Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
185 , «Yaxshi qiz, – o‘yladi Abdulla nozik qomatiga ko‘z tikib. – Chiroyli, innaykeyin, akademikning qizi. Juda baxtli bo‘lsa kerak». U Sayyora bilan birinchi marta uchrashganini esladi. O‘shan da ham u xuddi shunday chiroyli, chaqqon, xushmuomala edi. Biroq o‘shanda Abdulla un dan uyalardi. Endichi? Endi ular deyarli teng. Tengmi? Yo‘q, teng emas. Uning hamma narsasi bor. U nima istasa shuni qilishi mumkin. Unga uylangan yigit juda baxtli bo‘ladi. Uning yana bir yaxshi odati shuki, o‘zining mavqeyi bilan g‘ururlanmaydi, esga ham solmaydi. Ha... Unga uylangan odam baxtli bo‘ladi. Oilasi ham yaxshi. Tursunali akaning undan boshqa hech kimi yo‘q. Onasi ham uni yeru ko‘kka ishonmaydi. Qiziq, nega u hech kim bilan yurmaydi? Nahotki hech kimni yaxshi ko‘rmasa. – Sayyora... – Nima? Oq ipni qayerga qo‘yibman, topolma yapman. – Qo‘yaver. O‘zim tikib olaman. Sayyora... – Eshityapman. – Seni... seni erga tegyapti, deb eshitdim. Rost mi? Sayyora kuldi. – Kim ekan o‘sha men tegadigan er? – O‘zing bilsang kerak? – O‘sha odam bunisini ham aytmabdida... Topdim. Sayyora Abdullaning yoniga o‘tirib, ignaga ip o‘tkaza boshladi. – Aytmadi, – dedi Abdulla uning ochiq tizzala riga tikilib. – To‘ygachi, to‘yga aytasanmi? – Agar bo‘lsa... Qayeri uzildi? – Albatta bo‘ladi. Mana, – Abdulla unga yaqin roq surilib, ko‘kragini tutdi. Olmas Umarbekov 186 , – Ishonasanmi shunga? – Nega ishonmas ekanman? Bu har bir kishi ning boshida bor. – Faqat mening emas. – Nega? – Mening hech kimim yo‘q, – Sayyora xomush bo‘lib qo‘llarini tushirdi. – Mening hech kimim yo‘q... – Ishonmayman, – Abdulla shunday deb, uning tizzasiga qo‘lini qo‘ydi. – Sen... sen chiroylisan. – Bu quruq gap. – Yo‘q, rostdan. Juda chiroylisan, – Senchi? Senga yoqamanmi men? Sayyora unga sekin ko‘z qirini tashladi. Abdul la nima deyishini bilmay qoldi. Yoqadimi Sayyora unga? Bu haqda u o‘ylamagan edi. Ha, yoqadi, al batta yoqadi. Shunday qiz nega yoqmasin? Nega shuni ilgari bilmagan edi? – Ha, – dedi hayajon bilan u. – Menchi? Men senga yoqamanmi? Sayyora jilmaydi. – Kel, qadab qo‘yay. U shoshib Abdullaning yoqasini yechdi. Uning yuzi qipqizarib ketgan, entikibentikib nafas olar di. Abdulla ham qizarib ketgan edi. Ko‘kra gini tutib qimir etmay turar ekan, Sayyoraning sochlari en gagiga tegib, butun badanini jimirlatardi, yoqimli hidi dimog‘iga urilardi. Tugmani qadab bo‘lib, ipni tishlab uzish uchun Sayyora egildi. Shu tob uning issiq yuzi Abdullaning ochiq ko‘kragiga tegdi. Ab dulla o‘zini tutib ololmadi. Uni quchoqlab, bo‘yni dan, qulog‘idan o‘pa boshladi. Sayyora boshini ko‘tarmadi, og‘irligini unga tashlaganicha, bir daqiqa uning quchog‘ida yotib qoldi. Odam bolish qiyin 187 , Yo‘lakda nimadir taraqlab ketdi. – Voy, choynak! – dedi o‘ziga kelib Sayyora va sakrab o‘rnidan turib eshikka otildi. Abdulla ha yajonini bosolmay, joyidan qimirlamadi. Uni yan gi hayot, yangi orzular quvonchi qamrab olgan edi. U hech mahal shunday bo‘lishiga ishonma gan, hatto xayoliga ham keltirmagan edi. Sayyora uning uchun shu kungacha chiqib bo‘lmaydigan qoyaning ustida edi. Bugun esa, bugun u shu qoyaga chiqdi. «Ha, – dedi u ichida o‘zidan mam nun bo‘lib. – Men niyatimga yetaman, hamma ning menga havasi keladi!» Ikkiga bo‘lingan choynakni ko‘tarib, Sayyora kirdi. U aybdor qiyofada jilmaydi. – Bu yaxshi. Bu baxtdan nishona. Ruslar shunday deydi. – U o‘rnidan turib Sayyoraning oldiga bordi. Choynak bo‘laklarini qo‘lidan olib, stolga qo‘ydida: – Ishonasanmi shunga? – dedi. Sayyora boshini qimirlatdi va so‘radi: – Boshqa damlaymi? – Yo‘q, – dedi Abdulla va uni qo‘llaridan ush lab o‘ziga tortdi. XVI «Mingbuloq» jamoasining idorasida majlis ketar di. Bu odatdagi majlislardan bo‘lmay, unga qish loqning barcha qiziqqan kishilari chaqirilgan edi. Chamasi ikki yuz kishi sig‘adigan, «klub» deb atalm ish shiftining qamishlari chiqib yotgan zal odamlar ga to‘lgach, Nurmat aka Samadga imo qilib, «bosh la», dedi. Samad sahnaning o‘rtasida turgan stolga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling