Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Odam bolish qiyin
245
,
«Qayoqqa borsam ekan? – o‘yladi Gulcheh­
ra. – Tramvayga o‘tirib shahar aylanaymi? Tosh­
kentga birinchi marta o‘zim kelganimda shunday 
qilgan edim. Yaxshi bo‘ladi, ko‘rmagan joylarim 
ko‘p hali». U shunday qildi. Yangi shahar tomon 
ketayotgan tramvayga o‘tirdi. Vagon bo‘sh, hatto 
konduktor ham yo‘q edi. Gulchehra deraza yoni­
ga o‘tirib, ko‘chaga qaradi. Turli­tuman chiroq­
lar, ming xil reklama chiroqlaridan keng ko‘cha 
xuddi xonatlasdek lov­lov yonib turardi. 
Gulchehra ancha aylandi. Tramvay ikki marta 
shaharning u boshidan bu boshiga borib keldi. 
Shahar tinch edi. Faqat Gulchehraning ostidagi 
g‘ildiraklargina bu tinchlikni buzib turardi. Ammo 
Gulchehra bunga ko‘nikib qolgan edi. Uning o‘zi 
ham tinch edi... Dzin, dzin!.. Tramvay to‘xtadi. 
Gulchehra ko‘zlarini derazadan uzmay o‘tiraverdi. 
– Qizim, qayerda tushasiz? 
Gulchehra boshini ko‘tardi. Tepasida shop 
mo‘ylov vagon haydovchi turardi. 
– Adashib qolmadingizmi? 
– Qayerga keldik? 
– Talabalar shaharchasiga. 
– Shu yerda tushaman. – Gulchehra shoshib 
o‘rnidan turdi. 
– Tavba, – dedi haydovchi u tushib ketgach. – 
G‘alati odamlar bo‘ladi­ya dunyoda. 
Gulchehra to‘ppa­to‘g‘ri «Yoshlik» mehmonxo­
nasiga bordi. Bir oz unga qarab turdi, keyin may­
donga o‘tdi. Shu payt qorovul uychasidan Sulay­
mon ota chiqdi. 
– Assalomu alaykum, ota! – dedi Gulchehra. 
– Kimsan? – qorong‘ilik ichida uni tanimay 
so‘radi qorovul chol. 
– Men, men – Gulchehraman, – dedi Gulcheh­
ra cholga yaqinlashib. 


Olmas Umarbekov
246
,
– Bemahalda nima qilib yuribsan, qizim? 
– Uyda o‘tirib zerikdim. Birpas ko‘chalarni 
aylandim. Keyin shu yoqqa keldim. Ko‘rgim kel­
di. Qanday bo‘lar ekan? Odamlarga yoqarmikan? 
– Yoqmay­chi, bolam! Shahardagi eng ko‘hlik 
bino bo‘ladi bu. 
– Rahmat, ota. 
– Ha, menga ishonaver, – dedi chol g‘ururla­
nib... – Sulaymon ota yolg‘on gapirmagan. Ro­
hatijon joy bo‘ladi bu yer. Hammaning savobiga 
qolasan hali.
Aytganingiz kelsin, ota, – dedi jilmayib 
Gulchehra. U shunday deb o‘ylanib qoldi. Uning 
ikkala ko‘zi qorong‘ilikni yorib, bahaybat qush­
dek uchishga hozirlanib qanotlarini yozgan bino­
da edi. Uniki ham shundan qolishmaydi. Qush­
dek yengil, go‘zal bo‘ladi. Qorovul cholga ham 
shunday tuyuldi shekilli, faxr bilan dedi: 
– Uchaman deb turibdi! 
Gulchehra indamadi. Keyin bitta­bitta yurib, 
mehmonxona binosi ichiga kirib ketdi. Yangitdan 
choy qo‘yish uchun ichkariga kirgan Sulaymon 
ota uning qayoqqa ketganini ko‘rmay qoldi. Bir­ik­
ki «Gulchehra!» deb chaqirdi, javob bo‘lmadi. 
– Ishqilib, umri uzoq bo‘lsin, – dedi Sulaymon ota. 
Gulchehra bino devorlarini paypaslab, hali 
tarashlanmagan zinadan beshinchi qavatga 
ko‘tarildi. Ertalab chiqqan balkoniga ehtiyotlik 
bilan o‘tdi. Kecha sutdek oydin edi. Uzoq­yaqinda 
qorayib turgan teraklar yengil shabadadan ohista 
tebranib, og‘irligini bir oyog‘idan ikkinchi oyog‘iga 
olib turgan pahlavon soqchilarga o‘xshardi. Olis­
da televizion stansiya minorasining qizil chiroq­
lari ko‘rindi. 


Odam bolish qiyin
247
,
«Nima ketayotgan ekan hozir? – o‘yladi 
Gulchehra. – Botir kuylayotganmikin? «Maro 
bibo‘s»mikan?» U shu qo‘shiqni yaxshi ko‘rardi. 
Ayniqsa, Botir Zokirov aytganida. Qo‘qonda kim­
dir aytdi, o‘xshata olmadi. Gulchehraga Botir ning 
ovozidan ko‘ra, shu qo‘shiqni aytayotgan 
dagi 
kayfiyati yoqardi. Qo‘shiq go‘yo uning uchun­
gina yaratilgandek, u bilan tirikdek tuyulardi. 
Gulchehra shunday o‘ylar ekan, qulog‘i ostida 
shu qo‘shiq yangrayotgandek, chiroqlar ichidan 
esa ashulachi unga qarab turgandek, hozir faqat 
uning uchun kuylayotgandek bo‘ldi. Beixtiyor qu­
loq soldi. Tramvay chinqirib burila boshladi. Shu 
zahoti aspirantlar yotoqxonasi oldida nimadir 
chirsillab yondi­yu, darhol so‘ndi. Gulchehra kaf­
tini yuziga tutdi, ammo anchagacha kamalak tus 
olov yallig‘i ko‘z oldidan ketmadi. 
Tramvay uzoqlashib, yana hamma yoq jimjit 
bo‘lib qoldi. Gulchehra ko‘zlarini ochib atrof ga 
qaradi. U hech mahal tungi Toshkentni tomosha 
qilmagan edi. To‘g‘ri, bir marta samolyot kech 
uchib, qorong‘i tushganda Toshkentga kelgan edi. 
O‘shanda, samolyot pastlayotganda, darchadan 
shaharga qarab hayron qolgan edi. Hamma yoq 
chiroq... xuddi shaxmat taxtasiga o‘xshaydi. Faqat 
bu taxta oq­qora emas, ming xil bo‘yoqda tovlana­
di. Hozir ham tungi Toshkent shunday go‘zal edi, 
odamning suqi kelardi. Gulchehra simirib nafas 
oldi, muzdek havo tomog‘ini qitiqlab o‘tdi. 
Yana ancha vaqt baland­past imoratlar orasi­
dagi sho‘x chiroqlarga termilib turdi­da, boshini 
ko‘tardi. Osmon to‘la yulduz. Oyning nim rang 
gardishi adashib paydo bo‘lib qolgan bir quloch 
bulut pardasi orqasiga o‘tib, tunni qoraytirdi­da, 
ko‘p o‘tmay mo‘ralab chiqdi. Daraxtlarning barg­



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling