Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116
Olmas Umarbekov
224
,
qoldi. Rulda Nurmat aka, yonida Samad. Rais 
Gulchehrani ko‘rib, mashinani to‘xtatdi.
– Ha, yo‘l bo‘lsin? 
– Shu yoqqa o‘tib kelay... – Gulchehra o‘zini 
qanchalik sokin tutishga intilmasin, ovozi qalti­
rab ketdi. Rais buni sezdi shekilli, mashinadan 
tushib, uning yoniga keldi. 
– Tinchlikmi? Xomush ko‘rinasan? 
Gulchehra bosh qimirlatdi, lekin xo‘rligi kelib 
yig‘lab yubordi. Nurmat aka uning yig‘isini o‘zi­
cha tushunib, qo‘lini yelkasiga qo‘ydi: 
– Bilaman. Senlarga qiyin bo‘ldi. Onang rah­
matli yaxshi odam edi. Lekin nima qilardik, o‘lim 
har kimning boshida bor. Qalay, yangi ayang yax­
shimi? Dadang yaxshi deydi. Rostdan yaxshimi? 
Yo xafa qilyaptimi? 
– Yo‘q, – dedi bo‘g‘ilib Gulchehra, – yaxshi, 
xuddi ayamlarga o‘xshaydi. 
– Ana! – rais o‘zicha xursand bo‘lib qo‘ydi. – 
yomon odamni uyingga olib kelarmidik? Erta­in­
din ayang qabrini tuzatib qo‘yamiz. Rigadan tosh 
buyurtirib keldik. Ko‘rdingmi? 
Gulchehra «ha» deya bosh qimirlatdi. Uning 
xayoli hozir mutlaqo boshqa narsada bo‘lsa ham, 
o‘z dardi bilan ovora bo‘lsa ham raisning gaplari 
unga yoqqan, uni ovutgandek edi. 
– Dadang sendan juda xursand. Men ham 
xursandman, o‘zimizdan ajoyib me’mor chiqib 
qoldi. Sen endi ishingni o‘yla. Bahorda qurilish­
ni boshlab yuboramiz. Planing hammasi ma’qul. 
Shunday ishlarni qilib qo‘yibsan­u, yosh boladek 
yig‘laysan­a! Qani, menga qara­chi? 
Gulchehra zo‘raki jilmayib Nurmat akaga qa­
radi. 


Odam bolish qiyin
225
,
– Barakalla! Yig‘i qaritadi, yig‘lama. Kelishdikmi? 
Gulchehra boshini qimirlatdi. 
– Gap bunday bo‘pti! 
Rais mashinaga o‘tirib, Samadga nimadir dedi. 
Ikkalovi kulishdi. Nima deganini Gulchehra eshit­
madi, lekin yaxshi gapligini sezdi. Mashina ko‘zdan 
g‘oyib bo‘lguncha joyidan qimirlamadi, keyin bit­
ta­bitta qadam tashlab, kanal yoqalab ketdi. 
XIX 
Abdullaning ahvoli ham Gulchehranikidan 
yaxshi emas edi. Ammo ichini it tirnasa ham, 
sirtdan ancha tinch ko‘rinardi. Shu vaqtincha­
lik tinchlik ta’sirida u diplomini yoqladi. Uning 
ishini yaxshi qabul qilishdi. Kafedra mudiri – 
professor Markov, hatto, davlat imtihonlarini 
topshirgandan so‘ng institutda kafedra qoshi­
da qolishni taklif etdi. Albatta bular Abdullani 
cheksiz xursand qilar, orzulari ushalayotganiga 
ishonchini oshirardi. Lekin kech kirib, o‘z xonasi­
da yolg‘iz qoldimi, u butunlay o‘zgarardi­qo‘yardi. 
Shu kungacha erishgan yutuqlari tushdek, o‘zi 
esa dahshatli bir spektaklda rol o‘ynayotgandek 
ko‘rinardi. Xayolida allaqachonlar aniq tasavvur 
qilib qo‘ygan kelajak uni xursand qilmas, aksin­
cha, cho‘chitardi. 
Shu cho‘chish, hamon davom etib kelayotgan 
ikkilanish bilan bir oy o‘tib ketdi, Gulchehra ning 
xatiga u hali ham javob qaytarmadi. Javob qay­
tarish zarurligini, Gulchehra uning har bir so‘zi­
ga muntazir bo‘lib turganini yaxshi bilardi. Lekin 
nima deb yozishini bilmaydi. Buning ustiga, vaqt 


Olmas Umarbekov
226
,
o‘tgan sari, o‘zining Gulchehraga bo‘lgan muhab­
batini o‘ylagan sari Sayyoraga havasi ortib borar­
di. Qanday ajoyib qiz! U bilan gaplashib, gapiga 
to‘ymaysan. Sho‘x, erkin, chehrasidan kulgi ari­
maydi. U bilan yonma­yon yurish, u bilan bo‘lish 
qanday baxt! Innaykeyin, ularning birga bo‘lish­
larini ota­onasi ham istayapti, Tursunali aka 
ham. Tursunali akaga, shunday katta olimga 
kuyov bo‘lish hazil gap emas! 
Lekin Gulchehra bilan bo‘lsa nima bo‘ladi? Axir 
uni yaxshi ko‘rardi­ku! U bilan nima, hayoti buz­
iladimi? Yo‘q, buzilmaydi. Aksincha, Gulchehra 
undan umrbod minnatdor bo‘lib yashaydi. Keyin, 
u aqlli. Yaxshigina me’mor bo‘lishi mumkin. Le­
kin, albatta, Toshkentda yasha sholmaydi. Sayyo­
ra bilan aloqalari buzilgandan keyin Toshkentda 
u biron narsaga erisha olarmidi?! Tursunali aka 
shuncha gap­so‘zdan keyin uni tinch qo‘ymay­
di. Tursunali aka oldida esa u bir xas. Puf desa 
uchib ketadi. Shu yerda yashashadi. Kafedrada 
ish taklif qilishyapti­ku unga. Shu yerda ishlaydi, 
shu yerda dissertatsiyasini yoqlaydi. Gulchehra­
ga ham bironta ish topilib qoladi. Me’mor hamma 
yerda kerak. Ammo ota­onasi bunga nima deydi? 
Shuncha umid bilan o‘qitib odam qilganda, endi 
rohatini ko‘ramiz deganda, ularni tashlab ketad­
imi? Ular shunga ko‘nadimi? 
Bir kuni kechqurun u juda qiynalib ketdi, 
yotog‘ida o‘tirolmadi. Sharillab yomg‘ir quyayot­
ganiga qaramay, plashini kiyib, pastga tushdi. 
Ko‘chada odam siyrak edi. Qayoqqa borishini 
bilmay, Moyka tomon yo‘l oldi. Iliq yoz yomg‘iri 
hash­pash deguncha yuz­ko‘zini ho‘l qildi. 
Sochlari orasidan sizib bo‘yniga tushdi. Abdulla 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling