Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116
Odam bolish qiyin
227
,
plashi ning yoqalarini ko‘tarib kanal yoqalab yu­
rib ketdi. Doimo qora baxmaldek yaltirab turadi­
gan kanal suvi hozir loyqa edi. Shu yerlarda u 
Sayyora bilan ko‘p sayr qilgan, suvga tikilib o‘z 
aksini tomosha qilgan... 
Sira esidan chiqmaydi. Bir kuni yalang‘och 
otliqlar haykali yonida panjaraga suyanib tu­
rishganda Sayyora qo‘lida o‘ynab turgan pomada­
sini suvga tushirib yubordi. Abdulla suvdagi o‘z 
aks lariga tikilib turgan edi. Ular bir­ikki tebranib 
ajraldi, keyin anchagacha qo‘shilib turdi­da, suv 
tingach, o‘z holatiga kirdi. 
– O‘xshar ekanmizmi? – dedi Sayyora unga 
g‘alati qarab. 
– Hamma shunday deyapti. 
– O‘zing­chi? 
– Men allaqachon buni sezganman, – Abdulla 
shunday deb uning qo‘llarini ushladi. 
– Demak, biz aka­uka ekanmiz­da! 
Sayyora ko‘zlarini ayyorona suzib Abdullaning 
aksiga tikildi. 
– Men undan ham qalinroq bo‘lishni istardim. 
Sayyora indamadi. Cho‘ntagidan bir nechta 
tanga olib, suvga otdi. 
– Ana! – dedi yosh boladek chapak chalib. – 
Yana qo‘shilib ketishdi. 
– Doim shunday bo‘lsa­chi? – Abdulla hazil­
lashgan bo‘lib dilidagi gapni aytdi. 
– Yoqmay ketsin! – Sayyora shunday deb 
Abdullaning burnini chertdi, lekin uning sho‘x 
chehrasidan roziligi, shunday bo‘lishini istayot­
ganligi sezilib turardi. Abdulla shuni eslab, dili 
yorishgandek bo‘ldi. Ha, ular birga bo‘lishlari 
kerak. Uning kelajagini faqat Sayyora ta’minlay­


Olmas Umarbekov
228
,
di. Nima bo‘lsa ham shunga intiladi, shunga eri­
shishi lozim. 
U Nevskiy ko‘chasiga chiqqanda, birdan qay­
noq hayot ichiga kirib qolgandek bo‘ldi. Yomg‘ir 
hamon chelaklab quyayotganiga qaramay, yo‘lka 
odamlar bilan to‘la edi. Qayoqqa qarama, zont. 
Katta, kichik, oq, sariq, qora zont. Kichik yel­
kanlardek bu zontlar Abdullaning atrofida suzib 
yurardi. Onda­sonda ular orasidan kimlarning­
dir shalabbo boshlari ko‘rinib qolar va shu on­
dayoq g‘oyib bo‘lardi. Faqat Abdulla shoshmasdi. 
Qayoqqa ham shoshardi? U hozir vaqt o‘tkazishi 
kerak, bironta aniq fikrga kelmaguncha shosh­
masligi kerak. Shuning uchun ham u sekin qa­
dam tashlardi, qo‘llari cho‘ntagida, quloqlari esa 
atrofdagi ming xil oyoq tovushlarida, zontlarda. 
Qiziq, nega zontlar har xil tovush chiqaradi? 
Yomg‘ir hammasiga bir xil urilyapti­ku! Birovniki 
xuddi entikkan yurak urishidek dukillaydi, bi­
rovniki esa qizitilmagan chirmandadek takillay­
di... Hammasi har xil. Bu qanday qonunga kirar 
ekan? Buning qonuni bormikin o‘zi? Abdullaning 
tirsagiga tegib, katta qora zont vazmin suzib o‘tdi. 
– Natasha! Qayerdasan? – qichqirdi orqadan 
jarangdor ayol ovozi. 
– Shu yerdaman! – javob qildi chinqiroq qora 
zont va to‘xtadi. 
– Shu yering qayer? 
– Trotuar! 
– Trotuarligini bilaman. O‘zing qayerdasan? 
Qora zont ko‘tarildi, uning tagidan dumaloqqi­
na qizchaning javdiragan ko‘zlari ko‘rindi. Qizcha 
u yoq bu yoqqa alanglab qarar, ammo qayoqqa 


Odam bolish qiyin
229
,
yurishini bilmasdi. Abdulla ko‘maklashmoqchi 
bo‘lib yoniga endi keluvdiki, qizcha oldinga qa rab 
yugurib ketdi. Abdulla uning orqasidan qarab 
qoldi. Zont tagidan qizchaning kichkina oyoqlari 
chalp­chalp qilib pildirab borardi. Bu tovushning 
qanday qonuni bor? Hamma qonunlarning asosi 
bor – hayot. Hayotdan yuksak qonun yo‘q. Kim 
shunday degan edi? Lomonosov bo‘lsa kerak?..
Ha, hayotdan yuksak qonun yo‘q. Hayot esa 
murakkab, unda hech narsa bir­biriga o‘xshamay­
di. Hatto odam ham. Har bir odamning o‘z hayoti 
bor. Birov xursand, birov xafa. Birov bor istakla­
riga erishgan, birov endi erishyapti. Birov esa... 
birov esa hech narsaga yetisholmay o‘tib ketyapti. 
Shuning uchun ham, balki zontlarning tovushlari 
har xildir, oyoq tovushlari har xildir? Kiyimiga qa­
rab odamlarni bilish mumkin, deyi shadi­ku! 
«Neva» kinoteatriga yetganda Abdulla zontlar 
kamayganini payqadi. Sochini ro‘molchasi bilan 
sidirib, osmonga qaradi: yomg‘ir tingan, nursiz 
yulduzlar birin­ketin ko‘rina boshlagan edi. Shu 
payt kimdir Abdullani turtdi. Abdulla cho‘chib 
tushdi. Ro‘parasida setka ko‘tarib olgan kurs­
doshi Viktor turardi. 
– Ha, Abusha, yulduz sanayapsanmi? – so‘radi 
kulib u. 
Abdulla jilmaydi. 
– Salom. O‘zing­chi? 
– Xotinimning oldidan kelyapman, – dedi Vik­
tor setkaga ishora qilib. – Kasalxonada yotibdi. 
– Tinchlikmi? – xavotirlanib so‘radi Abdulla. 
– Ahmoq, bolasini oldirib tashlabdi, – dedi 
kuyunib Viktor. – Rosa urishdim. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling