Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
239 , – Qarang, – dedi rektor g‘urur bilan. – Ikkiuch yil ichida bu yer katta shaharga aylanadi, yoshlik kabi go‘zal bo‘ladi! Bunda sizning ham hissangiz bor. Faxrlansangiz arziydi. Ko‘p binolarning loyi halarini yoshlarning o‘zi ijod qilishgan. Ana, qa rang, anavi bino yoshlarning madaniyat saroyi. Uning loyihasini bir yigit tuzgan. Yaxshimi? – Juda ham! – Gulchehra havas bilan rektor ko‘rsatgan binoga qaradi. – Manavi esa «Yoshlik» mehmonxonasi. Keldik. Mashina to‘xtadi. Rektor tushib, Gulchehraga qo‘lini uzatdi. – Bitib qolibdiku! – dedi Gulchehra besh qa vatli binoga tikilib. – Hali ishi ko‘p. Lekin yilning oxirigacha bit kazamiz. Ular binoni aylanib o‘tib, keng qurilish may doniga chiqishdi. Bir chol rektorning qarshisiga yurdi. – Salom alaykum, Sulaymon ota! – rektor u bilan quyuq ko‘rishdi. – Ahvollar yaxshimi? Mana shu yerga tushadigan imoratning ustasini olib keldim. – Juda yaxshi, juda yaxshi! – dedi chol Gulcheh raga boshdanoyoq qarab chiqib. – Me’mor deng? – Xuddi shunday! – dedi rektor kulib. Gulchehra uyalinqirab boshini egdi. – Qizlardan ham me’mor chiqar ekanda! – Chiqqanda qandoq! Qani, ota, ko‘rsating xo‘jaligingizni! – Yuring! Rektor Gulchehraning tirsagidan ushlab yo‘l boshladi. Kechqurun Gulchehra hamma yog‘i Olmas Umarbekov 240 , chang, charchab kelganda, Abstutay sevinchiga sevinch qo‘shdi: – Kelgusi haftaning boshida boramiz. Hamma si joyida bo‘ladi, qizim. Sofiya va’da berdi. Tinch bo‘lsin, dedi. Gulchehra Abstutayni mahkam quchoqdab, yuzko‘zidan o‘pdi. – Bo‘ldibo‘ldi, qizim, belimni sindirasan! Shunday deb Abstutay ham uni bag‘riga bosdi. Mukofot topshiriladigan kuni institutning majlislar zali odamga liq to‘ldi. Anchamuncha gaplar bo‘ldi. Hay’at raisi uni tabriklab, mukofot ni topshirdi. Keyin rektor gapirdi: – Tanlovda bizning talabamiz g‘olib chiqqa nidan men nihoyatda xursandman, – dedi u. – Lekin Gulchehraga aytadigan birikkita gapim bor. Iste’dodsiz ijodkor bo‘lish qiyin. Buni ham ma biladi. Ammo mehnat, bilim, g‘ayrat kabi qa tor komponentlar borki, bularsiz ijodni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shularning hammasi Gulcheh rada bor. Unga yangidanyangi muvaffaqiyatlar tilaymiz... Gulchehra institutdan boshi gangib chiqdi. U cheksiz shod edi. Ajab emas, yangi Mingbu loq loyihasi ham shunday muvaffaqiyatli o‘tsa? Albatta ularga ko‘rsatadi, ularning maslahatini oladi. Diplom ishim shu deb, yana ikki yil kutib o‘tiradimi?! – Mukofotni yuvsak bo‘lardi! – dedi kimdir orqadan. Gulchehra to‘xtab o‘girildi. Bir guruh yigitqiz uni o‘rab oldi. – Tabriklaymiz! Tabriklaymiz! Odam bolish qiyin 241 , – Rahmat! – Gulchehra hammaga qo‘l berib minnatdorchilik bildirdi. – Men tayyorman. Hozir ham yuvishimiz mumkin. – Bo‘pti! «Bahor»ga ketdik! – qichqirdi kimdir. – Yo‘q, yo‘q! – uni bo‘ldi bir qiz: – Kafe bitsin, shunda Gulchehra opam yaxshilab ziyofat be radilar. – Bo‘pti! – dedi Gulchehra kulib. – Albatta shunday qilamiz. Yoshlar xayrlashib ketishdi. Gulchehra, uyga borishga hali erta deb, O‘rda tomon yurdi. Dar voqe, mukofotini nima qiladi? U beixtiyor sumka sini ochib, pulli xatjildni ushlab ko‘rdi. Ancha. Uyga, dadasiga jo‘natsinmi? Yo sovg‘a olsinmi? Shu ikkinchi fikr unga ma’qul tushdi. O‘sha kuni ham, ertasiga ham magazinmamagazin yurib, otasi, ayasi, ukasi, hamma tanishbilishlariga sovg‘a oldi. Hatto Abstutay ham chetda qolma di. Unga bir kiyimlik havo rang sherst mato oldi. Kampirning boshi osmonga yetdi, ko‘z yoshi qil di, duo qildi. Ammo Gulchehra o‘ziga hech narsa ololmadi. Uning hamma narsasi bor edi. Shun day bo‘lsa ham, ayol kishi molga o‘ch bo‘ladi, ni malarnidir qidirdi. Ba’zilari yoqmadi, ba’zi narsa larni topolmadi. U anchadan beri hind shippagini orzu qilardi, topolmadi. Univermagdagi poyabzal sotuvchi qiz, ikki kundan keyin keling, chex ship paklari savdoga chiqadi, hindchadan qolishmay di, dedi. Gulchehra albatta kelishini aytdi. Hamma ishlaridan ko‘ngli to‘q bo‘lganidan ikki kun ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketdi. Gulcheh ra ikkiuch marta talabalar shaharchasiga bor di. Qorovul chol uni yaxshi ko‘rib qolib, shaharni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling