Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
236 , ichida xursand bo‘lib qo‘ydi. U hech kimning Toshkentga kelishdan ko‘zlagan asl maqsadini sezib qolishlarini istamasdi. Sezishsa, tamom, Mingbuloqqa qaytib borolmaydi, otasining yuziga qarolmaydi. Kampir darrov choy damlab keldi. – Anchaga keldingmi? Gulchehra nima deyishini bilmadi. Chindan ham u qanchaga keldi o‘zi? Buni faqat shifokor bilardi. – Ishim bitguncha turaman. Bir haftami, ikki hafta. – Yaxshi, yaxshi. Ungacha Zubayda ham kelib qoladi. Endi bunday. Sen choy ichib o‘tir. Men dar rov paramach qilib kelaman. Yangi go‘shtim bor. Gulchehra qo‘ymaganiga qaramay, kampir bir piyola choyni apiltapil ichdida, o‘rnidan turdi. O‘sha kuni ular allamahalgacha gaplashib yo tishdi. O‘z dardi bilan yolg‘iz qolganligidanmi, yo Abstutayning onasi kabi unga ko‘rsatgan meh ribonligidanmi, Gulchehra bo‘shashib, yorildi, dilidagi borini aytib berdi. Abstutay uni bag‘riga bosib yupatdi, ko‘nglini ko‘tardi. Keyin bunday voqealarni ko‘rganbilgan ayol sifatida yaxshi maslahat berdi. – Sofiya degan shifokor tug‘ishganim bor. Erta ga shunga borib kelaman. Sen tinch bo‘l. Dun yoda chorasiz ish yo‘q. Chorasi topiladi. Bo‘ldi, yig‘lama. Sen o‘z ishingni bitir. Bu ishni menga qo‘yib ber. Abstutayning bu ishonch bilan aytgan gaplari Gulchehrani ancha ovutdi. Bir necha kungi uy qusizlikdan so‘ng birinchi marta tinch uxladi. Ertalab nonushtadan so‘ng Abstutay vrachga, Gulchehra esa institutga ketdi. Odam bolish qiyin 237 , – U yaramas yigitni endi o‘ylama, – dedi kam pir uni kuzatayotib. – Odam emas u. Odam bo‘lsa seni tashlab qo‘ymasdi. O‘ylama. Gulchehra va’da berdi. Lekin o‘ylamay tura olarmidi? «Abdulla, Abdulla... Nahotki shuncha lik toshbag‘ir bo‘lsang?! Senga ishongan edim, senga hayotimni bag‘ishlamoqchi edim!.. Javob ber! Nega jimsan?» Gulchehra ichdan qalqib ke layotgan yig‘ini to‘xtatishga qancha urinmasin, yosh baribir ko‘zlaridan quyulib borardi, lekin buni o‘zi sezmasdi. Tramvay to‘xtash joyida kim dir tirsagidan ushladi. – Nima bo‘ldi, qizim? Nega yig‘layapsiz? Gulchehra boshini ko‘tardi. Ro‘parasida nuroniy bir mo‘ysafid unga dardli tikilib turardi. – Birov xafa qildimi? – Yo‘q, – dedi Gulchehra va uyalganidan qi zarib ketdi. – Dadil bo‘ling, – dedi mo‘ysafid. – Yig‘i hech mahal odamga yordam bergan emas. Qancha sovuqqonlik qilsangiz, shuncha yutasiz. Asab, yig‘i ojizlarning udumi. Tramvay keldi. Gulchehra mo‘ysafidga nima deb javob qilishini bilmay, o‘zini tramvayga otdi. Institutda uni rektorning o‘zi qabul qildi. – Keling, keling! – dedi u Gulchehraning qar shisiga yurib. – Biz esa telegrammangizni kutib yotibmiz! Qayerga joylashdingiz? – Tanishimiznikiga, – Gulchehra rektor ko‘rsat gan kresloga o‘tirdi. – Olis emasmi? – Yo‘q, shunday Labzakda. – Ha, yaxshi ekan. Istasangiz, mehmonxo nadan joy olib beramiz! Olmas Umarbekov 238 , – Yo‘q, rahmat. Joyim yaxshi. Toshkentga kel ganimda doim shu yerga tushaman. – Unday bo‘lsa, yaxshi. Gulchehraxon, avvalo sizni mukofot bilan tabriklayman. Ishingiz ham mamizga ma’qul bo‘ldi. Albatta kamchiliklardan ham xoli emas. Masalan, siz qahvaxonaning Toshkentda qurilishini yaxshi o‘ylamagansiz. Yerni iqtisod qilish hozir muhim masalalardan biri. Keyin, ichki hashamga doir ba’zi bir juz’iy kamchiliklar bor. Umuman, ishingiz yaxshi. Ix cham, sodda, original. Quruvchilar qahvaxonani mehmonxona bilan birga qurishni taklif qilishy apti. Bu degan so‘z, qahvaxona yilning oxirigacha bitadi. Borib ko‘rasizmi? – Yaxshi bo‘lardi. – Bo‘pti. Men o‘zim olib boraman. Rektor stoli burchagidagi tugmachani bosdi. Xonaga kotiba kirdi. – Indinga, soat o‘n ikkida majlis. Tanlov g‘olibi ga mukofot topshiriladi. Kotiba «xo‘p» deb chiqib ketdi. – Turdik bo‘lmasa. Gulchehra bunday bo‘ladi deb sira kutma gan edi. Rektor bilan yonmayon o‘tirib mashi nada borar ekan, sevinchi ichiga sig‘mas, boya gina yuragini ezib turgan tashvishlarini unutgan edi. Yarim soat o‘taro‘tmas ular talabalar sha harchasiga kirib borishdi. Bu yerda qurilish kes kin sur’atda olib borilmoqda edi. Qayoqqa qara mang, ko‘tarma kranlar, yuk mashinalari... Te rak bo‘yi keladigan imoratlarning ba’zilari bitgan, ba’zilari suvalmoqda, ba’zilariga endi poydevor qurilmoqda edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling