Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
209 , qo‘yib bo‘ladimi? Bu sharmandalikku! U nima degan odam bo‘ladi? Obro‘si qoladimi o‘shanda? Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin. Kim aytuvdi unga bu gapni? Qachon eshitgan edi? Ha, bunga ancha bo‘ldi. Tog‘asi aytgan edi. Mak tabni bitirib, Mingbuloqqa borganida shunday degan edi. Nega shunday dedi? Nahotki Abdulla o‘shanda bironta noma’qul gap aytib qo‘ydi? Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas. U hech mahal dili dagini tiliga chiqarmagan. Ha, bo‘ldi. Otasi haqi da gapira turib, shunday degan edi. «Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin...» Yo‘q, u Gulchehra ni tashlamaydi. Ayniqsa, endi. Endi Gulchehra unga hammadan ham yaqin, aziz bo‘lishi kerak. Uni tashlash xiyonat va u – Abdulla bunday xi yonatga qodir emas. Gulchehra bilan ham u ni yatlariga yetishi mumkin. Mana, hech kimning ko‘magisiz, shunday katta shaharda, murakkab institutda o‘qidi. Yaxshi o‘qidi. Hatto kurs ishi bosilib chiqdi. Diplom ishi ham shunday bo‘lishi mumkin. Shunday qiladi, javob yozmaydi, Tosh kentga qaytganda esa otasiga yotig‘i bilan tu shuntiradi va Gulchehraga uylanadi... U tushu nadigan odam. Keyin, Gulchehra bilan u emas, Abdulla turadi. Ayasi ham qarshilik qilmaydi. Biroq bunday xayollar ham Abdullaning ko‘nglini ko‘tarmadi. Ozgina tinchitdi, lekin ko‘nglini yorishtirmadi. U karavotda cho‘zilib, Gulchehraning xatini qaytadan o‘qiy boshladi. «Siz qaytganingizda balki Toshkentda bo‘lar man. Qurilishda ishtirok etishingiz kerak, de yishyapti...» «Toshkentda bo‘larman...» – o‘yladi Abdulla va uning shaharda yurganini ko‘z oldiga Olmas Umarbekov 210 , keltirdi. Mana, u Sayilgoh ko‘chasida ketyapti. Egnida shohi atlas ko‘ylak, oyog‘ida oppoq tufli. Hammaning ko‘zi unda. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas, Gulchehra juda chiroyli. Mana, u univermag yonidan o‘tdi. Shu top... Sayyora bilan uni ko‘rib qoldi! Yo‘q, bunday bo‘lmaydi. Abdulla hech kimni, na Sayyorani, na uni aldaydi. Eshik taqilladi. – Kim? – Mumkinmi? – Ha, senmisan, – dedi Abdulla yotgan joyida. – Kel. – Nima qilib yotibsan? – dedi Po‘lat xonaga kirib. – O‘zim shunday... O‘zingchi? Bekorga o‘xshaysan? – Hozir kutubxonadan keldim. Ishim yurish mayapti nazarimda. Po‘lat Abdullaning yoniga o‘tirib, tizzasiga musht urdi. – Nega? – Mana biz yuryapmiz. Har bir qadamimiz qandaydir bir fizik hodisa. Kaptar uchdi, olma shoxidan uzilib tushdi. Bular ham fizik hodisa. Xullas, hamma hodisa va ular asosida paydo bo‘lgan nazariyalarning tafakkurga aloqasi bor. Bu tushunarli. Lekin konkret matematik masa lalarni yechishda diamatning roli qanday? Bila man, masalaning mohiyatini yechishda u so‘zsiz katta yordam beradi. Lekin bu endi matematika emas, fizika olami. Kvantli mexanika va falsafa, Eynshteyn nisbat nazariyasi va falsafa... Sen bu haqda hech o‘ylaganmiding? Odam bolish qiyin 211 , – Ko‘p marta. – Xo‘sh, fikring qanday? Abdulla qiynab turgan savollardan qutulish uchun Po‘latga javob bera boshladi. – Diamat, albatta matematik masalalarni ye chish yo‘llarini ko‘rsatib berolmaydi. Lekin il miy qidirishlarni usiz tasavvur qilish ham qiyin. Fal safani o‘rganmasdan, ilmiy haqiqatlarga yetib bo‘lmaydi... Agar hamma narsa o‘sish, rivojla nishga ega ekanligini Eynshteyn bilmaganda, uning nisbat nazariyasi ham paydo bo‘lmasdi. – Sen akademik Aleksandrov nima degan bo‘lsa, shuni qaytaryapsan. – Agar to‘g‘ri bo‘lsa, nega qaytarmas ekanman? – Chunki diplomning kichkina bir bobiga buni sig‘dirib bo‘lmaydi. Menga bitta konkret misol kerak. Rahbarim bo‘lsa, o‘zingiz toping, deyapti. – Bir oz bosh qotirsang topasan. Yaxshisi, menga qara, – Abdulla o‘rnidan turdi. – Ozgina ichaylik. Ulbuling bormi? – Hech narsa. Boy bo‘lsang olib kelishing mumkin. Do‘kon shunday tagimizda. – Mayli. Abdulla cho‘ntaklarini titkilab, pul oldida, o‘rtog‘iga uzatdi. – Yo‘q bo‘lib ketma tag‘in. – Raketa bo‘laman, raketa, – Po‘lat chopgani cha pastga tushib ketdi. «Ozgina boshni shamollatish kerak, g‘ovlab ketdi, – o‘yladi Abdulla va kinoya bilan kulib qo‘ydi. – Ahvoling og‘ir, azizim, ahvoling og‘ir... Po‘latning ishi maza. Diplomdan boshqa narsani |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling