Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
17 , – Ol, – dedi Obid aka qo‘lini oldinga bigiz qilib. It yugurib ketdi. Obid aka belidagi anchamun cha ilgak osilgan kamarini tuzatar ekan, Abdul lani ogohlantirdi: – Faqat orqamdan yurasan. Yonimga ham, oldimga ham o‘tma. – Xo‘p, – dedi Abdulla ho‘l bedazorga qadam qo‘yib. – Ancha otamizmi? – Qancha kerak? – Besholtita otolarsiz? Obid aka kuldi. – Besholtita otish mumkin. Juda bo‘lmasa... U gapini tugatmadi, «paq» etgan o‘q tovushi eshitildi. Abdulla nima bo‘lganini anglab yetgun cha, Teshavoyning og‘zida bir qanotini silkitib turgan bedanani ko‘rdi. It qoyil ish qilgandek, o‘zidan mamnun bo‘lib, dumini likillatgancha Obid akaga tikilib turardi. – Opkel! – dedi Obid aka tizzasiga urib. It yugurib egasining oldiga keldi. Bedana hamon tirik edi. Qanotini silkitib, qon tumshug‘i bilan itning yuziga urilardi. Obid aka uni itning og‘zidan oldida, kamaridagi ilgaklardan biriga bo‘ynidan ildi. Osilib qolgan bedana birikki sil kinib, tinchidi. – Semiz ekan, – dedi Obid aka miltiqni o‘qlar ekan. – Bu ham sening omading. Abdulla indamadi. Birinchi marta ovga chiqqa ni uchunmi, ovning bunday bo‘lishini xayoliga keltirmagan, otilgan narsa o‘sha zahoti o‘lar, deb o‘ylagan edi. U ko‘zini tog‘asining belida likillab turgan bedanadan uzolmas, o‘q teshib majaq bo‘lgan tumshug‘i ko‘nglini aynatardi. «Hozirgi Olmas Umarbekov 18 , na sayrab turuvdi, – o‘yladi u birikki tupurib... – Endi sayramaydi. Endi pati yulinadi, yuvilib, tozalanib oshga bosiladi. Kim yer ekan? Men ye mayman...» – Qayoqda qolding? Yurmaysanmi? – qichqirdi Obid aka. Abdulla o‘ziga kelib, tog‘asining ancha ilga rilab ketganini, uning oldida it dumini cho‘zib, nimanidir iskab turganini ko‘rdi. Ovning zavqi baland kelib, Abdulla hozirgina ezilib xayolidan o‘tkazgan gaplarni unutdida, itga tikildi, Te shavoy birpas tumshug‘ini cho‘zib turdi, keyin sakradi. Nimadir uning oldida pir etib ko‘tarildi. Shu zahoti o‘q uzildi. Qush birikki qanot qoqib yiqildi. It u tushgan joyga qarab yugurdi. – Opkel! – dedi Obid aka yana tizzasiga urib. Teshavoy nimanidir tishlab, egasining qar shisiga yugurdi. Bu ham bedana edi. Lekin bu nisi o‘q tegishi bilan o‘lgan, shuning uchunmi, yo ikkinchi marta ko‘rib ko‘nikdimi, Abdulla jir kanmadi. Quyosh toshloq ustida odam bo‘yi ko‘tarilib, cho‘g‘dek qizg‘ish nurlarini socha boshladi. Kimningdir qichqirgani, keyin mo tor gurillagani eshitildi. Oddiy, har damgidek mehnat va zavq bilan to‘la yangi kun o‘z hayotini boshladi. Allaqayerda qo‘shiq yangray boshladi. Radiodanmi, yo qishloqning o‘zidanmi – Abdulla ajrata olmadi. Qo‘shiq bedanalarning sayrashiga qo‘shilib, g‘alati, shu paytgacha u eshitmagan, go‘zal ohang kasb etdi. Ovni unutib, u shu atro fini to‘ldirib turgan ohanglarga zavq bilan quloq sola boshladi. Ko‘p o‘tmay qo‘shiq tindi, ammo bedazor esa hamon qandaydir sirli, ammo sho‘x, Odam bolish qiyin 19 , o‘ynoqi ohanglar bilan to‘la edi. Yana o‘q uzildi. Abdulla cho‘chib ketdi. – Sanayapsanmi, nechta bo‘ldi? – qichqirdi Obid aka. Abdulla uning yoniga keldi. Obid aka Tesha voyning og‘zidan yangi o‘ljani olar ekan, jiyaniga g‘urur bilan qarab qo‘ydi. – Besholtita devdingmi, boya? – Ha, – dedi Abdulla ilgaklardagi bir tekisda osilib turgan bedanalarga tikilib. – Lekin ko‘p ot ganga o‘xshaysiz... – Ma, sana. Obid aka kamarini yechib, kichkina bir tas mani oldida, ilgaklarni shunga o‘tkazdi va tugun qilib, jiyaniga uzatdi. – Bugun bedana ko‘p. Yana shuncha otsak bo‘ladi. Qani, ol, Teshavoy! U shunday deb oldinga yugurgan itning ketidan yo‘lga tushdi. Abdulla o‘ljalarni sanadi. O‘n bitta bo‘libdi! «Birpasdaya!» – hayron bo‘ldi u va faxr bilan tog‘asiga tikildi. Bedazorni ikkinchi marta aylanib chiqishganda, o‘ljaning soni o‘n beshtaga yetdi. Obid akaning kayfi chog‘ edi. – Qalay, ov tuzukmi? – dedi nonushta qilgani o‘tirishganda. – Zo‘r, – jilmaydi Abdulla. – Aslida ishimni tashlab ovchilikka o‘tib qo‘ya qolsam ham bo‘lar ekan. – Hali ham traktor haydaysizmi? – Sal balandroqdan kel. Hamma traktorchilar ning boshlig‘iman hozir. – O‘sibsizda, – dedi Abdulla ishtaha bilan go‘sht yer ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling