Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116
Odam bolish qiyin
221
,
Gulchehra yana nima deb uni yupatishni bil­
may, o‘rnidan turdi. 
– Tushlikka kelasanmi? – so‘radi Zumrad opa 
u hovliga tushganda. – Achchiqqina sho‘rva qilib 
turaman. Kelgin. 
– Kelaman, aya! Xafa bo‘lmang, xo‘pmi? 
Zumrad opa jilmaygan bo‘lib, unga qara­
di. Gulchehra ko‘cha eshikka yetganda, Zum­
rad opani nima ezganini tushundi. Eshik oldi­
da devorga suyoqliq o‘ymakor oq panjara bilan 
katta qora marmar tosh turardi. Toshga: «Saodat 
Saidova, 1924 – 1960» deb yozib qo‘yilgan edi. 
Bu yodgorliklarni ko‘rib Gulchehraning o‘zi ezilib 
ketdi. Unutgan ekanmi, yo o‘ylamagan ekanmi, 
onasi juda yosh ekan. Endigina o‘ttiz oltiga kir­
gan ekan! 
Nimadir tomog‘ini bo‘g‘di. «Aya! Ayajon!» – deb 
qichqirgisi keldi, ammo tishini­tishiga qo‘yib 
o‘zini bosdi. O‘zi­ku, mayli, lekin uyda yolg‘iz 
qolayotgan bechora ayolning dardiga dard qo‘shib 
nima qiladi? Yuragidan quyilib kelayotgan yig‘isi­
ni to‘xtatishga intilib u ko‘chaga otildi. Lekin 
ko‘chada o‘zini tutib turolmadi, onasining o‘limi­
ga o‘z dardi qo‘shilib, yosh o‘zidan­o‘zi quyilib 
ketdi. Kim biladi, agar u tirik bo‘lganda, buncha­
lik ezilmasmidi? Oy sayin, kun sayin yaqinlashib 
kelayotgan falokatning oldini olgan bo‘larmidi, u 
bilan dardlasharmidi? 
Gulchehra shularni o‘ylar ekan, qanday qilib 
pochtaga borib qolganini payqamadi. Pochtada 
pul olayotgan bir mo‘ysafiddan boshqa hech kim 
yo‘q edi. Gulchehra u pulini sanab bo‘lguncha bir 
chekkada turdi. Mo‘ysafid shoshmasdan, hafsala 


Olmas Umarbekov
222
,
bilan barmoqlariga tuflab sanardi. Nihoyat, hi­
sobga yetdi shekilli: 
– Bo‘ldimi? – deb darchadan pochtachi qizga 
egildi. 
– Ha, ota, shu. 
– Rahmat, qizim. 
Chol eshikka yo‘l oldi. 
Menga emas, o‘g‘lingizga rahmat deng, ota, – 
qichqirdi orqasidan pochtachi qiz. 
– O‘g‘lim baraka topsin. Unga rahmat, senga 
ham. 
Chol yana nimalarnidir g‘o‘ldirab chiqib ketdi, 
Gulchehrani ko‘rmadi. 
– Keling, opa! – pochtachi qiz o‘rnidan turdi. 
– Xatmi? 
Gulchehra «ha» deganday iltijo bilan unga qa­
rab boshini qimirlatdi. 
– Yo‘q, opa. Sizga hech narsa yo‘q. 
Gulchehra bo‘shashganicha darcha taxtasiga 
suyanib qoldi. 
Xavotir olmang, opa, – pochtachi qiz uni 
yupatgan bo‘ldi. – Tinch bo‘lsalar kerak­da. 
– Ishqilib shunday bo‘lsin, – sir boy bermay 
dedi Gulchehra. 
– Shunday bo‘lsa kerak. Kelib qolar. Juda 
xavotir olayotgan bo‘lsangiz, telegramma bering. 
Telegrammaning javobi tez keladi. 
– Rost­a! – Gulchehra sevinib ketdi. Nega il­
gariroq shuni o‘ylamagan ekan? – Blanka bering. 
– Mana, opa. 
Gulchehra stol yoniga borib o‘tirdi. Bugun 
telegramma bersa, ertagayoq javobi keladi. Oxirgi 


Odam bolish qiyin
223
,
xatni olmagan bo‘lsa kerak. Olsa, shu paytgacha 
javob bermasmidi?! Olmagan, xat yo‘qolgan. Bu­
naqa voqealar kammi? Yo bo‘lmasa boshqa man­
zilga tushib qolgan. Kim biladi, hozir birovning 
uyida yotgandir balki? Hammasini telegramma 
hal qiladi, ertagayoq hammasi ma’lum bo‘ladi.
Gulchehra shoshib Abdullaning manzilini 
yozdi, keyin, o‘ylanib qoldi. Xatni olgan bo‘lsa­
chi? Axir shu paytgacha olib yurardi, hech xato 
bo‘lmasdi. Nega jim bo‘lmasa? Nahotki u... na­
hotki undan voz kechgan bo‘lsa?! Gulchehraning 
butun vujudi muz bo‘lib ketdi. Yo‘q, yo‘q, bunday 
bo‘lishi mumkin emas! Bunday bo‘lmaydi! Abdul­
la uni tashlamaydi, xat keladi, bugun­erta kela­
di. Shunda butun tashvishlari unut bo‘ladi! 
Gulchehra o‘rnidan turib ketdi, manzil yozil­
gan blankani g‘ijimlaganicha eshikka yo‘l oldi. 
– Ha, opa, yozmaysizmi? – so‘radi pochtachi qiz. 
Gulchehra to‘xtadi. 
– Keyin... balki xat kelib qolar... 
U shunday deb eshikka chiqdi. Ha, kela­
di, kelishi kerak... Lekin ertasiga ham kelmadi. 
Gulchehra endi o‘z kulfati bilan yolg‘iz qolganiga 
aniq ishondi. Bunday paytlarda odam tinchroq, 
xoliroq joy qidirib qoladi. Yolg‘iz bo‘lgisi keladi. 
Gulchehra yolg‘izlikka yolg‘iz edi­yu, lekin xoli joy­
ga muhtoj emas edi. Abdulla har kelganida unga 
shunday joylarni ko‘rsatardiki, tug‘ilib­o‘sgan o‘z 
qishlog‘ida shunday joylar borligini xayoliga ham 
keltirmas edi. Gulchehra idorada ishlari bo‘lsa 
ham tolzor tomon yo‘l oldi. Ko‘prikka yaqinlash­
ganda, ro‘parasidan «GAZ­69» mashinasi chiqib 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling