Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Olmas Umarbekov
8
,
o‘ynab, u yer bu yeri chaqa bo‘lib qaytsa, jig‘ibiy­
roni chiqardi. 
Abdulla uning yakka­yu yagona nevarasi edi. 
U o‘zi ikkita farzand ko‘rgan edi. Bittasi, Abdul­
laning onasi Shahodat, ikkinchisi, kenjasi Obid 
bo‘lib, u shu o‘g‘li bilan turardi. Shaharga, qizini­
kiga borganda, ikki kundan ortiq turolmas, sha­
har shovqini boshini og‘ritardi, siqilardi. Buning 
ustiga u anchagina qari bo‘lsa ham, mustaqil 
hayot kechirishni istardi. O‘g‘li bilan turishiga 
qaramay, o‘z ro‘zg‘orini o‘zi tebratardi va ko‘pin­
cha o‘g‘li unga yordam berishi o‘rniga, o‘g‘li­
ning kam­ko‘stlarini u to‘g‘rilab yurardi. Shun­
dan bo‘lsa kerak, kim bilan gaplashmasin, o‘zini 
mag‘rur tutar va dasturxon atrofidagi eng yaxshi 
duosi: «Xudo birovni birovga zor qilmasin!» edi. 
Qishloqdagilar uni «Otinbibi» yo bo‘lmasa 
«Zavod aya» deb atashardi. Abdulla otinbibi de­
yishlarining sababini bilardi. Hojar buvi ancha­
gina o‘qimishli ayol bo‘lib, bir qancha kitoblarni, 
dostonlarni yod bilardi, yoshligida Anbarotinga 
ergashib, bir qancha g‘azallar ham bitgan edi. Le­
kin u nima uchun «Zavod aya» deyishlariga tu­
shunolmasdi. Qachonlardir paxta tozalash zavo­
diga yangi kelganlardan biri uni «Zavod aya!» deb 
chaqirgan, shu­shu «Zavod aya» bo‘lib ketgan. 
...Fotihadan so‘ng, Hojar buvi darrov dastur­
xon yozdi, birpasda choy damlab keldi­da, ne­
varasining yoniga o‘tirdi. 
– Voy, Abdulla­ey, voy, bolam­ey! Shunday 
qilib, o‘zim keldim degin? Katta yigit bo‘lib qolib­
san, katta yigit! Dadang qalay? 
– Rahmat, tuzuklar, – dedi Abdulla. – Qon bo­
simlari ancha tushgan. Salom deb yubordilar. 


Odam bolish qiyin
9
,
– Salomat bo‘lsin. Bu kasal unga qayoqdan 
yuqa qoldi ekan? Xudo shifo bersa, tuzalib ketar. 
O‘qishing bittimi endi? 
– Ha. Oltin medal bilan tamomladim. 
– Bo‘yingga qoqiy! 
Ular anchagina gaplashib o‘tirishdi. Abdulla 
sovg‘alarni topshirdi. Hojar buvi ko‘ziga yosh olib 
duo qildi. 
– Tog‘amgilar qani? 
– Tog‘ang balnisaga ketgan, – dedi Hojar buvi 
qandaydir tashvish bilan. – Kelin oyingning ko‘zi 
yoriydigan. Bilmadim bu gal nima bo‘lar ekan, – 
kampir og‘ir xo‘rsindi. – Har bandaning boshida 
bir tashvish bor ekan­da, bolam. To‘rtta tug‘di, 
to‘rttovi ham uyga kelmay qazo qildi. Bunisi endi 
nima bo‘lar ekan? Mayli, ishqilib, tog‘angning 
baxtiga o‘zi omon bo‘lsin. 
Oraga jimlik cho‘kdi. Hojar buvi o‘z xayollariga 
berilib, nevarasini bir daqiqa unutdi. Keyin ses­
kanib, o‘rnidan turdi. 
– Esim qursin, ovqatga unnamay o‘tirishimni 
qara. 
– Ovora bo‘lmang, buvi, qornim to‘q. 
– Ovorasi bor ekanmi? Hozir tog‘ang ham ke­
lib qoladi. Sen birpas cho‘zilgin. Men darrov osh 
qilib kelaman. Bor, mening uyimga kir. 
Hojar buvi pildirab o‘choq boshi tomonga ket­
di. Abdulla qishloqqa kelganidan xursand bo‘lib, 
o‘rnidan turdi. Ancha vaqt hovlining o‘rtasida­
gi nashvati shoxida kukulab turgan musichani, 
o‘choq boshida g‘imirlab yurgan buvisi, mo‘ridan 
g‘o‘zapoyaning achchiq hidini keltirib, burqsib 
chiqayotgan ko‘kimtir tutunni tomosha qildi, ke­
yin esnab ichkarigi xonaga, buvisining uyiga kirdi. 


Olmas Umarbekov
10
,
Bu uyni u juda yaxshi bilar va yaxshi ko‘rardi. 
Uy keng va chorsi bo‘lib, hamma devori tokcha­
lardan iborat edi. Tokchalarga har xil tusdagi kat­
ta­kichik qutichalar, hisobsiz kosa, choynak­pi­
yolalar terib qo‘yilgan edi. Tokchalar o‘rtasidagi 
ustunlarning g‘altak o‘tqazilgan qoziqlarida har 
doim dazmollangan va atir sepilgan sochiqlar 
osig‘liq turardi. Odam kam kirgani uchunmi, 
yo hovlining oftob tushmaydigan joyida bo‘lgani 
uchunmi, uy yoz bo‘yi salqin turardi. 
Abdulla muzdek beqasam ko‘rpacha ustiga 
cho‘zildi. Yumshoq par yostiqning rayhon hidini 
eslatuvchi yengil, yoqimli hidi gup etib dimog‘iga 
urildi. Qo‘llarini yoyib, ko‘zlarini yumdi. Hovlida 
esa musicha hamon kukular, chars­chars yo­
nayotgan g‘o‘zapoya ovozi unga qo‘shilib g‘alati, 
orombaxsh ohang kasb etardi. 
Imtihon tashvishlaridan qutulgan, yuragi 
ming xil orzular, noma’lum, ammo porloq kelajak 
lazzatlari bilan to‘lgan Abdulla o‘zini nihoyatda 
baxtli his qilar va mudrar ekan, yuzlarida tabas­
sum o‘ynar edi. Shu ahvolda u qancha yotdi, ux­
ladimi, yo faqat mudradimi, bilmaydi, bir mahal 
quvnoq, yo‘g‘on erkak ovozini eshitib, turib ketdi. 
Deraza yoniga borib, hovliga qaradi. O‘choq boshi 
oldida tog‘asi onasini quchoqlab, baqirardi: 
– O‘g‘il, oyi! O‘g‘il! Tirik! Tirik!.. 
Abdulla otilib hovliga tushdi. 
– Assalomu alaykum, tog‘a. 
Obid aka uni ko‘rib, onasini qo‘yib yubordi va 
qarshisiga yurdi. 
– O jiyan­e! Bormisan?! Juda yaxshi kel ding­
da. Mana sen ham endi jiyanlik bo‘lib qolding! 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling