Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116
Odam bolish qiyin
197
,
– U kelganda juda boshqacha bo‘lib ketasan. 
– Shumi? – Gulchehra yengil nafas oldi. 
– Shuning o‘zi ham katta gap. 
– To‘g‘ri, men uni... men uni yaxshi ko‘raman. 
– U­chi? 
– U ham. Ko‘pdan beri. 
Gulchehra shunday dedi­yu, sevinib ketdi. Ab­
dullaning bo‘lgani va ular bir­birini yaxshi ko‘rgani 
qanday yaxshi! Yaqinda uchrashishadi, oz qoldi, 
keyin doim birga bo‘lishadi. Bundan ham katta 
baxt bormi! Lekin, lekin bechora Samad... Unga 
qiyin. O‘zi juda yaxshi yigit. Balki boshqa birovni 
sevib qolar? Qishloqda yaxshi qizlar ko‘p. Nurmat 
akaning qizi­chi? Biram chiroyli, biram yoqimtoy! 
– Meni kechir, Samad, – dedi Gulchehra uni 
yupatishga intilib. – Hech narsa deyolmayman. 
– Yo‘q, sen kechir. Gapirmasam bo‘lar edi. 
Shunday bo‘lishini kutgan edim, kechir... Xo‘p, 
mana uyingga ham yetib keldik. 
Samad darvoza qarshisida to‘xtadi. Gulchehra 
qo‘lini uzatdi. 
– Xayr. 
– Xayr, – Samad uning qo‘lini omonatgina 
siqib, tez orqasiga burildi.
– Samad! 
– Nima? 
– To‘xta,– Gulchehra yugurib uning oldiga bor­
di. – Mendan xafa bo‘ldingmi? 
– Yo‘q, – Samad xomush jilmaydi. – Nega xafa 
bo‘lar ekanman? Yosh bola emasmiz. Xayr. 
Lekin Gulchehra uni qo‘yib yubormadi. 
– Baribir o‘rtoq bo‘lib qolamiz­a? Men seni 
o‘zimning eng yaqin do‘stim deb bilaman. 


Olmas Umarbekov
198
,
– Men ham. Xayr. Oramizda hech qanday gap 
bo‘lgani yo‘q deb hisoblayver. 
Samad ketdi. Gulchehra u qorong‘ilik ichida 
g‘oyib bo‘lguncha ketidan qarab qoldi. U Samad­
ga hozir juda achinib ketgan edi. Lekin nima qila 
olardi. Agar Abdulla bo‘lmaganida­chi? Unda 
ham shunday javob berardi. Samad yaxshi yi­
git, yaxshi o‘rtoq. Unga odam o‘ziga ishongandek 
ishonsa bo‘ladi. Lekin sevgi... sevgi bunga qarar­
midi? 
Yana Gulchehraning xayoliga qishloqdagi qizlar 
keldi. U birontasini yaxshi ko‘rib qolishi mum­
kin. Kishi muhabbat qo‘ymasdan yashay olmay­
di. Albatta birontaga ko‘ngil qo‘yadi. Gulchehra 
shu fikr bilan qanoatlanib, ko‘ngli joyiga tush­
di­da, uyiga kirdi. Zumrad opa uni sabrsizlik bi­
lan kutib o‘tirardi. Ko‘rishi bilan yosh qizlardek 
dik etib o‘rnidan turib, qarshisiga yurdi. 
– Yaxshi o‘tdimi? Nima deyishdi? 
– Juda ham yaxshi o‘tdi, aya, – Gulchehra uni 
quchoqlab, yuzidan o‘pdi. – Biram qo‘rqqan edim! 
Shunaqangi savollar yog‘ilib ketdiki! Odamlarni 
aytmaysizmi? Zal liq to‘ldi. Ovqatim o‘choq boshi­
dami? 
– Men o‘zim olib kelaman. Sen charchagan­
san! 
Zumrad opa g‘izillaganicha o‘choq boshiga 
ketdi. Gulchehra buni istamasa ham, bu gal in­
damadi. Unga bu xotin juda yoqib qolgan edi. Al­
batta avval chiqishtirmadi, hatto ikkinchi marta 
uylangani uchun dadasidan xafa ham bo‘ldi. Le­
kin uning Alisherga, dadasiga bo‘lgan munosa­
batini ko‘rib, o‘zgardi. 


Odam bolish qiyin
199
,
Zumrad opa asli oltiariqlik bo‘lib, tug‘magani 
uchun ikki yil turmush qurishgandan so‘ng, eri 
qo‘yib yuborgan edi. Uning Nurmat akaga qan­
daydir tanishligi bo‘lib, Mingbuloqqa onda­son­
da kelib turardi. Saodat opaning yili o‘tgandan 
so‘ng, Nurmat aka uning haqida Yusuf akaga 
og‘iz ochdi. Yusuf aka rozi bo‘lmadi. Shunda rais 
urishib berdi. 
– O‘zingni o‘ylamasang, bolalaringni o‘yla­
sang­chi! Qachongacha qizing uyga qaraydi? 
O‘qishi kerak, ishlashi kerak. Keyin, kichkina 
emas. Turmush qurib chiqib ketsa, nima qila­
san? O‘g‘lingni kim tarbiyalaydi? 
Bu gap Yusuf akani o‘ylatib qo‘ydi. Ayniqsa, ozib, 
rangi somon bo‘lib ketgan Gulchehrani ko‘rib, rah­
mi keldi. Bir yildan so‘ng to‘rt­besh og‘aynisini ch­
aqirib, osh qildi­da, Zumrad opani uyiga olib keldi. 
Uy birpasda to‘ldi­qo‘ydi. Lekin Gulchehra ancha­
gacha uni «aya» deyolmay yurdi. Uni ko‘rganda o‘z 
ayasi esiga tushib, ko‘ngli buzilar, ba’zi paytlari 
yig‘lab ham olardi. Yusuf akaning: 
– Qizim, men Zumradni seni o‘ylab, ukang­
ni o‘ylab olib keldim. Yetim o‘smalaring, qarovsiz 
qolmalaring, deb olib keldim. Agar xafa qiladi­
gan bo‘lsa, o‘sha kuniyoq javobini berib yubo­
raman. U bunday qilmaydi. Bolasiz odam bola­
ning qadrini biladi. Keyin o‘zining mehribonligini 
ko‘ryapsanmi? Senlarni ko‘rganda oyoqlaringga 
yiqilib poyandoz bo‘laman deydi, – degan gaplari 
ham unga ta’sir qilmasdi. 
Lekin bir voqea sabab bo‘lib, ular bir­birlariga 
yaqin bo‘lib ketdilar. Kelganiga bir yil bo‘lganda 
yig‘im­terim oldidan Zumrad opa bir haftaga Olti­
ariqqa borib, akasini ko‘rib kelmoqchi bo‘ldi­da, 
Alisher bilan yo‘lga otlana boshladi. Gulchehra 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling