Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
215 , qay tib, xonasiga kirganda yana miyasini ming xil fikr qoplab oldi. Shu tariqa kunlar o‘ta boshladi. Abdulla Sayyora bilan bo‘lganda, Po‘lat bilan uchrash ganda hamma narsani deyarli unutar, yolg‘iz qol ganda esa nima qilishini bilmasdi. U o‘zini to‘qay zor ichida adashib qolgan ovchidek his qilardi, bu to‘qayning na boshi bor, na oxiri, qayoqqa yu rishni bilmaysan kishi. Shuning uchun otasi ning savoliga javob yozmadi. Gulchehraga esa, o‘zini majbur qilib, yarim qog‘ozgina xat yozdida, yu tuqlar bilan tabriklagan bo‘ldi. Xatida Toshkent ga uning nihoyat keladigan bo‘lganidan xursand ligini ham bildirdi. Bir kuni u kechqurun yotoqqa qaytganida (u endi ko‘p vaqtini kutubxonada o‘tkazardi) vaxt yor kampir unga xat uzatdi. Xat Gulchehradan edi. Yana sog‘inganini yozgan bo‘lsa kerak, yo bi ron ishi yana yaxshi chiqqandir, deb o‘ylab, Ab dulla shoshmasdan xonasiga ko‘tarildi. Yechinib, kara votga yonboshladida, xatni ochdi. Ammo uni o‘qib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Xatda shunday deyilgan edi: «Salom, Abdulla! Yana yozyapman. Lekin bu gal xatim sizni quvontirmaydi, chunki juda kat ta qo‘rquv va qayg‘u bilan yozyapman. Boshimga katta tashvish tushdi. Bu tashvishni hech kim ga aytolmayman. Sizga aytishga ham uyalaman. Shuning uchun ham bir oydan beri sizga xat yozganim yo‘q edi. Endi yozmasdan ilojim yo‘q. Sizdan boshqa mening endi kimim bor? Abdulla, so‘nggi uchrashuvimizdan keyin bir oy o‘tgach, menda o‘zgarish yuz berdi. Tushunyapsizmi? Olmas Umarbekov 216 , Boshqacha yozolmayman. Avval, hechqisi yo‘q, bir kun avval, bir kun keyin, deb o‘zimni tinchitdim. Ikkinchi oyda ham shunday bo‘ldi. Mana hozir uchinchi oy ketyapti. Taxminim to‘g‘ri chiqqan ga o‘xshaydi. Nima qilishimni bilmayman. Agar uchinchi oy ham shunday bo‘lsa, bunga esa bir hafta qoldi, unda hech qanday shubha qolmaydi. Tushundingizmi, Abdulla? Biz katta gunoh qilib qo‘yganga o‘xshaymiz. Qishloqda endi boshimni qanday ko‘tarib yuraman? Siz yonimda bo‘lganin gizda ham, boshqa gap edi, bunchalik qiynal mas edim. Biror yo‘lini qidirib topardik. Vrachga muro jaat qilgim kelmayapti. Uyalaman. Keyin, bu yerda, Qo‘qonda dadamni bilishadi. Boshim qotdi. Hech narsa dilimga sig‘may qoldi. Nima qila miz endi? Javobingizni kutib Gulchehra». Bu xat Abdullani esankiratib qo‘ydi. Nahotki, Gulchehra homilador bo‘lsa? Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas. U yig‘lamoqdan beri bo‘lib, xatni yana o‘qib chiqdi. Yo tavba! Endi shu yetishmay turgan edi o‘zi. Nima bo‘ladi endi? Nima qiladi? Abdulla xonaning u boshidanbu boshiga yurar ekan, ko‘z oldidan bu dahshatning manzaralari birmabir o‘ta boshladi. Mana onasi... U bu xabar ni eshitib, ko‘zlari g‘azabga to‘ldi. Boshini salmoq lab tebratar ekan: «O‘g‘lim, sizdan buni kutmagan edim. Yuzimizni yerga qaratdingiz», – dedi. Mana, otasi. Uning rangi so‘lg‘in, qarib, qovoq lari osilib ketdi. U hech narsa demadi, u demay di. U kechirishi mumkin. Mana, buvisi... Yo‘q, bu kampir kechirmaydi. Uning qahri qattiq. U kechirmaydi. Obid akachi? U ham mayli. Un dan birikki gap eshitadi. Lekin Tursunali aka?.. Odam bolish qiyin 217 , Mana bu dahshat. U Abdullani har narsa qilishi mumkin. Uning bir og‘iz gapi, tamom, Abdullani yer bilan yakson qiladi. Sayyorachi? Mana, u bu shum xabarni eshitdi. Abdulla endi u bilan bo‘li shi mutlaqo mumkin emas. Keldi, xonaga kirdi. Ko‘zlarida yosh... Yo‘q, u yig‘lamaydi. U keladida, uning basharasiga tupurib, bir shapaloq tortadi. Shunday qilishi aniq. Keyin nima bo‘ladi? Yo‘q, yo‘q! Bunday bo‘lishi mumkin emas. Balki Gulchehra vahima qilayot gandir? Hech gap yo‘qdir? Koshki endi shunday bo‘lsa! Balki shunday bo‘lar? Hech mahal uning boshidan bunday voqea o‘tgan emas, bilmas dan taxmin qilayotgandir? Boshqa biron kasalga chalingandir? Ayollarda nima ko‘p, kasal ko‘p. Shunday bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa, tamom, sharmandalik!.. Keyin... keyin u qanday qilib bolalik xotinni uyiga olib kiradi? Yo‘q, yo‘q, Gulchehra vahima qilyapti. U o‘zi shunaqa, tez xursand bo‘ladi, tez xafa bo‘ladi. Adashgan, boshqa biror kasal ga yo‘liqqanu, shunday deb gumon qilyapti. In naykeyin, o‘zi ham aniq yozmagan, gumon qil yapman, degan... Abdulla shunday o‘ylab, bir oz tinchidi, lekin bu tinchlik vaqtinchalik tinchlik edi. XVIII Gulchehra toshoynadan ko‘z uzmay o‘tirardi. Ayasiga «Hozir kiyinib chiqaman», deb o‘z xonasi ga kirib ketganicha qaytib chiqmadi. Burchak dagi bo‘yi shiftga tegib turgan oynaga tikildiyu, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling