Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
Olmas Umarbekov
242
,
ko‘rsatdi, bog‘iga olib bordi. Bog‘i shunday sha­
harchaga tutash ekan. Qovun polizga olib kirib, 
handalak so‘yib berdi. Oxirgi borganida Gulcheh­
ra mehmonxonaning beshinchi qavatiga ko‘tarildi. 
– Ehtiyot bo‘l, bolam! – ogohlantirdi pastdan 
Sulaymon ota. – Bitmagan imoratga chiqish xavfli! 
Gulchehra quloq solmadi. Hali panjarasi 
o‘rnatilmagan boloxonaga chiqib, atrofni tomo­
sha qildi. Bu yerdan shahar ko‘m­ko‘k o‘rmon 
ichiga yashiringandek ko‘rinardi. Katta­katta 
daraxtlar ostidan faqat uylarning oq, qizil tom­
larigina ko‘zga tashlanardi. Olisda tog‘. Ko‘kka 
bo‘y cho‘zgan, cho‘qqilari kumushdek oppoq 
tog‘... G‘ir­g‘ir shabada esadi, sochlarini taraydi, 
yuz­ko‘zini silaydi... 
Gulchehra shu yerda turib, yangi bir narsani 
o‘ylab qoldi. Qahvaxonaning ustini ochiq ayvon 
qilsa yaxshi bo‘lmaydimi? Buning hech qiyin­
chiligi yo‘q. Tomi baribir betondan qilinadi. Qiy­
inchiligi yo‘q. Ha, shunday qilish kerak. Ertagay­
oq taklif qiladi, loyihani o‘zgartiradi. Nega ilgari 
shu fikr xayoliga kelmadi ekan? 
U pastga tushdi. 
– Qalay? Yaxshimi? – so‘radi Sulaymon ota. 
– Nimasini aytasiz! Havosi juda ham yaxshi. 
– E, jannat, bolam, jannat, – dedi g‘urur bi­
lan Sulaymon ota. – Uyim buzilsa ham, shu­
ning uchun bu yerdan ketmayapman­da. Shahar 
bitsin, juda allambalo joy bo‘lib ketadi... 
Gulchehra yo‘lga tushdi. Xadraga kelganda 
univermagga borish esiga kelib qoldi. Shu tram­
vayning o‘zidayoq o‘quvchilar saroyigacha keldi. 


Odam bolish qiyin
243
,
Sotuvchi qiz aldamagan ekan. Uni ko‘rishi bilan 
chaqirdi. 
– Mana, kiyib ko‘ring. 
Gulchehra shippakni olib, peshtaxta yonidagi 
stulga o‘tirdi. Shippak chiroyli edi. Oppoq, beli­
dan ingichka oltindek zanjir o‘tkazilgan, poshna­
si ham baland emas, yurishga oson. Gulchehra 
kiyib ko‘rdi. Yaxshi keldi. 
– Rahmat, shuni olaman, – dedi sotuvchiga. 
Sotuvchi qiz shippakni o‘rab berdi. Shu payt 
kimdir Gulchehrani orqasidan quchoqladi. 
– Voy, kim? – hayratlanib dedi Gulchehra. 
Ayol kishining qah­qah kulgisi eshitildi. 
Gulchehra o‘girildi. 
– Voy, opoqi, sizmisiz, – Gulchehra shunday 
dedi­yu butun vujudi bo‘shashib ketdi. Bu ayol 
Shahodat opa edi. 
Boyatdan beri qarab turibman, Gulchehra­
mi, boshqami deb. Yaxshimisan, omonmisan? 
Uydagilar tinchmi? Qachon kelding? 
– Bir haftacha bo‘ldi, – dedi zo‘rg‘a ovozi chiqib 
Gulchehra. – Institutga chaqirishgan edi. 
– Voy, qizi tushmagur! Shuncha bo‘libdi­yu, 
bunday biznikiga kirmaysanmi? 
– Kirarman! O‘zingiz tinchmisiz? – Gulcheh­
ra shunday dedi­yu, «Xuddi Abdullaning o‘zi­ya! 
Qoshi ham, ko‘zi ham!» – degan fikr xayolidan 
yashindek chaqib o‘tdi. – Amakim qalaylar? 
– Xudoga shukur. Ancha yaxshi hozir. To‘y 
taraddudidamiz chol­kampir. 
– To‘y?! 
– Abdullani uylantiradigan bo‘lib qoldik. 


Olmas Umarbekov
244
,
Gulchehra yalt etib Shahodat opaga qaradi, 
Qaradi­yu, «Kimga?» degan savol og‘zidan qanday 
chiqib ketganini bilmay qoldi. 
– O‘zi bilan o‘qiydi. Juda yaxshi qiz. 
Gulchehra gandiraklab ketdi. Bir­ikki qadam 
tisarilib peshtaxtaga suyanib qoldi. Shahodat 
opa buni payqamadi. Atrofga alanglab, gapida 
davom etdi: 
– Biram aqlli, biram aqlli, xuddi otasining o‘zi! 
Otasi akademik Qurbonov­da! Eshitganmisan? 
Shu yozda to‘y bo‘ladi. 
– Tabrik... tabriklayman, – dedi o‘zini tutib olib 
sekin Gulchehra. – Baxtli bo‘lishsin. – Bor kuchi­
ni to‘plab u qaddini rostladi. – Baxtli bo‘lishsin. 
Shundan keyin u yana nima deganini, qanday 
qilib magazindan chiqqanini, qanday qilib uyga 
yetib kelganini bilmaydi. Oqshom payti Abstutay 
uning xonasiga kirganda, Gulchehra hamma nar­
saga befarq holda ko‘zlarini shiftga tikib yotardi. 
– Nima bo‘ldi, qizim? – kampir uning pesha­
nasiga qo‘lini qo‘ydi.
Gulchehra indamadi. Shu alfozda u kechga­
cha yotdi. Kechqurun esa o‘rindan turdi. Oyna 
oldiga kelib, sochini taragan bo‘ldi. Quloqlarining 
orqasiga, bo‘yniga atir sepdi. Keyin boyagina ol­
gan oq tuflisini kiyib, hovliga tushdi. 
– Shu topda qayoqqa, qizim? – so‘radi xavotir­
lanib Abstutay. 
– Bir aylanib kelaman, boshim og‘riyapti, – 
dedi Gulchehra, keyin eshik tomon yurdi. 
– Hayallab qolma bemahalda, – qichqirdi orqa­
sidan Abstutay. 
Gulchehra O‘rdagacha piyoda keldi. «Yaxshi 
tufli olibman, – dedi muyilishda havas bilan oyoq-
lariga qarab. – Yumshoq, yengil. O‘zi ham menga 
yarashibdi». Tramvay o‘tdi. U bo‘m­bo‘sh edi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling