Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116
Olmas Umarbekov
248
,
lari kumushdek yaltirab ketdi. Gulchehra oyga 
termilib, xuddi u bilan suzib ketayotgandek bo‘ldi. 
Darhol balkondaligini esladi­da, devorni ush­
lamoqchi bo‘lib qo‘lini orqaga cho‘zdi va tisarildi. 
Ammo orqasida hech narsa yo‘q edi. Gulchehra 
osmonga tikilib devorga yoni bilan turib qolgani­
ni unutgan edi.
«Ota!» – dedi u yuragi shuvillab, ammo ovozi 
tomog‘ida qoldi. Qo‘llarini yoyganicha pastga 
sho‘ng‘idi. «Qushga o‘xshayman­a» – xayolidan 
o‘tdi uning. Keyin hushini yo‘qotdi. 
XXI
Sulaymon ota ertalab, g‘ira­shirada qurilish 
maydonini kuzatib kelar ekan, standart beton 
plita ustida yotgan bir ayolni ko‘rib qoldi. Ayol­
ning oyoq­qo‘llari yoyilgan, oppoq ko‘ylagi beliga­
cha ko‘tarilgan edi. Sulaymon ota uning bu qiyo­
fasini ko‘rib, jahli chiqdi, «Ayol boshingga ichib 
nima qilarding?!» dedi ichida, keyin yomon fikr 
xayolidan o‘tib, shoshib ayolga yaqinlashdi. Ya­
qinlashdi­yu, dahshat ichida qotib qoldi. Ayol­
ning kallasi yo‘q edi, to‘g‘rirog‘i, majaqlanib, yel­
kalariga yopishib yotardi. 
Sulaymon ota nimadir deb o‘zicha g‘o‘drandi, 
qo‘rqa­pisa ayolga yana bir marta ko‘z qirini tash­
ladi­da, keyin orqaga tisarildi, uch­to‘rt qa dam 
bosgach, o‘zini tutib oldi shekilli, qorovulxona to­
mon jon holatda yugurib ketdi. Ko‘p o‘tmay milit­
siya xodimlari yetib kelishdi. Sulaymon ota ular­
ni o‘sha ayol yotgan joyga boshlab borar ekan: 
– Xotin!.. Bir xotin... o‘lik!.. – derdi, boshqa 
hech narsa gapirolmasdi. Telefonda ham shu uch 
so‘zdan boshqa hech narsani aytolmagan edi. 


Odam bolish qiyin
249
,
Militsiya xodimlari ketidan qoqilib­suqilib bo­
rar ekan, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib, sho‘r tom­
chilar qalin mo‘ylovi orasidan og‘ziga tushayot­
ganini, necha yillardan beri o‘qlanmay, o‘qdoni 
zanglab ketgan eski miltig‘ining qo‘ndog‘i tosh­
dan­toshga tegib sudralib kelayotganini sezmas­
di. Uning ikkala nam ko‘zi ayol yotgan tomonda, 
butun xayoli hozirgina yakka o‘zi guvoh bo‘lgan 
fojiada edi. Beton plita yoniga yetib kelishganda, 
Sulaymon ota besh qadamcha narida tuproqqa 
qorishib yotgan bir poy tufliga ko‘zi tushdi. Yu­
gurib borib uni oldi. Oltin rang tasmali, oppoq bu 
tufli ayolning oyog‘idan tushib qolgan edi. Sulay­
mon ota beixtiyor o‘likka yaqinlashib, tuflini kiy-
gazib qo‘yish uchun engashdi. Shu payt kimdir: 
– Qayerdan oldingiz? Joyiga olib borib qo‘ying! 
– dedi. 
Sulaymon ota yosh boladek chopib borib, 
buyruqni bajardi. Militsiya xodimlari o‘likning 
atrofini aylanib chiqishdi-da, uning ro‘parasida 
to‘xtashdi. Ammo Sulaymon ota ularga parvo qil­
masdi. Uning ko‘zi o‘likning shalvirab yotgan qo‘li­
dagi soatda edi. Soat unga tanishdek tuyulgan, 
shuning uchun unga tikilib qolgan edi. Bir mahal 
u titrab ketdi, nimadir deb shivirladi, keyin: 
– Gulchehra! Bolaginam! – deb qichqirib 
yubordi. 
Militsiya xodimlari nima bo‘lganiga tushunib 
yetgunlaricha, chol hushidan ketib, o‘likning oyoq 
tomoniga gurs etib yiqildi. O‘ziga kelib ko‘zini och­
ganda, militsiya xodimlari bilan birga tepasida bir 
nechta oq xalat kiygan kishilar turi shardi. 
– Uni... uni taniyman, – dedi Sulaymon ota 
turishga harakat qilib. – Taniyman... Shu bi­


Olmas Umarbekov
250
,
noning qog‘ozini chizgan. Gulchehra, bolaginam. 
Nima qilib qo‘yding o‘zi, qari, devona chol?! 
– Ota, tuzukroq gapiring, nima bo‘ldi o‘zi? – 
so‘radi kimdir. – O‘likni qachon ko‘rdingiz? 
Sulaymon ota plita burchagiga omonatgina 
o‘tirdi. 
– Ertalab ko‘rdim o‘likni... Lekin uni kecha 
ko‘rganman. Kecha shu yerga kelgan edi... 
– Qay payt? 
– Kechqurun. Kechqurun kelgan edi, ancha 
kech bo‘lib qoluvdi. Soat necha bo‘ldi, deb so‘ra­
gan edim undan. Chorak kam o‘n ikki edi, ha, 
chorak kam o‘n ikki degan edi... 
– Ota, o‘zingizni bosing, bir chekkadan gapi­
ring, – dedi militsiya xodimlaridan biri. – Yozib 
olishimiz kerak. 
Sulaymon ota «xo‘p» deya boshini og‘ir silkitdi. 
Keyin, bilganlarini aytib berdi. Lekin Gulchehra 
o‘shandayoq bino tepasiga ko‘tarilganmi, yo ke­
yin kelganmi – qorovul chol bilmasdi. Qizning 
o‘limiga uni aybdor hisoblashlari mumkinligidan 
cho‘chib va unga achinib: «Nega tepaga chiq­
madim? Nega o‘shanda uni qidirmadim? Ahmoq 
chol!» – deb o‘z­o‘zini so‘kardi. 
Oradan bir soat o‘tar­o‘tmas o‘lik ekspertiza­
ga olib borildi. Tekshirildi. Uning beshinchi qa­
vatdan tushib ketgani aniq edi. Hech kim unga 
suiqasd qilmagan. Marhumning badanida ham, 
binoda ham buni isbotlaydigan dalil topilmadi. Le­
kin militsiyaga bir narsa qorong‘i edi: u tasodifan 
tushib ketganmi yo o‘zini tashlaganmi?! Shuning 
uchun binoni yana sinchiklab tekshirishdi, o‘lik­
ni ham rentgenga solib ko‘rishni lozim topishdi. 
O‘sha zahotiyoq marhuma idorasiga – politexnika 
institutiga xabar qilindi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling