Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
230 , – Nega? – Svetkaning o‘zi hozir yetarmish. Sveta – qizim, uch yoshga to‘ldi. Ajoyib qiz. Menga o‘xshay di. Yuzko‘zlari ham, qiliqlari ham. Kechagacha tinch yuruvdi, hech qanday gapso‘z yo‘q edi. Kechqurun kelsam, uyda yo‘q. Ancha poyla dim, yo‘q. Keyin qornim ochib oshxonaga kirdim. Choy qo‘ymoqchi bo‘lib choynakni olsam, tagida xat. «Kechir, Vitenka! Men kasalxonadaman. Uch kunda chiqaman...» – Uch kunda? – nimadandir jonlanib so‘radi Abdulla. – Ha! «Uch kunda chiqaman. Agar istasang, kelib ketishing mumkin». Kelib ketishim mum kinmish! – Viktor istehzo bilan kulib qo‘ydi. – Yu gurdim. Borsam, shu ahvol. Kechikibman. – Tuzukmi o‘zi? Qachon chiqadi? – Ikki kundan keyin chiqadi. – Ikki kundan keyin? – hovliqib so‘radi Abdulla. – Ha. Nima edi? – Yo‘qyo‘q, hech nima! – Abdulla o‘zini bo sishga harakat qilib dedi: – Endi nima qilasan? – Nima qilardim? Bo‘lar ish bo‘ldi, – Viktor xo‘rsindi. – Xo‘p, xayr. Svetik uyda yolg‘iz. – Xayr. Viktor shoshib yo‘lga tushdi. Abdulla o‘zida yo‘q shod edi. Yo‘li topildi! Hoziroq Gulchehraga xat yozadi, yo‘q, telegramma beradi. Qiyin emas ekanku, nihoyatda uch kun! Boring, bir hafta bo‘lsin. Nahotki Gulchehra shuning uddasidan chiqolmasa?! Kichkina emas axir. Yonatrofda pochta ko‘rinmadi. Ko‘ringani ham berk edi. Abdulla mehmonxona tomon jadal Odam bolish qiyin 231 , yurib ketdi. Shu yerda pochta tun bo‘yi ishlardi. Telegrammani u juda qisqa va faqat Gulchehra gina tushunadigan qilib yozdi. «Agar kerakli ido raga murojaat qilsangiz, hammasi joyida bo‘ladi. Salom bilan Abdulla». U telegrammani topshirdi va og‘ir ishdan qutulgan odamdek ancha yengil lashdi, ko‘ngli joyiga tushdi. «Gulchehra endi mendan xafa bo‘lmasa bo‘ladi, – xayolidan o‘tkaz di u. – Bundan ortiq nima qilish mumkin? Eng yaxshi yo‘l hozir shu». Abdulla shunday o‘yladiyu, birdan Gulchehra unga anchagina begona bo‘lib qolganini payqadi. Uylanish haqida gap bo‘lishi mumkin emas endi. Innaykeyin, uylanaman deb va’da bermagan. Yaxshi ko‘rish – birga bo‘lish degan gap emasku! Birga bo‘lamiz deb hamma sevishganlar gapira di. Lekin har doim birga bo‘lavermaydi. Albatta, Gulchehra ozgina qiynaladi. Nachora? Yoshlik – sho‘xlik, yengiltaklik. Adashganlar kammi? O‘n yilo‘n bir yil turmush qurganlar ajralib ketish yaptiku! Ularga hali nima bo‘libdi? Sevgini bo‘g‘ib bo‘lmaydi. Sayyorani sevib qol gan ekan, bunga u aybdor emas, ko‘ngil... Ko‘ngil ni cheklab bo‘lmaydi. Buning ustiga Gulchehraga bir necha bor, birga ketaylik, birga o‘qiylik, dedi. O‘zi ko‘nmadi. Birga o‘qishganda, kim biladi, bal ki birga bo‘lisharmidi?! Bir oz qiynaladi, keyin un utib yuboradi, baxt faqat birinchi sevgida emas. Abdulla o‘sha kuni o‘z mulohazalaridan o‘zi xursand bo‘lib, ikkinchi telegrammani ham yozdi. Bu telegramma uyiga, onasiga edi. «Men rozi. Ix tiyor o‘zlaringda. Salom bilan o‘g‘lingiz Abdulla». Olmas Umarbekov 232 , XX Gulchehra bir haftadan beri Toshkentda edi. Abdulladan hech qanday darak bo‘lmay, qo‘rquv va iztirob ichida yurganida institutdan xat kelib qoldi. Rektorat uni jyuri mukofotini olish va qu rilish ishlari boshlanishi oldidan loyiha haqida quruvchilarning ba’zi mulohazalari bilan tani shish uchun Toshkentga kelibketishini so‘ragan edi. Gulchehra butun tashvishlariga najot topol gandek, darhol yo‘lga otlandi. Vokzalga uni Yusuf aka bilan Samad kuza tib qo‘yishdi. Toshkentda Gulchehra kursdosh o‘rtoqlarining birontasi bilan maslahatlashib, uyda qabul qiladigan vrachga murojaat qilishni mo‘ljallagan edi. Shuning uchun ham Toshkentga kelishi bilan, Sanobar ismli bir ayol bor edi, shuni kiga qarab yo‘l oldi. Sanobar o‘rtog‘i bilan obodon chilikloyihalash institutida ishlardi. Kamgap, sermulohaza ayol edi u. Gulchehra imtihon top shirgani kelganida, ko‘pincha u bilan birga dars tayyorlar edi. Bir qiz, bir o‘g‘li bor edi Sanobarning. Poyezdda bor tanishlarini birbir sanab chiqar ekan, shu juvon bilan dardlashishni negadir lozim topdi. Sanobar Chilonzorning qaysi bir da hasida turardi. Aniq manzilni Gulchehra eslol madi. Uyining ro‘parasida katta bir gastronom borli gini bilardi. Taksiga o‘tirib ancha aylangan dan so‘ng, nihoyat topdi. Ammo uyda hech kim yo‘q edi. Gulchehraning birdan oyoqqo‘li muz bo‘lib, bo‘shashib ketdi. Yana qo‘ng‘iroq tugma sini bosdi. Javob bo‘lmadi. Eshik tagida nima qilishini bilmay, ancha turib qoldi. Bir mahal |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling