Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
14 , – U yoqda yeymiz. Buning ham o‘ziga yarasha gashti bo‘ladi, – dedi Obid aka. – Nima deding? – Mayli. – Hayallab qolmanglar, Obid, – dedi Hojar buvi. – Zahroga ovqat olib borasana. Shirguruch qilib qo‘yaman. – Xo‘p. Ular yo‘lga tushishdi. Eshikka yetganda Obid aka: – Teshavoy! – deb chaqirdi. Qayerdandir kichkina olachipor, shalpangqu loq it paydo bo‘lib, ularning oldiga tushdi. – Qayerdan oldingiz buni, tog‘a? – so‘radi Ab dulla itga odamning ismi berilganiga hayron bo‘lib. – Bir ovchi o‘rtog‘imdan oldim. Uning ham oti Teshavoy. It desa, ov desa o‘zini tomdan tash laydi. Zo‘rg‘a oldim. Bir oy yalinib yurdim. Oxi ri berdi. – Obid aka, o‘sha yalinib yurgan kun lari esiga tushdi shekilli, kulib qo‘ydi. – Bir kuni uyiga borsam, hovlida o‘ynatib o‘tiribdi. O‘zida bir emas – to‘rtta. Tag‘in shundog‘ itlarki, sher ni tutib kel desang, tutib keladi. Ko‘p bo‘lsa ko‘z to‘ymas ekanda. Buni poylab yurib, yangi tug‘il ganda oshnasinikidan o‘g‘irlab kelgan. Ko‘rdimu mahkam yopishib oldim. O‘sha kuni endi ko‘zi ni ochgan ekan. Men ham unga ko‘p yaxshilik qilganmanda, oxiri yo‘q deyolmadi. Qo‘liga olib, tumshug‘idan o‘pdi. It g‘ingshib qo‘llarini yalay boshladi. Yana aynib qolmasin, deb sekin gap boshladim. «Teshavoy...» deganimni bilaman, it tumshug‘ini menga o‘girdi. Ikkalamiz kulib yubordik. «Mayli, ola qol», dedi itni menga uzatib. Odam bolish qiyin 15 , «Otini nima qo‘yding?» deb so‘radim, shoshib itni olar ekanman. «Hozir o‘zing qo‘ydingku, Tesha voyda», dedi. Shushu Teshavoy bo‘lib ketdi. It o‘zining nomini eshitib, to‘xtadida, buyruq kutgandek Obid akaga ingichka qora tumshug‘ini cho‘zdi. – Bor, bor, seni chaqirganim yo‘q, – dedi Obid aka qo‘li bilan yo‘lga ishora qilib. Teshavoy kich kina oppoq dumini likillatib, oldinga chopib ket di. – Yaxshi it chiqdi, haromi, – dedi Obid aka ha vas bilan unga qarab. – Hali yana o‘zing ko‘rasan. Ular olmazor etagidagi so‘qmoq yo‘lga buri lishganda, quyosh tog‘ ortidan endigina mo‘ralay boshlagan edi. Olma shoxlaridagi sarg‘aya bosh lagan yaproqlar oltin tangalardek yaraqlardi. Ular ikki kilometrcha yurib, kanal bo‘yiga chiqishdi. Shu yerda qishloq tugab, keng ekinzor boshla nardi. Popuklari qizarib, yetilib turgan jo‘xorizor, uning orqasi ketgancha paxtazor edi. Obid aka jo‘xorizorni aylanib o‘tishganda: – Keldik, – dedi va miltig‘ini yelkasidan oldi. Abdulla oldida bedasi o‘rilgan yaxlit maydon yastanib turardi. – Qani, birpas o‘tiraylikchi, ho zir boshlanadi, – dedi Obid aka sirli ohangda. Ular ariq labiga omonatgina o‘tirishdi. Abdul la tog‘asi nimani boshlanadi, dedi, tushunmadi. So‘rashga esa uyalib, bedazorga tikildi. Jimjit. Hech qanday qushning ovozi eshitilmasdi. Yengil shabada bedaning chuchmal hidini dimoqqa urib esardi. Ular ancha o‘tirishdi. Obid aka oyoqlari orasida tilini osiltirib yotgan Teshavoyning boshi ni silab, xuddi Abdulladek bedazorga tikilardi. Ammo bedazor hamon tinch, unda biron jonivor Olmas Umarbekov 16 , borligidan asar yo‘q edi. Birikki marta chum chuq galasi «gur» etib ko‘tarilib, jo‘xorizor ichida g‘oyib bo‘ldi, xolos. Abdulla zerikdi va tog‘asiga o‘girilib: – Hech narsa yo‘qku! – dedi. – Tiss! – dedi Obid aka nimagadir quloq solib. Shu top qishloq tomonda sigir ma’radi, ke yin qayerdadir yaqin bir joyda nimadir «tiq» etdi. Yana nimadir taqilladi. Baqami, allanarsa birik ki marta «g‘uvakg‘uvak» degan tovush chiqardi. Obid aka Abdullani turtib, «eshit», dedi. Abdulla shu so‘zni eshitishi bilan bir bedananing «pid pildiq»lab ketganini payqadi. Ovoz juda baland va tiniq edi. Ko‘p o‘tmay bedazorning har chekkasi da bedanalar sayray boshladi. Abdulla qaysi bi riga quloq solishini bilmay qoldi. U yosh boladek sevinib, ariq bo‘ylab u yoqdan bu yoqqa yugurar, qayoqda bedana balandroq sayrasa shu yoqqa o‘zini otardi. – Boshlaymizmi? – so‘radi Obid aka. – Birpas turing. Abdulla, o‘lim xavfini sezmay, o‘z ovozidan zavqlanib sayrayotgan bedanalarga quloq so lish bilan band edi, u bu daqiqaning iloji boricha cho‘zilishini istardi. – Kech bo‘lib ketadi. Orqadan odam o‘tib qolishi mumkin, – dedi Obid aka, lekin joyidan qo‘zg‘almadi. Bedanalarning xori tinganday bo‘ldi. U yer bu yerdagina siyrak eshitilib qolardi. – Endi boshlaymiz! Obid aka o‘rnidan turdi. It bir sakrab ariq ichi dan chiqdida, tizzasigacha botib, bedazor ichiga sho‘ng‘idi. Besh metrcha doira chizib aylangach, egasining oldiga kelib, tumshug‘ini cho‘zdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling