‘tirardi. 
– O‘ylayapsanmi? – so‘radi Abdulla. 
– Ha, – dedi sekingina Gulchehra. – Kim 
bo‘lishimizni o‘ylayapman.
Abdulla kuldi. 
– Kim bo‘lar ekanmiz? 
– Sen olim bo‘lasan. 
– Olim? – hayron bo‘ldi Abdulla. 
– Ha, sen olim bo‘lasan. Katta papka tutib, 
ko‘zoynak taqib yurasan. 
– Qo‘ysang­chi! – ichida sevinsa ham, zarda 
qildi Abdulla. 
– Yo‘q, rost, ko‘rib turibman. 
– O‘zing­chi? O‘zing kim bo‘lasan? 
– Menmi? – Gulchehra o‘ylanib qoldi. – Men... 
men me’mor bo‘laman. 
– O‘h­ho‘, – dedi Abdulla, – juda baland ket­
ding­ku! 
– Nimasi baland? Sen olim bo‘lganingda, men 
me’mor bo‘lolmaymanmi? Har holda, shunga 
o‘qiy man. Chiroyli uylar quraman, shahar qura­
man. Balki Mingbuloq me’mori bo‘larman... 
– Qishloqning ham me’mori bo‘lar ekanmi? 
– Nega bo‘lmas ekan? Hozir bo‘lmasa, keyin 
bo‘lar. O‘shanda baland­baland, chiroyli uylar 
quraman. Keyinchi... Keyin... 
Gulchehra keyin nima qilishini aytolmadi. 
– Men kim bo‘lishimni hali bilmayman, – dedi 
Abdulla. – Dadam, hozir o‘qishdan boshqa nar­
sani o‘ylama, deydilar. 
– Men bo‘lsam, ko‘p o‘ylayman. Bir – shifokor 
bo‘lgim keladi, bir – muhandis. Hozir endi me’mor 


Odam bolish qiyin
37
,
bo‘lgim kelyapti. Nima deysan, qaysi biri yaxshi 
ekan­a? 
– Hammasi ham yaxshi bo‘lsa kerak, – dedi 
Abdulla ikkilanib. – Yaxshi bo‘lmasa odamlar­
ning hammasi yo shifokor, yo muhandis bo‘lardi, 
boshqa ishni tanlamasdi. – Bu fikr o‘ziga ma’qul 
keldi shekilli, qat’iy qilib qo‘shib qo‘ydi: – Ham­
masi ham yaxshi. 
Gulchehra indamadi, yoki yana o‘z xayollari­
ga berilib, uni eshitmadi. «Hozir u kim bo‘lmoqchi 
ekan?» – o‘yladi Abdulla. Shu payt kimdir uni turtdi. 
– Salom! 
Abdulla boshini ko‘tardi. Ro‘parasida o‘zi tengi 
ikkita yigit turardi. Abdulla ularni tanidi. Biri – 
Qosimjon, ikkinchisi – Samad edi. 
– Xayol surib qolibsan? – dedi Qosimjon qo‘lini 
uzatib. 
– Ovga chiquvdik, – dedi Abdulla yigitlar bilan 
ko‘rishar ekan. – Yaxshimisizlar? 
– Rahmat, – Qosimjon qo‘lidagi tanburga isho­
ra qilib, dedi: – Maktabni tugatdik. Kechqurun 
ziyofat. Repetitsiyaga ketyapmiz. 
– Senam bitirding shekilli? – so‘radi ikkinchi yigit. 
– Ha, – dedi Abdulla. 
– Yaxshi bitirdingmi? 
– Yomon emas, – Abdulla oltin medal olganini 
aytishga uyaldi. – O‘zlaring­chi? 
– Biz ham shu, – dedi Qosimjon. – Qachon 
kelding? 
– Kecha. 
– Hali shu yerdamisan? 
– Ha. 
– Bo‘lmasa kechqurun maktabga kel. Bir yay­
raymiz, xo‘pmi? 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling