Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116
Odam bolish qiyin
251
,
Kechga yaqin militsiyada marhuma haqida 
aniq ma’lumot to‘plandi, tekshirishlar yakun­
landi. Lekin marhuma o‘zini tashlaganmi, yo ta­
sodifan tushib ketganmi – bu savol yechilmadi. 
Kim biladi, balki chindan ham tushib ketgandir? 
Hamma yoq qorong‘i bo‘lsa, balkonning panja­
ralari hali qoqilmagan bo‘lsa?! Ortiqcha qadam 
qo‘yib yuborgan. Militsiya xodimlari shunday qa­
rorga kelib, odamlarga ruxsat berishdi. 
XXII
Qosimjon bilan Zubayda praktikadan qaytib 
kelishganda Gulchehraning o‘lganiga uch kun 
bo‘lgan edi. Abstutay ularni ko‘rishi bilan yig‘lab 
yubordi.
– Qosimjon, o‘g‘lim, Gulchehradan ayrilib qol­
dik!.. Gulchehra o‘lib qoldi. 
– Nima?! – Qosimjon qotib qoldi. 
– Onasi chaqirdi uni, onasi!.. Xudo ko‘p ko‘rdi 
uni bizga! 
Kampir yig‘i aralash bo‘lgan voqeani zo‘rg‘a­
zo‘rg‘a gapirib berdi. 
– Hammasiga o‘sha yigit aybdor! Oti qurg‘ur Ab­
dulla! O‘tgan kuni samolyotda olib ketishdi. Qa­
rindoshlari, institutdagilar olib ketishdi. Bechora 
qiz... Onasining yoshiga kirsa ham mayli edi. 
Qosimjon shu zahotiyoq yo‘lga tushdi. Qosh 
qorayganda Mingbuloqqa kirib bordi. Gulcheh­
raning uyi atrofida tumonat odam. Ichkaridan 
ayollarning yig‘isi eshitilardi. Qosimjon odamlar 
orasida boshini xam qilib turgan Samadni ko‘rib, 
uning yoniga bordi. 
– Qachon ko‘mdilaring? 
– Kecha. 


Olmas Umarbekov
252
,
– Yusuf aka qalay? 
– Uni so‘rama, – Samad xo‘rsindi. – Kecha­
dan beri tildan qolgan. Hech narsani bilmaydi. 
Raisning uyiga yotqizib qo‘ydik. Tepasida doktor. 
– Ablah! Men uni sog‘ qo‘ymayman! 
– O‘zingni bos, – dedi Samad. – Falokat ustiga 
falokat qo‘shilmasin. U bilan keyin gaplashamiz. 
– Xabari bormi? 
– Men xabar bermoqchi emasdim. Mamlakat 
telegramma berib qo‘yibdi.
– Kim u? 
– Pochtachi qiz. 
– Adresini bilar ekanmi? 
– Gulchehra pochtaga borib xat olardi. Bu yoq­
qa yur. 
Ular odamlar orasidan chiqib, kanal labiga 
o‘tirishdi. 
– Manavini Gulchehra ko‘rmay ketdi. – Samad 
Abdullaning so‘nggi telegrammasini o‘rtog‘iga 
uzatdi. 
– Kimdan? 
– Kimdan bo‘lardi... 
Qosimjon telegrammani o‘qib chiqdi. Qo‘llari 
musht bo‘lib tugildi. 
– Ablah! 
Ikki o‘rtoq jim qolishdi. Samad boshini tiz­
zalari orasiga olib, xayolga cho‘mdi. 
– Qosim, – dedi u bir mahal chidolmay. 
– Labbay? 
– Men... men uni yaxshi ko‘rardim!.. Esimni 
taniganimdan beri yaxshi ko‘rardim!.. 
Samad titrab yig‘lab yubordi. Qosimjon uning 
orqasiga qo‘lini qo‘ydi, bir narsa deb ovutmoqchi 
bo‘ldi, ammo tiliga hech narsa kelmadi. 
...Xuddi shu paytda Abdulla samolyotdan 
tushib Toshkent – Qo‘qon poyezdiga o‘tirgan edi. 


Odam bolish qiyin
253
,
Telegrammani olganida, avval u ishonmadi. Bir 
necha marta o‘qib chiqdi. Keyin, birdan sodir 
bo‘lgan dahshatga tushunib, dodlab yubordi. U 
bunday bo‘lishini sira kutmagan edi. Shoshib 
kiyindi. Shkaf ustida chang bosib yotgan joma­
donini olib, nimalarnidir soldi, keyin jahl bilan 
uloqtirib tashladi­da, pastga otildi. 
«Endi nima bo‘ladi? Endi nima qilaman?» – 
derdi u nuqul samolyotda ham, poyezdda ham. 
Gulchehra nima qilib qo‘yganini u bilmasdi. Lekin 
nima qilib qo‘ygan bo‘lsa ham, bunga o‘zi aybdor 
ekanini bilardi. Nima degan odam bo‘ldi u endi? 
Odamlarning yuziga qanday qaraydi? Qanday 
yashaydi? U shunday o‘ylar ekan, ko‘z oldidan 
Gulchehraning siymosi ketmasdi, qayoqqa qa­
ramasin, uning kulib turgan ko‘zlariga to‘qnash 
kelardi. Bu ko‘zlar ta’na qilmasdi, yo‘q, ular unga 
mehr bilan boqardi, ular sevinchga, sevgiga lim­
mo­lim edi. 
Abdulla Mingbuloqqa kirguncha ularning 
ta’qibidan qutulolmadi. Mingbuloqqa kirganda esa, 
xayoli bo‘lindi. Olisda bir guruh odamlar ko‘rin­
di. Ular Gulchehralar uyining oldida turi shardi. 
Abdullani qo‘rquv bosdi. Odamlarning hammasi 
unga yov nazari bilan qarab turgandek tuyular­
di. Ularga ko‘rinmaslik uchun devor yoqalab yura 
boshladi. Uning rangida rang qolmagan, tizzalari 
qaltirardi. Bir amallab buvisi ning uyi ga yetib kel­
di. Hovliga kirdi­yu, xuddi birov quvlayotgandek
eshikni orqasidan shoshib tanballadi. Hovlida 
hech kim yo‘q edi. Abdulla ayvonga ko‘tarildi. 
– Buvi! – chaqirdi u sekin. Hech kim javob 
bermadi. 
– Tog‘a! 
Yana jimlik. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling