Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
218 , joyida turib qoldi. Nazarida rangi so‘ngan, ko‘z ostilari bilinarbilinmas qoraygan edi. Buning nimadanligini u bilardi, uyqusizlik, yig‘i, turli xil ko‘ngilni g‘ash qiluvchi o‘ylar... Ammo lablari nega muncha qalinlashib ketdi? Bu nimadan? Nahotki homiladorlik belgisi bo‘lsa? Gulchehra shuni o‘yladiyu, cho‘chib ketdi. Agar shunday bo‘lsa, ayasi ham sezgandir? U beixtiyor qornini ushladi. Ammo hech narsa payqamadi. Ko‘ylagini sidirib orqasiga tortdida, oynaga qa radi. To‘lishgan ko‘kraklari ham, kichkina qorni ham avvalgidek o‘zgarishsiz edi. Bundan ko‘ngli bir oz taskin topgan bo‘lsa ham, g‘ashligi tarqa madi. Bo‘shashib kursiga o‘tirdida, yana oyna ga tikildi. Biroq oynada u so‘lg‘in yuzlarini ham, quyuq, chimirilgan qoshlarini ham, hech narsani ko‘rmasdi. Xayoli bir narsa bilan band edi. Nima qilish kerak? Nima qilsa, bu falokatdan qutuladi? O‘z ahvoli faqat o‘zi uchun emas, otasi uchun ham, butun qishloq uchun ham katta falokat bo‘lib borayotganiga u allaqachon ishongan edi. Undan qutulish endi faqat o‘ziga bog‘liq, o‘zining qo‘lida. Abdulladan darak yo‘q. Yigirma kundan oshdi xat yozganiga, javob kelmadi. Nima bo‘ldiy kin? Yo yo‘qmikin? Yo‘q bo‘lsa xati qaytib kelardi. Yigirma kun ichida yigirma marta pochtaga bordi, oxiri uyalib, Alisherni yuboradigan bo‘ldi. Daragi yo‘q. Endi ortiq kutib bo‘lmaydi. Buni Gulchehra yaxshi bilardi. Ammo nima qilish kerakligini, kim ga murojaat qilishi kerakligini tasavvur qilolmasdi. – Opa! Gulchehra cho‘chib tushdi. Derazadan Alisherning boshi ko‘rindi. Odam bolish qiyin 219 , – Choyingiz sovub qoldi! – Hozir, – Gulchehra o‘rnidan turdi. – Dadam lar shu yerdamilar? – Kettila. – Hozir chiqaman, – Gulchehra yengil tortib xo‘rsindi. Alisher ketgach, nima kiyishini bilmay, shifo ner oldida turib qoldi. Ilgarilar yaxshi ko‘radigan tor ko‘ylaklaridan kiyishga uyalib, Zumrad opa tikib bergan, lekin hali hech kiymagan xonatlas ko‘yla gini tanladi. Apiltapil kiyib, oynaga qaradi. Ko‘ylak unga juda yarashgan edi. Oynada o‘z aksini ko‘rdi yu, quvonib ketdi. Nazarida ko‘zla ridan so‘lg‘inlik yo‘qolgan, rangi ham toza, hech qanday ko‘kar gan, qoraygan joyi yo‘q edi. «Vahima qilibmanmi?» – o‘yladi u, keyin tilini chiqa rib aksini mazax qilgan bo‘ldida, shoshib hovliga tushdi. – Muncha hayallading? – so‘radi ayvonda o‘tir gan Zumrad opa. – Nima kiyishimni bilmadim, keyin shuni kiy dim, – dedi ko‘ylagiga ishora qilib ayvonga ko‘tari lar ekan. – Buyursin, yarashibdi. – Zumrad opa havas bilan unga tikildi. – To‘lishibsanda, bir oz keng roq edi, endi yaxshi. Gulchehra labini tishladi. «Nahotki bilsa?!» – yashin tezligida xayolidan o‘tdi. Hozirgina chehrasini yoritib turgan vaqtinchalik shod lik zumda yo‘qoldi. Bo‘shashibgina ayasining ro‘parasiga o‘tirdi. – Qaydam, – dedi ko‘ylak etaklarini tizzasi ustiga tortar ekan. Olmas Umarbekov 220 , – Qiz bolaning husni ham tilida, ham dilida, deyishadi, – dedi Zumrad opa unga choy uzata turib. – Men, etida ham deyman. Quruq suyakka kiyim yarasharmidi?! Gulchehra yengil tortdi. O‘zicha minnatdorlik bilan yer ostidan ayasiga qaradi. – Siz ham tuzuksiz, aya. – Mening tuzukligim qayoqqa borardi, ayan giz... ayangizni juda ko‘hlik ayol edi, deyishadi. Gulchehra nima deyishini bilmay qodi. U sira bu haqda o‘ylamagan, dadasi yangi uylangani da ham dilida noroziligiga qaramay, ayasi bilan Zumrad opani taqqoslashtirmagan edi. Zotan, unga buni keragi ham yo‘q edi. Zumrad opa ning yaxshi ayolligi uni xursand qilgan, uni o‘z ayasidek yaxshi ko‘rib qolgan edi. Nahotki, mar humaga rashk qilayotgan bo‘lsa? Yo dadasi biron narsa dedimikin? Qarindoshlar xafa qildimikin? Har holda, keyingisi to‘g‘riroq bo‘lsa kerak, rashk dan nima foyda? Gulchehra shunday o‘ylab, uni yupatmoq chi bo‘ldi. – Ayamlar chiroyli edilar. Lekin o‘zlari buni bilmasdilar. Men ham bilmasdim. Men uchun ular aya edilar. Siz ham shunday. Men uchun ham, Alisher uchun ham ayasiz. – Rahmat. – Birov bir narsa dedimi, aya? – Yo‘q, – Zumrad opa yangi choy quyib uzatdi. – Ol. Yo‘q, hech kim hech narsa demadi. – Bo‘lmasa, qo‘ying, xafa bo‘lmang. – Xafa bo‘lmayman. Endi butun umrim sizlar bilan. Ishqilib, omon bo‘linglar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling