Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
11 , – Tabriklayman! – Abdulla tog‘asining qo‘lini siqdi. – Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rdingmi? – qich qirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi. – Ko‘rdim. Qopqora bir jish, – dedi Obid aka kulib. – Nafasingni sovuq qilma! Qora bo‘lsa, o‘zimiz ga o‘xshar ekanda. – Kimga o‘xshasa ham boshi omon bo‘lsin, oyi! – Xudoyo aytganing kelsin. Hoy, Obid, samo varni yangila, hali zamon oshim tayyor bo‘ladi. Obid aka sevinchidan nimanidir xirgoyi qilib, samovar qo‘ya boshladi. Birdan u qaddini rostla di va o‘choq boshiga qarab baqirdi: – Oyi! Otini nima qo‘yamiz? – Qaydam? O‘zlaring bilasanlar. Hojar buvining shunday deyishida jon bor edi. Bu uyda hamma narsa uning izmida bo‘lib, uning aytgani – aytgan, degani – degan edi. Oldin gi nevaralarining hammasiga ham tug‘ilmasdan ism qo‘ygan, uydagilar rozi bo‘lishgan edi. Lekin ularning bittasi ham turmadi. Kampir ko‘nglida bunisiga o‘g‘il bo‘lsa To‘xtasin, yo Tursun, qiz bo‘lsa Umrinisa qo‘yishni niyat qilib qo‘ygan edi. Ammo hozir ko‘nglini ochgisi kelmadi. Chaqaloq larning turmasligiga o‘zini aybdor his qilganidan o‘zini bu gal chetga tortdi. – Qaydam? O‘zlaring bilasanlar, – dedi u yana ancha jiddiy tusda. – Bo‘lmasa... – dedi Obid aka Abdullaga ko‘z qisib qo‘yib. – Tursun bo‘lsin. Hojar buvi o‘choq boshidan chiqdi. Uning ko‘zlari jiqqa yosh edi. – Aytganing bo‘lsin... – dedi o‘pkasi to‘lib. – Omin! Nevaramning umri uzoq bo‘lsin. Boshi toshdan bo‘lsin!.. Olmas Umarbekov 12 , Hojar buvi yog‘liq qo‘llarini yuziga surtdida, yengining uchi bilan nam ko‘zlarini artdi. Abdul la ko‘z oldida yuz bergan bu voqeadan sevinishini ham, sevinmasligini ham bilmay, qaqqayib turib qolgan edi. Obid aka buni sezdi shekilli, yelkasini birikki qoqib qo‘yib: – Mana, jiyanlik ham bo‘lib qolding, – dedi. Abdulla jilmaydi. Ko‘p o‘tmay hovli qo‘niqo‘sh niga to‘lib ketdi. Hamma shang‘illab yangi meh mon bilan tabriklar, hazillashar, biri olib, biri qo‘yib, qandaydir maslahatlar berardi. – Zavod aya! Endi po‘lat sandiqni shamolla tadigan bo‘ldingizda? Beshik to‘yi o‘zi bo‘lmaydi. – Nima deyapsiz o‘zi! Zavod ayaning po‘lat sandiqlaridagi bisot o‘nta beshik to‘yiga yetadi. – Bahona bilan sarpolik bo‘lib qolarkanmizda, Otinoyi... – Senlarga gap bo‘lsa! – dedi o‘choq boshi dan kapgir ko‘tarib chiqqan Hojar buvi. – Mening po‘lat sandig‘im bilan nima ishlaring bor? – O‘zingiz bilan olib ketmang deyaptilarda, – dedi yosh bir juvon. – Tiling kesilsin, Buvinisa! – dedi jahli chiqqan bo‘lib Hojar buvi. – Senga kimxob kamzulimni atab qo‘yuvdim. Endi berib bo‘pman! Nevaramni uylantiraman deb yuribmanu hali! – Ishqilib, aytganingiz kelsin, Zavod aya! Ne varangizning boshi toshdan bo‘lsin. Yana ancha shang‘illab gaplashib, tarqalishdi. Gap bilan bo‘lib osh tagiga olib ketganini hech kim sezmabdi. – Mayli, ertaga boshqa qilib berarsiz, – dedi Obid aka. – Biz jiyan bilan bedana otib kelamiz. Nima deysan, jiyan? Odam bolish qiyin 13 , – Zo‘r bo‘lardi, – dedi Abdulla sevinib. – Hech bedana oviga bormaganman. – Bo‘pti. Azonda uyg‘otaman bo‘lmasa. Shu tun Abdulla allamahalgacha xayol surib yotdi. U Mingbuloqqa kelganidan xursand, shu ning uchun xayollari ham Mingbuloqdek toza, sho‘x va tiniq edi. II Obid aka va’dasiga muvofiq, g‘ira-shirada Ab dullani uyg‘otdi. – Borasanmi? – Bo‘lmasamchi! – dedi Abdulla ko‘zlarini ish qalab. Shunday dediyu, lekin erinchoqlik bilan o‘rnidan turdi. Hovliga tushganda, Obid aka eski shimko‘ylak, rezinka etik kiyib olib, beliga o‘qdon bog‘lab turardi. – Anovilar senga, – dedi u rovonga ishora qilib. – Bedazor hozir nam, kiyimingni rasvo qilasan. Abdulla apiltapil yuvinib, tog‘asi tayyorlab qo‘ygan eski bir kombinezonni kiydi. Kombine zon katta kelib, pochalari osilib tursa ham unga yarashdi. Bir poyining tagi ko‘chgan etikni kiy ganda esa, tog‘asi kulib dedi: – Traktorchi bo‘lding qo‘yding. – Tuzukmi? – Tuzuk bo‘lganda qandoq!.. Hojar buvi kechagi oshning go‘shtlarini ikkita nonga bosib, to‘rvaga solib berdi. – Shu yerda yeb ola qolaylik? – so‘radi Abdulla qorni ochligini sezib. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling