Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
38 , – Mayli, – dedi Abdulla Gulchehraning ham taklif qilganini eslab. – Ziyofat zo‘r bo‘ladi, – gapga aralashdi ikkin chi yigit. – Raisning o‘zi qilib beryapti. – Zo‘rku, – dedi jilmayib Abdulla. – Zo‘r bo‘lganda qandoq! Xo‘jalikka kadrlar kerak. Biz tayyor kadr. Ziyofat shunga qarabda. Uchalovi kulishdi. – Kelgina, albatta! – dedi Qosimjon o‘rtog‘ini qo‘ltiqlab. – Xayrlashmaymiz. Yigitlar ketishdi. Abdulla uyga kirganda Hojar buvi vodoprovod tagida chordona qurib, bedana tozalab o‘tirardi. – Qayoqda qolib ketding, bolam! – dedi u ne varasini ko‘rib. – O‘rtoqlarimni ko‘rib qoldim. – Tog‘ang kelinoyingning oldiga ketdi. Tushlik ka keladi. Yaxshilab osh qilib beraman. Bo lam ey, bolamey, qadami qutlug‘ bolamey! Qorning ham ochgandir? Kampir yana nimalardir deb, o‘choq boshi ga ketdi, Abdulla u olib kelgan shirguruchni ezmalanib yer ekan, ko‘z oldidan savat ko‘tar gan Gulchehra ketmas edi. «Yaxshi qiz bo‘libdi, – o‘ylardi u, – judayam yaxshi qiz. Besholti kun qol aman qishloqda». U shu fikrga kelib jilmaydi-da, yumshoq par yostiqqa yonboshladi. Shu payt u bir bolaning «Buvi!» deb chaqirganini e shitdi. – Kela qol, nima deysan? – dedi kampir. Bola nimadir dedi. – Ana, ayvonga bora qol, ayvonda o‘tiribdi, – dedi. «Kim ekan?» – o‘yladi Abdulla va hovliga qa radi. Yuziga jo‘xori donalari yopishgan besholti yashar qopqora bola sochiqqa o‘ralgan bir narsa Odam bolish qiyin 39 , ko‘tarib kelardi. Narsa issiq bo‘lsa kerak, huhu lab dam u qo‘liga, dam bu qo‘liga olardi. Ostona ga yetganda, dedi: – Abdulla aka sizmisiz? – Ha, nima edi? – so‘radi Abdulla. – Mavini opay berdila. – Nima bu? – Jo‘xoyi. Issiq. Bola shunday deb sochiqni yozib yubordi. Uchto‘rtta qipqizil qilib pishirilgan jo‘xori kigiz ustiga dumalab ketdi. Abdulla «rahmat» deb ul gurmay, bola xuddi birov quvgandek, qochib ket di. «Gulchehra!» – o‘yladi Abdulla yuziga tabassum yugurib va qo‘lini kuydiradigan darajada issiq jo‘xoridan olib tishladi. Unga shu paytgacha qo‘rda pishgan jo‘xori bunchalik shirin tuyulmagan edi. IV Kechqurun u maktabga kelganda, kechaning tantanali qismi tugab, o‘yinkulgi avjiga chiqqan edi. Qosimjon hovlining o‘rtasida turib olib, va’z xonlik qilar, lekin hech kim unga quloq solmas edi. Hammaning ko‘zi uzun stolning burchagida dutorga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytayotgan qizda edi. Abdulla ham beixtiyor to‘xtab, quloq sola bosh ladi. Qiz har to‘rtlikni aytib bo‘lganda sho‘x kulgi ko‘tarilar, lekin Abdulla uning nima aytayotgani ni anglay olmadi. Qiz besholtita to‘rtlikni aytib bo‘lgach, gulduros qarsak ko‘tarildi. Qosimjon, menga chalishyapti, deb o‘yladi shekilli, tanta nali vaziyatda qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, minnat dorchilik bildirdi va shu top Abdullani ko‘rib qoldi. Olmas Umarbekov 40 , – E, kelardingizda, o‘rtoq medalist? – dedi u baland ovoz bilan. U hazillashdimi, yo kinoya qildimi, Abdul la anglamadi, uning ikki ko‘zi hovliga gir aylan tirib qo‘yilgan stol atrofidagi odamlarda edi. U Gulchehrani axtarardi. – O‘rtoqlar! Bir daqiqa diqqat! – qichqirdi Qo simjon. – Bizning kechamizga Parijdan, e, ke chirasizlar, Toshkentdan o‘rtoq Abdulla Sharipov tashrif buyurdilar. Besholti joydan qarsak ko‘tarildi. Qosimjon gapida davom etdi: – O‘rtoq Sharipov sizbizga o‘xshagan oddiy odam emas. U kishi maktabni oltin medal bilan tamomladilar. Ura, o‘rtoqlar! Abdulla bu gapdan ensasi qotib, o‘zini chet ga olmoqchi bo‘ldi, lekin Qosimjon uni qo‘lidan mahkam ushlaganicha, dasturxonning to‘riga tortdi. Abdulla uning kayfi borligini payqab, qar shilik qilmadi va u ko‘rsatgan joyga borib o‘tir di. Negadir hech qayerda Gulchehra ko‘rinmasdi. «Kelmadimikan? – o‘yladi xavotirlanib Abdulla. – Agar kelmagan bo‘lsa, birpas o‘tirib, ketaman». – Xafa bo‘lma, – dedi qayoqdandir uning yoni da paydo bo‘lib qolgan Samad. – Birinchi ichishi... – Zarari yo‘q, – dedi jilmayishga harakat qilib Abdulla. – Kechani o‘zimizga qo‘yib berishdi. Attestat topshirilgandan keyin hamma kattalar ketdi, – dedi Samad. – Direktorimiz yaxshi odam, shuni talab qildi. – Kosagul! – qichqirdi shu tob yana Qosimjon uch marta qars urib. – May! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling