Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
206 , tanlash kerak. Kimni? Abdulla Gulchehra haqi da qanchalik o‘ylashga, uning tomoniga og‘ishga harakat qilmasin, ko‘z oldidan Sayyora ketmas edi. Kichkinagina, nozik, qiyiq ko‘zlari doim sho‘x kulib turadi. Undan voz kechish mumkinmi? Otasining qo‘lida ikkalovi birga ishlashsa, bir xonada o‘tirish sa, bir majlisga qatnashishsa! Voz kechsa, uning ko‘ziga qanday qaraydi? Tursunali akaga qanday qaraydi? Jahl ustida uning hayotini buzib yubo rishi ham mumkin. Akademik! Bir kuni Sayyora hazillashib unga otasining «Abdulla bilan aloqala ring qalay? Tuzukmi?» degan xatini ko‘rsatdi. – Javob yozdingmi? – so‘radi Abdulla. – Ha, – Sayyora unga qoshlarini chimirib tikildi. – Nima deding? – Urishib qoldik. Yomon yigit ekan, – deb yozdim. Abdulla cho‘chib ketdi. Bu qizdan har narsani kutsa bo‘ladi. Aynib qolgan bo‘lsaya? – Hazil qilma. – Nega hazil qilar ekanman? Rost. Sen yomon san. Sen bilan yolg‘iz qolib bo‘lmaydi. Abdulla uyalib ketdi. Albatta u Gulchehradan keyin o‘ziga erk berishdan qo‘rqardi. Lekin shun day bo‘lsa ham ba’zan o‘zini tiyolmasdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Sayyora keyingi paytlarda juda kamdankam, o‘shanda ham kunduz kun lari uni o‘z xonasiga kiritardi. Balki bu yaxshidir, o‘ylardi shunda Gulchehrani eslab Abdulla. – Rostdan shunday yozdingmi? Abdullaning rangi oqara boshlaganini ko‘rgan Sayyora unga rahmi kelib, kulib yubordi. – Yo‘q. Siz o‘ylagandan ham yaxshi, deb yozdim. Ma’qulmi shu javob? Odam bolish qiyin 207 , – Juda ham, – Abdulla ochilib ketdi. Shundan bir hafta o‘tganda u birdaniga ikkita xat oldi. Bittasi Gulchehradan, bittasi uydan edi. Abdulla avval Gulchehraning xatini qo‘liga oldiyu, keyin aynidi. Xat ochmasa ham ochilib ketadigan dek ko‘rinib, kayfini buzdi. Sekin stolga qo‘yib, ustiga kitob bostirdida, otasining xatini ochdi. G‘afurjon aka holahvol so‘rab, uning tinchligini, ayasining sog‘ligini, o‘zining ham ancha tuzukligi ni bayon qilgandan so‘ng, shunday yozgan edi: «Kecha kechqurun Tursunali akang keldi. An cha gaplashib o‘tirdik. U seni so‘radi. Qizidan ga pirdi. Bilishimcha, Sayyora juda yaxshi qiz bo‘lgan emish. Birbiring bilan ancha tuzukmishsanlar. Abdulla menga juda yoqadi. Tuzukkina olim bo‘li shi mumkin, dedi. Bitirgandan so‘ng, Sayyorani ham, uni ham o‘z institutimga olaman, aspirantu raga kiritib qo‘yaman, dedi. Ayang ikkalamiz juda xursand bo‘ldik. Bechora ayang ozgina ko‘z yoshi ham qilib oldi. Abdullajon, o‘g‘lim, ko‘pdan beri biz shuni orzu qilardik. Sening katta odam bo‘lishing ni istardik. Anglashimcha, shu niyatimizga yeta yotganga o‘xshaymiz. Ishqilib sog‘ bo‘l. Tursunali akang ketganidan keyin ayang ikkimiz kechasi bi lan uxlamay seni o‘ylab, gapla shib chiqdik. Agar Sayyora bilan yulduzla ring to‘g‘ri kelib qolsa, Tur sunali akang bilan quda bo‘lish biz uchun katta baxt bo‘lardi. Nazarimda, Tursunali akangning ham shunga mayli bor. Iltimosim shuki, keyingi xatingda shu haqda ham ikki og‘iz o‘z fikringni yozib yubor. Salom bilan otang G‘afurjon». Abdulla sevinib ketdi. Demak, hamma narsa uning Sayyora bilan bo‘lishiga qarab ketyapti. Olmas Umarbekov 208 , Demak, u Tursunali akaga yoqadi. U o‘z insti tutiga oladi. Bu endi aniq. Aspiranturada o‘qiydi. Bu ham aniq. Ajoyib qiz, ajoyib oila. Yana nima kerak? Axir uning ham xuddi otaonasidek orzu si shu emasmi? Abdulla shu zahotiyoq javob yoz moqchi bo‘lib qo‘liga ruchka oldi. Shu payt ko‘zi kitob tagidan uchi chiqib turgan qizil xatjildga tushib qoldi. Nima yozgan ekan? Yana «Sog‘in dim, tezroq yil o‘ta qolsaydi...» bo‘lsa kerak. U erinibgina xatjildni yirtdi. Xat juda qisqa edi. Bu o‘sha biz bilgan xat bo‘lib, Gulchehra o‘z yutuqlarini yozgan, sevinchini u bilan o‘rtoqlash gan edi. Abdulla xatni o‘qib bo‘lib o‘ylanib qoldi. U hech qachon qisqa muddat ichida Gulchehra ning bunchalik katta yutuqlarga erishishini kutmagan edi. Albatta, Gulchehra g‘ayratli, mehnatsevar, aqlli qiz edi. Lekin bunchalik bo‘lish!.. Uning shu topda unga g‘ayirligi kelib ketdi va ayni vaqtda u bilan faxrlandi. U yengiltak, oddiy bir qiz bilan yurmagan ekan. Uni yaxshi ko‘rgan qiz juda ta lantli ekan! Gulchehra! Gulchehra!.. Nima qilish kerak? Shunday qizdan voz ke chib bo‘ladimi?! Abdulla qo‘lidagi ruchkani uloq tirib yubordi. Yo‘q, u yozmaydi, hech narsa yoz maydi. Qanday yozadi, nima deb yozadi? Tavba, bunchalik ham qiynoq bo‘ladimi odamga? Nima qilish kerak? Bironta odam bilan maslahat qilsin mi? Lekin kim bilan? Keyin, nima deb masla hat so‘raydi? Yo‘q, bu masalada unga hech kim maslahat berolmaydi. Maslahat so‘rashning o‘zi uyat. Undan rosa kulishlari mumkin. Kulishsa ham mayli, uni haqorat qilishlari mumkin. Axir birovning molmulki, amaliga qarab muhabbat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling