Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
200 , ukasini yuborishni istamasa ham, otasi rozilik bergani uchun, indamadi. Bir hafta bilinmay o‘tib ketdi. Qaytib kelishganda u ukasini tanimadi. Oyog‘ida yangi tufli, egnida yoqasiga uqa tutilgan ko‘ylak, jun matodan shim... Eng muhimi, ran gi qipqizil mag‘izdek. Alisher uni ko‘rishi bilan «opa!» deb quchog‘iga otildi. – Maza bo‘ldi, opa! Rosa o‘ynadim. Ayamlar keyin shaharga olib tushdilar. Kiyimlarimni qa rang. – Muborak bo‘lsin. Muncha yaxshi! Kim olib berdi? – Ayamlar, – dedi g‘urur bilan Alisher. – Yaxshimi? – so‘radi ularga jilmayib qarab turgan Zumrad opa. – Judayam yaxshi, aya! – deb yubordi to‘lqin lanib Gulchehra va uni mahkam quchoqladi. Zumrad opa yig‘lab yubordi. U Gulchehrani bag‘riga bosib sevinar, lekin ko‘zidan shashqator oqayotgan yoshlarini to‘xtata olmasdi. Shushu ularning orasidan qil o‘tmaydigan bo‘lib ketdi. ...Zumrad opa issiq oshni uning oldiga qo‘yar ekan, so‘radi: – Dadang qanilar? – Hozir kelib qoladilar. Nimadir eslariga tushib, Nurmat akani qidirib ketdilar. – Yaxshi bo‘ldi dea? – Juda ham. Nurmat aka, o‘zing bosh bo‘lib qurdirasan, deyaptilar. Lekin hali bunga ancha bor. Hali institutda nima deyishadi, bilmayman. – Aytganday, – dedi o‘rnidan turib Zumrad opa. – Senga telegramma keldi. – Qani? – shoshib so‘radi Gulchehra Abdul ladan deb o‘ylab. Odam bolish qiyin 201 , – Mana, olib qo‘yibman. Zumrad opa derazaga qistirilgan qog‘ozni olib, unga uzatdi. Gulchehra apiltapil qo‘llarini artib, telegrammani o‘qiy boshladi. O‘qib bo‘lib, avval hayron bo‘ldi. Keyin yangitdan o‘qib chiqdi va bir dan xaxolab kulib yubordi. – Ha, nima ekan? – so‘radi Zumrad opa. Gulchehra o‘zini kulgidan to‘xtata olmay, javob o‘rniga telegrammani uzatdi. Unda shun day yozilgan edi: «Hurmatli o‘rtoq Saidova! «Yosh lik» kompleks binosining hay’at a’zolari sizning loyihangiz bilan tanishib chiqdi. Hay’at sizga shu loyiha uchun birinchi mukofot berilishini loyiq topdi... Tanlov shartiga muvofiq, kelgusi yilda boshlanadigan qurilishda siz ishtirok etishingiz kerak. Sizni qiziqtirgan barcha masalalar bilan quyidagi manzilga murojaat qiling: Shahar loyiha instituti». Gulchehra quvonchining cheki yo‘q edi. U endi me’mor! Uning loyihasini qabul qilishdi! Mukofot berishdi. – Nega gapirmaysan? Menga ham ayt! – dedi Zumrad opa. Gulchehra uni quchoqlab cho‘lpil latib yuzidan o‘par ekan, telegrammaning maz munini aytib berdi. – Nima, endi ketib qolasanmi? – Hozir emas. Chaqirishganda. Innaykeyin, tez qaytaman. Yarim yilchada, aya! Bu juda kat ta gap! Ishonmaysizmi? – Ishonaman. Nega ishonmas ekanman. May li, omon bo‘l ishqilib. Gulchehra telegrammani yuziga surtib o‘pa boshladi. Orzusiga endi yetdi u! Juda tez yetdi! Olmas Umarbekov 202 , Samad eshitsachi, o‘zi xursand bo‘ladi. Dada sichi? U ham. Hamma xursand bo‘ladi. Darhol Abdullaga yozishi kerak. Qanday sevinib ketar ekan eshitib?! U shunday xayol bilan ovqati ham chala qolib, o‘z xonasiga yugurib kirib ketdi. «Abdulla, – deb boshladi u xatni. – Ikki kun bo‘lgani yo‘q sizga xat yozganimga. Lekin yana yozgim keldi. Bugun shodligimning chegarasi yo‘q. Mingbuloq maketi qabul qilindi! Shundan boshim osmonga yetib, uyga kelganimda yana bir quvonchli xabarning ustidan chiqdim. «Yoshlik» kompleks mehmonxonasi uchun yuborgan loyi ham birinchi mukofot olibdi. Hozir qo‘limda shu telegrammaku, sevinchimni ichimga sig‘dirol may sizga yozayapman. Xursandmisiz? Siz yax shi ko‘rgan qiz aqlli chiqib qoldi. Lekin uning yu tuqlardan boshi aylanmaydi. U sizga o‘xshashga, hamma narsaga jiddiy, sokin qarashga harakat qiladi va sizni sog‘inib kutadi. Siz kelganda men Toshkentda bo‘larman. Chunki qurilishda mening ishtirok qilishim shart ekan. Jyuri shun day yozibdi. Shu bilan xatim tamom. Dadam kel yaptilar!.. Xatingizni intizorlik bilan kutuvchi Sizni sog‘ingan Gulchehra». Ertasiga ertalaboq u xatni jo‘natdi. XVII Abdulla ikki o‘t orasiga tushib qolgan edi. Le kin shunday bo‘lganidan xafa emas edi. Sayyo ra oddiy qiz emas. U bilan o‘z hayotini bog‘lagan odam ko‘p narsaga yetishishi mumkin. Abdulla esa shunday bog‘lanishning bo‘sag‘asida turibdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling